Birinchi guruh tergov harakatlariga batafsilroq to`xtalamiz.
Dalillarni aniqlash, qayd etish va tekshirishda foydalaniladigan tergov harakatlari qo`yidagilardir:
- so`roq qilish (guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, ba’zan esa mutaxassis va ekspertni);
- Yuzlashtirish;
- tanib olish uchun ko`rsatish;
- ko`rsatuvlarni hodisa sodir bo`lgan joyda tekshirish;
- ko`zdan kechirish;
- guvohlantirish;
- murdani eksgumatsiya qilish;
- eksperiment;
- olib qo`yish;
- tintuv o`tkazish;
- ekspertiza;
- ekspertiza tadqiqoti uchun namunalar olish;
- narsalar va xujjatlarni taqdim etish;
- ishga narsa va xujjatlarni ashyoviy va yozma dalillar sifatida qo`shib qo`yish.
Tergov harakatlarini qo`yidagi ko`rsatkichlari: tergov harakatining nomi, ushbu tergov harakati JPKning qaysi moddasi bilan tartibga solinganligi, uni o`tkazish uchun prokurorning ruxsati kerakligi, uni o`tkazishda holislar ishtirok etishi, tergov harakati bayonnomasi to`zilishi bo`yicha tasniflash zarur.
SHunga muvofiq biz qo`yidagi jadvalda aks ettirilgan tergov harakatlari tizimini ko`ramiz.
T.r
|
Tergov harakatining nomi
|
JPK moddasi
|
Qaror chiqariladimi
|
Sud yoki prokuror ruxsati talab etiladimi
|
Bayonnoma tuziladimi
|
Holislar ishtirok egadimi
|
Izox
|
1.
|
Ko`zdan kechirish
|
135-141
|
Yo`q
|
Yo`q
|
141
|
Xa 74, 352
|
Jinoyat ishi qo`zgatilguncha o`tkaziladi.
|
2.
|
Ekspertiza
|
172-187
|
Ha 180
|
Yo`q
|
Yo`q
|
Yo`q
|
Ekspert xulosasi tuziladi 184
|
3.
|
Guvohlantirish
|
142-147
|
Ha 144
|
Yo`q
|
147
|
352
|
|
4.
|
Murdani eksgumatsiya qilish
|
148-152
|
148
|
Ha 1482
|
151
|
352
|
Dafn etish chogida bayonnoma 152
|
5.
|
Eksperement
|
153-156
|
154
|
Ba’zan,ha prokuror 154
|
156
|
352
|
|
6.
|
Tintuv o`tkazish
|
157-168
|
159
|
Ha 161
|
163
|
352
|
Sanksiya olinma-gan bo`lsa 24 soat ichida prokurorga xabar berish
|
7.
|
Olib qo`yish
|
157-168
|
159
|
Ba’zan pochta, telegraf suddan, davlat sirlari prokurordan
|
163
|
352
|
Qolgan hollarda ruxsat olish talab etilmaydi.
|
8.
|
Ekspert tekshiruv uchun namunalar olish
|
188-197
|
191
|
Yo`q
|
197
|
352
|
Tergovchi yoki mutaxassis (193, 194) yohud ekspert (195) o`tkazishi mumkin
|
9.
|
Tanib olish uchun ko`rsatish
|
125-131
|
Yo`q
|
Yo`q
|
131
|
352
|
Tirik odamlar va narsalar, xayvon-lar, murda.
|
10.
|
Narsalar va xujjatlarni taqdim etish
|
198-202
|
Yo`q
|
Yo`q
|
202
|
352
|
Ikki xil turi mavjud:tergovchining talabiga bo`yicha, shaxs-ning tashabbusi bilan
|
11.
|
Ko`rsatuvlarni hodisa sodir bo`lgan joyda tekshirish
|
132-134
|
Yo`q
|
Yo`q
|
134
|
325
|
Faqat ko`rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs xohishi bo`yicha.
|
12.
|
Yuzlashtirish
|
122-124
|
Yo`q
|
Yo`q
|
123
|
|
|
13.
|
So`roq qilish
|
96-108
|
|
|
|
|
|
Ayblanuvchini
|
109-113
|
Xa -361
|
Yo`q
|
96-108
|
Yo`q
|
Himoyachi ishtirok etishi lozim.
|
Gumon qilinuvchini
|
109-113
|
Xa -360
|
Yo`q
|
96-108
|
Yo`q
|
Ushlangandan keyin 24 soatdan kechiqtirmay so`roq qilinishi lozim.
|
Jabrlanuvchini
|
114-120
|
Ha-54
|
Yo`q
|
96-108
|
Yo`q
|
|
Guvohni
|
114-120
|
Ha
|
Yo`q
|
96-108
|
Yo`q
|
|
Barcha hollarda ham har bir tergov harakatiga qo`yiladigan o`zgarmas talab shundaki, u faqat etarli asoslar bo`lgandagina o`tkazilishi kerak. Tergov harakatining asoslanganligi har qanday majburlash yoki kimningdir huquq va qonuniy manfaatlarini cheklash faqat xaqiqatdan ham zarur bo`lganda, ya’ni muyyan vaziyat shart-sharoitlari bilan oqlangandagina yuz berishini bildiradi.
Tergov harakatiga qo`yiladigan yana bir talab shundaki, u qonuniy bo`lishi kerak, ya’ni uni amalga oshirishda qonunda belgilangan protsessual tartibga katt’iy rioya etilishi lozim. Bu esa yo`l qo`yiladigan va yo`l qo`yilmaydigan harakatlar doirasini nazarda to`tadi. Bu bilan tergov harakatini o`tkazishda ishtirok etuvchi insonnning huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlanishi bilan birga ayni paytda bunda olinadigan faktik ma’lumotlarning protsessual yaroqliligi boshqacha aytganda muayyan ish bo`yicha ularning aloqadorligi va maqbulligi ta’minlanadi.
Tergov harakatlarini yuritish muqarrar ravishda ahloqiy prinsiplar va normalarga asoslanishi kerak. Xususan, ularning istalgan to`rini o`tkazishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar va atrofdagi kishilarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga yo`l qo`yilmaydi hamda inson sogligiga xavf tugdirish taqiqlanadi. Bunda faqat qo`zgatilgan jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari o`tgkazishga yo`l qo`yiladi. Jinoyat ishi qo`zgatilguncha o`tkazilishi ruxsat etilgan tergov harakatlari (ko`zdan kechirish, ushlab turish, ekspertiza) gina bundan mustasno.
Tergov harakatlarining borishi va natijalari sud uchun dalil bo`lib xizmat qiladigan tegiishi bayonnomalarda qayd etilishi kerak. Tergov harakatlarining natijalari odatda bayonnomalarda mustahkamlanadi, bir qator hollarda esa qaror bo`yicha o`tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |