Fizik xossalari. C soni 10 tagacha bo`lgan spirtlar – suyuq, undan yuqorilari qattiq moddalar. Dastlabki 4 vakili – o`ziga xos xidli harakatchan suyuqlik bo`lib, H2O bilan har qanday nisbatda aralashadi. Suvda cheksiz eriydi. 5 vakilidan boshlab suvda erishi keskin kamayadi.Molekulyar massa ortgan sari suvda eruvchanlik kamayib boradi. C11 dan boshlab suvda umuman erimaydi. Spirtlarda H bog` mavjudligi tufayli ular tegishli oddiy efir hamda galogenli birikmalardan yuqori t0 da qaynaydi.C2H5OH – 780C da C2H5 – O – C2H5 – 350C C2H5Cl – 12,40C qaynaydi. H2O – spirt va spirt orasida molekulalararo H bog` mavjud. Spirtlarda molekulyar massa ortgan sari organizmga ta`siri kamayadi. CH3OH – 30 g gacha bo`lgan miqdori ko`r qiladi. 30 g dan ortig`i o`ldiradi.C2H5OH – zaxarli narkotik modda bo`lib qonga tez singadi. Asab hujayralarini yemiradi. Ovqat hazm qilish organlari, yurak qon tomir sistemalari kasalliklarini keltirib chiqaradi.Spirtlar kuchsiz elektrolit tarmoqlagan vakillari, normalga nisbatan past t0 da qaynaydi. Tarmoqlanish oertgansari qaynash t0 va kislotalilik kamayadi.
1. Tabiatda uchrashi: CH3OH va C2H5OH kam miqdorda sof xolda,o‘simliklardan olinadigan efir moylarda, o`simlik a`zolarida va hayvon organizimida uchraydi. Spirtlar oddiy va murakkab efir holida tabiatda keng tarqalgan. Spirtlar asosan quyidagi usullarda olinadi
2. Biokimyoviy usul: Kraxmal saqlovchi – guruch, bug`doy kartoshka, joxori, javdar, klechatka, g`o`za poya, o`rmon xo`jaligi chiqindilarini gidrolizlab olingan shakar moddalarni achiqi ta`sirida bijg`itib spirt olish.
Kraxmal moddalar diastoza fermenti yordamida maltozaga aytiladi. Hosil bo`lgan maltoza 1 molekula H2O biriktirib 2 mol glukozaga aytiladi. Hosil bo`lgan glukoza spirtli bijg`ishi natijasida etanol olinadi.
C6H12O6 2C2H5OH + 2CO2
Bu jarayon natijasida oz miqdorda aldegid va molekulasida C soni 3 tadan 5 tagacha bo`lgan spirtlar aralashmalari sivuxa moylari hosil bo`ladi.
Sanoatda etil spirt kraxmal (guruch, bug‘doy, kartoshka va hokazo) va kletchatka (o‘rmon xo‘jalik chiqindilari, g‘o‘zapoya) saqlaydigan o‘simlik xomashyolarini bijgitish yoii bilan olinadi:
Kletchatka saqlaydigan o‘simliklardan olingan etil spirt «gidroliz spirt» deb ataladi, chunki uning tarkibida 0,3—0,5% gacha metil spirt bo‘ladi. Shuning uchun «gidroliz spirt» sintetik kauchuk olishda ishlatiladi.
3. Sintez usullari:
1) CH2 = CH2 + H2O CH3 – CH2 – OH Markovnikov qoidasiga binoan.
2. Galoid birikmalarga ishqorlarning suvli eritmasi ta’sir ettirib olinadi:
C3H7 + KOH(suv) C3H7OH + KCl
3) Aldegidlarni qaytarib 1 lamchi spirt olinadi. CH3 – CH2 – CHO + H2 CH3 – CH2 – CH2OH
4) Ketonlarni qaytarib 2 lamchi spirtlar olinadi. CH3 – CO – CH3 + H2 CH3 – CHOH – CH3
5) Sanoatda metanol is gazidan sintez qilib olinadi:
CO + H2 CH3OH
6) Murakkab efirlarni gidrolizlab. CH3COO C2H5 + H2O CH3COOH + C2H5OH
7) CH3COOAg + Cl –R CH3COO-R + AgCl↓ CH3COO-R + H2O CH3COOH + R-OH
Glikollar yoki diollar ham deyiladi. Glikol deyilishiga sabab ular shirin tamga ega glikos – “shirin”. Umumiy formulasi – CnH2n(OH)2. Gipridlanishi – sp3. Dastlabki vakili – etilen glikol.
Do'stlaringiz bilan baham: |