2001 yildan 2007 yilgacha bo„lgan muddatni o„z ichiga olgan ikkinchi bosqich – faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud – huquq tizimi va ijtimoiy – gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g‘oyat muhim rol o‘yngan davr bo‘ldi.
Shu borada mamlakatimizni isloh qilish va milliy davlatchilik poydevorini barpo etish bo‗yicha qabul qilingan ana shu strategiyani amalga oshirishdagi birinchi qadamlarimiz nimalardan iborat bo‗lganini yana bir bor eslash o‗rinlidir.
O‗tgan davr mobaynida milliy iqtisodiyotni shakllantirish va uni tubdan isloh qilish mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining eng muhim omili va asosisni tashkil etganini alohida ta‘kidlash zarur. Bu borada bizning oldimizda respublika va aholi ehtiyojini, birinchi navbatda yoqilg‗i – energetika resurslari, iste‘mol va oziq – ovqat
mahsulotlariga bo‗lgan talabni ishonchli tarzda qondirishdek dolzarb hayotiy vazifa turar edi.
Iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyati erkinligini va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, keng tarmoqli bozor infratuzilmasini shakllantirish, davlatning nazorat va boshqaruv vakolatini keskin kamaytirish, uning korxonalar xo‗jalik faoliyatiga aralashuvini cheklash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‗lidagi to‗siqlarni bartaraf etish – bularning barchasi islohotlarni chuqurlashtirishning hal qiluvchi yo‗nalishi hisoblanadi.
Ayniqsa, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirish g‗oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Buning negizini mahalliy xom-ashyoni qayta ishlash va jahon bozoridagi keskin raobatga bardosh bera oladigan mahsulotlar tayyorlashga asoslangan sanoat tarmoqlarining yetakchi o‗ringa chiqishi va xizmat ko‘rsatish sohalarining tez sur’atlar bilan rivojlanishini tashkil qiladi. Shuni ta‘kidlash kerakki, mustqillik yillarida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 11 foizdan 25 foizga, xizmat ko‗rsatish sohalarining ulushi 18 foizdan 42 foizga yoki 2 barobardan ziyod oshdi.
Hozirgi kunda malakatimizda yalpi ichki mahsulotning 76 foizi, jumladan, sanoat mahsulotining qariyb 80 foizi, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari va chakana savdo aylanmasi esa to‗lig‗icha iqtisodiyotning nodavlat sektorida yaratilmoqda. Yurtimizdagi korxonalarning 90 foizi xususiy va korporativ mulk shakliga o‗tgan, ularda jami ish bilan band aholining 77 foizi mehnat qilmoqda.
Kichik va xususiy biznesning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi 45 foizdan ortib borayotgani va u mamlakatimiz iqtisodiyotiga yetakchi kuchga aylanib, bozorlarimizni zarur tovar va xizmatlar bilan to‗ldirish, aholi daromadi va faravonligini oshirishning asosiy manbai, odamlarni ish bilan ta‘minlash bilan bog‗liq muammolarni hal etishning muhim omiliga aylangani e‘tiborga sazavordir.
O‗z-o‗zidan ayonki, O‗zbekiston jahon hamjamiyatida munosib o‗rin egallash, o‗z xalqining tinchligi va faravonligini ta‘minlashga intilayotgan boshqa davlatlar qatori hozirgi shiddat bilan o‗zgarib borayotgan murakkab davr o‗rtaga qo‗yayotgan talab va savollarga to‗liq javob beradigan, aniq va ravshan, har tomonlama puxta o‗ylangan strategiya va harakat dasturiga ega bo‗lishi zarurligini bugun hayotning o‗zi taqazo etmoqda.
Bu strategiya avvalombor tajribada o‘zini oqlagan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, tinchliksevar tashqi siyosat yuritish va jahon xo‘jalik tizimidan integratsiyalashishga qaratilgan yo‘limizni bundan buyon ham izchil davom ettirishni ta’minlashi darkor.
Faqat ana shundaygina siyosatgina o‗z oldimizga qo‗yilgan uzoq muddatli maqsad – muddaolarimizni - o‗z oldimizga qo‗yilgan uzoq muddatli maqsad – muddaolarimizni- O‗zbekistonimizning dunyodagi rivojlangan mamlakatlar safidan o‗rin olishiga erishish borasida zarur shart-sharoit va mustahkam poydevor bo‗lib xizmat qilishi mumkin deb takidladi Prezident Islom Karimov o‗z ma‘ruzalarida.
Do'stlaringiz bilan baham: |