Buxgalteriya balansining 1-shakli «Buxgalteriya balnsi» to’q’risida buxgalteriya
balansi mavzusida yoritilgan.
Moliyaviy natijalar to’q’risida hisobot (
№
2-shakl) da:ishlab chiqarilgan va sotilgan
mahsulotlardan olingan yalpi tushum.bu mahsulotlar tannarxi, mahsulotlar sotishdan olingan
daromad, operatsion daromadlarg davr xarajatlari,moliyaviy faoliyat daromad va xarajatlari,
soliq to’laguncha foyda va sof foydalar ko’rsatiladi. Bundan tashqari utgan yildagi
ko’rsatkichlar ham tahlil qilinadi.
Asosiy vositalar to’q’risidagi hisobot (
№
3-shakl) da korxonada mavjud bo’lgan asosiy
vositalar turlari va ularni eskirishining qoldiqlari (holati) va hisobot davri davomidagi (bir yil
davomidagi) o’zgarishi ko’rsatiladi. Bu hisobot asosida korxona yil davomida kancha asosiy
vositalar qabul qilganligi, (jumladan guruhlari bo’yicha nimalarni) va asosiy vositalarni
hisobdan chiqarilganligi,sabablari va turlari bo’yicha aniqlash mumkin.
Pul okimlari to’q’risida hisobot (
№
4-shakl) da korxonaning xo’jalik faoliyati bilan
bog’liq pul mablag’larining harakati.olingan hamda tulangan foizlar va
dividentlar.tulangan soliqlar.investitsiya hamda moliyaviy faoliyat bo’yicha mablag’lar
harakati ko’rsatiladi. Bu hisobot shakli tegishli schyotlar hisob ma'lumotlari asosida to’zilib,
bu hisobotdan korxonada umuman mablag’lar ko’payganmi yoki faoliyati natijasida
kamayish yuz berganmi aniqlash mumkin.
Xususiy (uz) kapital to’q’risida hisobot (
№
5-shakl)da korxonaning uz mablag’lari
manbalari hisobot davrida kanchalik va nima sababdan o’zgarganligini ko’rsatadi. Bu hisobot
asosida korxonaning uz mablag’lari (sarmoyasi) miqdorini.shundan ustav kapitali va foydasi
kanchalik ekanligini va ularning hisobot davri davomida qanday o’zgarganligini aniqlash
mumkin.
Korxonalar yuqoridagi hisobot turlaridan tashqari Debitorlik va kreditorlik qarzlari
to’q’risida ma'lumotnoma (
№
2a-shakl) va Moliyaviy iqtisodiy holat bo’yicha ma'lumotnoma
(
№
2b-shakl) hamda yillik hisobotda izohlar, tushuntirishlar bo’ladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’q’risidagi ma'lumotnoma-1 da korxonaning
mamlakat ichidagi va chet ellardagi debitorlik va kreditorlik qarzlarining harakati
ko’rsatiladi. Bu muxim hisobot shakllaridan biri bo’lib.bu ma'lumotnoma asosida debitor va
qarzlarning to’lov muddatlari utib ketmasligini nazorat qilish mumkin.
Moliyaviy iqtisodiy holat bo’yicha ma'lumotnomada korxonaning hisobot davri boshi va
oxirida moliyaviy – iqtisodiy ko’rsatkichlarning o’zgarishi ko’rsatiladi. Izohlar va
tushuntirishlarda hisobotdan foydalanuvchilarga tushunarli bo’lishi uchun, hisobotlarning
ayrim moddalari kengaytirilib, aniqlanib beriladi. Bunda korxonada qo’llanilgan hisob
yuritish siyosatiga katta ahamiyat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: