3. So`roq qilishning umumiy qoidalari.
Eng ko`p tarqalgan tergov harakatlaridan biri so`roq qilish bo`lib, kim so`roq qilinayotganidan qatti’y nazar, ushbu harakat muayyan umumiy qoidalarga mos kelishi kerak. So`roq qilish surishtiruv, dastlabki tergov o`tkaziladigan joyda yoki so`roq qilinuvchi qaerda bo`lsa, o`sha joyda amalga oshiriladi. Sud esa shaxsni sud muhokamasi yuritilayotgan joyda so`roq qiladi (JPK 96-m.).
Jinoyat protsessida ishtirok etuvchi (guvoh, jabrlanuvchi), shuningdek o`z manfaatlarini himoya qiluvchi (gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi) surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning xuzuriga va sudga chaqiruv qogozi bilan chaqiriladi. Chaqiruv qogozi pochta orqali jo`natiladi yoki chopar orqali topshiriladi. Chaqiruv telefonogramma, telegramma, radiogramma bilan yoki telefaks orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Chaqiruv qogozida shaxs kim sifatida, qaysi manzilga va kimning xuzuriga chakirilayotganligi, qaysi kuni va qaysi soatga kelishi kerakligi, shuningdek uzrsiz sabablarga ko`ra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar ro`y berishi ko`rsatilgan bo`lishi lozim.
Chaqiruv qogozi chaqiriluvchiga topshirilib, tilxat olinadi. Chaqiruv qogozi olib borilganda chaqiriluvchi vaqtincha yo`q bo`lsa, unga berib qo`yish uchun chaqiruv qogozi u bilan birga yashovchi voyaga etgan oila a’zolaridan biriga, yotoqxona ma’muriyatiga, uy egasiga yoki fuqarolarnnng o`zini o`zi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi.
Agar shaxs qamoqda saqlash joylarida, reabilitatsiya markazlarida, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan bo`lsa, bunday shaxslar so`roq qilish uchun mazkur joylar va muassasalarning ma’muriyati orqali chaqirtiriladi (JPK 97-m.).
Surishtiruvchi, tergovchi va sud so`roq qilsh oldidan so`roq qi- linuvchidan uning familiyasi, ismi va otasining ismini, tugilgan vaqti (yili, oyi, kuni) va tugilgan joyini, yashash joyi va ish joyi, mansabi, mashgulot turi, ma’lumoti, oilaviy ahvolini, sudlanganligi yoki sudlanmaganligini aniqlashi hamda bu ma’lumotlarni jinoyat ishidagi yoki so`roq qilinuvchining shaxsiy xujjatlaridagi ma’lumotlar bilan solishtirib ko`rishi yohud so`roq qilinuvchi o`zini kim deb tanishtirgan bo`lsa, aynan usha shaxs ekanligiga boshqa yo`llar bilan ishonch hosil qilishi lozim (JPK 98-m.).
So`roq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni bilipshi, u qaysi tilda ko`rsatuv bera olishi mumkinligiga bogliq mummoli holatlar yuzaga kelganda, bu masala aniqlanishi lozim, zarur hollarda tarjimon chaqiriladi va u kelguncha so`roq qilish mumkin emas (JPK 99-m.).
So`roq qilinuvchining shaxsi aniqlanganidan keyin unga amaldagi JPKda nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Bu huquq va majburiyatlar tushuntirilganligi so`roq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi (JPK 100-m.).
Odatda so`roq qilinuvchiga ishning unga ma’lum bo`lgan holatlari to`grisida so`zlab berishni taklif qiladi. So`roq qilinuvchi erkin so`zlab berganidan keyin uning ko`rsatuvlarini to`ldirish va aniqlashga qaratilgan savollar berilishi mumkin (JPK 101-m.).
Qonunga asosan ishora qiluvchi savollar berishga yo`l qo`yilmaydi. Kutilayotgan javobga bevosita yoki bilvosita yo`naltirish mazmunidagi savollar ishora qiluvchi savollar deb hisoblanadi ( JPK 102-m.).
So`roq qilinuvchining ko`rsatuvlari statistik ma’lumotlar yoki xotirada saqlanishi qiyin boshqa ma’lumotlarga taalluqli bo`lsa, u so`roq paytida o`zidagi yoki ishga qo`shib qo`yilgan xujjatlardan yohud boshqa yozuvlardan foydalanishi mumkin. So`roq qilinuvchiga so`roq qilish jarayonida o`zidagi xujjatlar va boshqa yozuvlarni o`qib eshittirishga ruxsat etilishi mumkin. Buning ustiga surishtiruvchi, tergovchi va sud so`roq qilinuvchidan so`roq qilish jarayonida u foydalanayotgan xujjatlar va boshqa yozuvlarni talab qilish, ularni keyin qaytarib berishi yoki ishga qo`shib qo`yishi mumkin (JPK 103-m.).
So`roq qilinuvchining ilgarigi so`roqda bergan ko`rsatuvlari faqat uning xozirgi so`roqda bergan ko`rsatuvlari tinglanib, qayd qilinib, u imzo chekkanidan keyin va qo`yidagi hollarda o`qib eshittirilishi mumkin:
- xozirgi va ilgarigi so`roqlarda berilgan ko`rsatuvlar o`rtasida jiddiy qarama-qarshiliklar bo`lganda;
- so`roq qilinuvchi sudda ko`rsatma berishdan bosh tortganda;
- ish so`roq qilinuvchining ishtirokisiz ko`rib chiqilayotganida (JPK 104-m.).
O`z navbatida, so`roq jarayonida surishtiruvchi, tergovchi va sud, shuningdek sud muhokamasida taraflar ishga qo`shib qo`yilgan yoki taraflar ixtiyorida bo`lgan narsalar va xujjatlarni so`roq qilinuvchiga ko`rsatishlari, shuningdek bu xujjatlarni o`qib eshntgirishlari mumkin. Bunda so`roq bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida qaysi narsa yoki xujjat ko`rsatilganligi, xujjat matnining qaysi qismi va uning kim tomonidan o`qib eshittirilganligi, narsa yoki xujjatni ko`rsatish vaqtida qanday savollar berilganligi va bunga javoban so`roq qilinuvchi qanday ko`rsatmalar berganligi aniq aks ettiriladi (JPK 105-m.).
So`roq jarayonining o`zi va uning natnjalari surishtiruv va dastlabki tergov bosqichi so`roq bayonnomasida, sud muhokamasida esa sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi. Bundan tashqari, so`roq jarayonida bayonnoma yuritish bilan bir qatorda ovozni yozib olish, videoyozuv va kinotasvirga olish ham qo`llanilishi mumkin.
Ko`rsatuvlar bayonnomaga birinchi shaxs nomidan, imkon boricha so`zma-so`z yozib boriladi. Savol-javob so`roq jarayonida qanday olib borilgan bo`lsa, shunday izchillikda qayd qilinadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlsida raislik qiluvchi tomonidan chetlatilgan, shuningdek so`roq qilinuvchi javob berishdan bosh tortgan savollar ham bayonnomaga kiritilishi kerak.
Bayonnomada so`roq qilinuvchi tomonidan avvalgi so`roqlarda berilgan ko`rsatuvlarning o`qib eshitirilgani, ko`rsatuv berish jarayonida so`roq qilinuvchining xujjat yoki boshqa yozuvlardan foydalangani, so`roq qilinu-vchiga so`roq davomida narsa va xujjatlar ko`rsatilgani, so`roq paytida ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvirga olish o`tkazilgani ham qayd qilinadi. Fonogramma, videoyozuv va kinotasma bayonnomaga ilova qilinadi.
So`roq tugaganidan keyin bayonnoma o`qib chiqish uchun so`roq qilinuvchiga ko`rsatiladi yohud uning iltimosga ko`ra surishtiruvchi, tergovchi tomonidan unga o`qib beriladi.
Shuni inobatga olish lozimki, so`roq qilishuvchi ko`rsatuvni o`z qo`li bilan yozma ravishda bayon qilishga haqli. Ushbu holda o`z qo`li bilan yozilgan ko`rsatuv bayonnomaga ilova qilinadi, bu haqda unga yozib qo`yiladi.
So`roq qilinuvchi yoki taraflarning iltimosiga ko`ra sud majlisida bayonnomaga imzo qo`yilguniga qadar yozilgan ovoz, videoyozuv yoki kinotasvir namoyish qilnishi mumkin. Ular bilan bayonnoma o`rtasida jiddiy tafovut bo`lgan hollarda tafovut sababini aniqlash uchun yangitdan so`roq qilishi mumkin.
So`roq qilinuvchi bayonnomani o`qib bo`lgach, ko`rsatuvlari to`gri yozilganligi va u bilan tanishganligini imzo chekib, tasdiqlaydi, Imzo bayonnomaning oxiriga qo`yiladi, agar ko`rsatuvlar bir necha sahifaga yozilgan bo`lsa, har qaysi sahifaga alohida imzo cheqiladi.
So`roq qilishda tarjimon qatnashayotgan bo`lsa, u so`roq qilinayotgan shaxsning bayonnomadagi ko`rsatuvini unga ogzaki tarjima qiladi, so`roq qilnuvchining o`z qo`li bilan yozib bergan ko`rsatmalarini esa, yozma ravishda tarjimа qiladi. Tarjimon ko`rsatuvlar yozilgan bayonnomaning oxiriga va har bir saxifasiga alohida, shuningdek so`roq qilinuvchinng o`z qo`li bilan yozib bergan ko`rsatuvlarining tarjimasiga imzo chekadi (JPK 106-m.).
So`roqning umumiy davom etish vaqti bir kunda sakkiz soatdan oshmasligi lozim. Dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan bir soat tanaffus bu hisobga kirmaydi (JPK 107-m.). Ammo quydagi hollarda qo`shimcha so`roq o`tkazilishi ham mumkin:
- so`roqning umumiy davom etish vaqti chegaralanganligi bois so`roq qilinuvchining o`ziga ma’lum bo`lgan barcha holatlari to`grisida ko`rsatma bera olmaganida;
- so`roq qilingan shaxs ilgari bergan ko`rsatuvlarini to`ldirish yoki o`zgartirish istagini bildirganda;
- ayblanuvchiga yangi yoki o`zgartirilgan yohud qo`shimcha ayblov e’lon qilinganda;
- surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ilgari so`roq qilingan shaxsning ko`rsatuvlari to`gri yozilganlngini prokuror qo`shimcha so`roq qilish yo`li bilan tekshirib ko`rishi;
- surishtiruvchi yoki boshqa tergovchi tomonidan ilgari so`roq qilingan shaxsning ko`rsatuvlari to`gri yozilganligini tekshirish uchun qabul qilgan tergovchi qo`shimcha so`roq qilish yo`li bilan tekshirib ko`rishni lozim topganda;
- ilgari so`roq qilingan shaxsga berilishi kerak bo`lgan ish uchun muhim yangi savollar tugilganda.
Do'stlaringiz bilan baham: |