Strategiyalarning shakllanish asoslarini makroiqtisodiyot darajasida Prezident Islom Karimovning qator asarlarida aniq ko‗rsatilgan bo‗lib, bu o‗z navbatida bo‗lajak tayyorlanadigan strategik rejalar uchun dastur vazifasini bajaradi. Jumladan bu asarlarida aytishlaricha biz islohotlar strategiyasi va ular yo‗lini shakllantirishga qaratilgan o‗z modelimizni ishlab chiqishga va amalga oshirishga muvaffaq bo‗ldik. Barcha isloh qilish jarayoning boshlang‗ich nuqtasi strategiyani tanlab olishdan iboratdir. Bu - g‗oyat mas‘uliyatli va murakkab masala. Umumiy strategiyaga ega bo‗lmay, pirovard maqsadni ko‗rmay turib, iqtisodiy isloh qilishning ta‘sirchan chora-tadbirlarini belgilab bo‗lmaydi.
Ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olish hozir isloh qilish strategiyasinyang boshlang‗ich nuqtasi bo‗lib xizmat qiladi. Bunda biz markazlashtirilgan, ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyetiga utish - eski xo‗jalik yuritish mexanizmini shunchaki yangilash yoki takomillashtirish emas, balki bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o‗tish ekanligini qayta-qayta ta‘kidladik. Bu bir iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy- boshqaruv tuzilmalarining boshqa iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalari bilan almashinuvidir.
O‗zbekistonning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligiga erishish, milliy davlatchiligimizni barpo etish, buning uchun mustahkam moddiy negiz yaratish manfaatlarini ko‗zlab qo‘yidagilar iqtisodiyotni isloh, qilish sohasida strategik maqsadlar qilib belgilandi:
Ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, milliy boylikning ortishini, kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta‘minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish.
Ko‗p ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan maxrum bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaslik, tashabbuskorlik va uddaburonlikni butun choralar bilan rivojlantirish negizi bo‗lgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta‘minlash.
Korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xujalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuvidan voz kechish, iktisodiyotni boshqarishning ma‘muriy-buyruqbozlik usullarini bartaraf etish, iqtisodiy omillar va rag‗batlantirish vositalaridan keng foydalanish.
Iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foyda-lanishni
ta‘minlaydigan chuqur strukturaviy o‗zgarishlar qilish raqobat-bardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qushilib borish.
Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‗zgartirish har bir kishiga o‗z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish.
Strategik maqsadlarga izchillik bilan erishib borish isloh qilishning birinchi bosqichidagi asosiy ustuvor yo‗nalishlarni aniq ajratib olish zaruratini keltirib chiqardi. Bunda g‗oyat keskin muammolarni yaqin fursatlarda hal etishga yordam beradigan asosiy bo‗ginlarni topish muhim edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |