Darsning jihozlari: Plakatlar, texnik vositalar, darslik, davriy jadval, mavzuga doir tarqatmalar, slaydlar, bor, doska.
Darsda qo’llaniladigan metod: Aralash, interfaol metodlar, aqliy hujum, klaster.
Mashg’ulot bosqichlari:
№
|
Bosqichlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
7 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
O’quvchilarni baholash
|
3 daqiqa
|
6
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
7
|
J A M I :
|
45 daqiqa
|
Foydalanilgan adabiyotlar: Kimyo 8. Toshkent-2014. R.Asqarov, N.X.To’xtaboyev, K.G’.G’opirov.
Darsning borishi: Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish.
2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish, savol-javob tariqasida o’tilgan mavzuni so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
1. Oksidlar
Biri kislorod bo‘lgan ikki elementdan tarkib togan murakkab moddalar oksidlar deyiladi.
Asosli oksidlar: Na2O, BaO, CuO va hokazo.
Kislotali oksidlar: CO2, SO3, P2O5 va hokazo.
Amfoter oksidlar: ZnO, Al2O3, Sb2O3 va hokazo
Betaraf oksidlar (yoki tuz hosil qilmaydigan): CO, NO, N2O va hokazo
Peroksidlar: peroksidlarda kislorodning oksidlanish darajasi +1 ga teng bo‘ladi, valentligi esa odatdagidek ikkiga teng bo‘ladi: Na2O2, H2O2
2. Asoslar
Metall atomi va bir yoki bir necha gidroksid gruppa (OH) dan iborat bo‘lgan murakkab moddalar asoslar deyiladi.
Asoslar suvda erishi va erimasligiga qarab ikkiga bo‘linadi.
suvda eriydigan - ishqorlar: NaOH, Ca(OH)2, KOH, Ba(OH)2
suvda erimaydigan - asoslar: Cu(OH)2, Fe(OH)2, Cr(OH)2
Ham kislorodlar bilan ham ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladigan asoslar amfoter asoslar deyiladi: Zn(OH)2, Al(OH)3, Cr(OH)3
3. Kislotalar
Molekulasi tarkibida metallarga o‘z o‘rnini bera oladigan vodorod atomlari va kislota qoldig‘idan tarkib topgan murakkab moddalar kislotalar deyiladi.
Kislotalar molekulasi tarkibida kislorod atomining bo‘lish yoki bo‘lmasligiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi.
kislorodli kislotalar: HNO3, H2CO3, H2SiO3
kislorodsiz kislotalar: H2S, HBr, HJ
Kislotalar tarkibidagi metallga o‘rnini beradigan vodorod atomlari soniga ko‘ra quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
Bir negizli kislotalar: HCl, HBr, HNO3
Ikki negizli kislotalar: H2SO4, H2SO3, H2S
Uch negizli kislotalar: H3PO4
4. Tuzlar
Molekulasida metall atomi va kislota qoldig‘idan tashkil topgan murakkab moddalar tuzlar deyiladi.(Metall atomi o‘rnida NH4+ ioni ham kelishi mumkin. Bunday tuzlar ammoniyli tuzlar deyiladi.)
Tuzlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. O‘rta yoki normal tuzlar: NaCl, KCl, CaCl2, Ba(NO3)2, Al2(SO4)3, FeSO4
2. Nordon tuzlar: Nordon tuzlarni ikki yoki uch negizli (ko‘p negizli) kislotalar hosil qiladi. NaHCO3, Ca(HCO3)2, KHSO4, Ca(H2PO4)2
3. Asosli yoki gidroksi tuzlar: (CuOH)2CO3, Ca(OH)Cl, Mg(OH)NO3, Al(OH)2Cl
4. Qo‘shaloq tuzlar (qo‘sh tuzlar): Ikki õil metall va bir kislota qoldig‘dan tashkil topgan tuzlar. Bunday tuzlar ichida amaliy ahamiyatga ega qo‘lganlari achchiq toshlardir: KAl(SO4)2, NH4Al(SO4)2
5. Aralash tuzlar: Bir õil metall va ikki õil kislota qoldig‘idan hosil bo‘lgan tuzlar aralash tuzlar deyiladi: CaClOCl, ( yoki CaOCl2)
Do'stlaringiz bilan baham: |