3. Hozirgi davrda pulning amal qilish muammolari


Pullarning kelib chiqishi, mohiyati va amal qilish shakllarining tarixiy rivojlanishi



Download 1,67 Mb.
bet2/11
Sana15.06.2022
Hajmi1,67 Mb.
#675366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
pulning kelib chiqishi

1. Pullarning kelib chiqishi, mohiyati va amal qilish shakllarining tarixiy rivojlanishi
Insonlar bir-biri bilan muomala qilish jarayonida o‘zaro oldi-berdiga muhtoj bo‘ladilar. O‘zi ishlab chiqargan tovar yoki qishloq xo‘jalik mahsulotini munosib qiymat evaziga o‘zgalarga almashtiradi. Bunda munosib qiymat vazifasini pul o‘taydi. Pul moddiy hayot uchun muhim narsalardan hisoblanadi. Aslida, pul ham boshqa tovarlar kabi bir tovar. Lekin u boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Uning maxsus tovar sifatida xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini o‘zida ifoda etuvchi, umumiy ekvivalent (har jihatdan teng bo‘lgan, har qanday narsa bilan almashina oladigan) hisoblanadi.
Umumiy ekvivalent (har qanday narsa bilan almashina oluvchi) rolini uzoq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo‘lsa-da, lekin tovar xo‘jaligi va undagi pul muomalasining rivojlanishi qog‘oz pullarning yuzaga kelishiga olib keldi. Qog‘oz pullar deb hukumat tomonidan budjet kamomatini qoplash uchun chiqarilgan, metall pullarga almashtirilmaydigan, lekin davlat tomonidan ma’lum kursi o‘rnatilgan pul belgilariga aytiladi.
To‘la oltin va kumushdan bo‘lmagan tangalar muomalada pul sifatida ishlatilgan bo‘lsa-da, oltin va kumushdan farqli o‘laroq ularning nominal (belgilangan) miqdori real miqdoridan farq qilgan. Shunday bo‘lsa ham bu tangalar ma’lum miqdordagi metallni ifodalagan. Qog‘oz pullar esa muomalaga chiqarilgan vaqtda va undan keyin ham uzoq yillar davomida ma’lum bir miqdordagi oltinni o‘zida ifoda etgan. Ammo biror davlatning pulida metallning zarrasi ham bo‘lmagan, yani ular qiymat belgisi hisoblangan, xolos.
Pul qanday shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar u pul bo‘lib qolaveradi. Pulning mohiyatini esa qo‘yidagicha ta’riflashimiz mumkin: Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo‘lib (har qanday narsa bilan almashina oluvchi), mehnat xarajatlarini o‘zida aks ettiradi va tovar xo‘jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Bu ta’rif pulning barcha xususiyatlarini o‘zida to‘liq ifodalaydi.
Bular pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovar ekanligi, u yagona tovar bo‘lib, qolgan tovarlarning qiymatini o‘zida ifoda qilishi (boshqa birorta tovar bu xususiyatga ega bo‘la olmaydi), pulning ekvivalent sifatida tovarni ishlab chiqarishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarni o‘zida ifoda etiishi, pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishini anglatadi.
Bozor iqtisodi rivojlanib borayotgan bir sharoitda pulning zarurligi, uning mohiyatini tadqiq qilishdan ko‘ra pulning iqtisodga, ishlab chiqarishga, bandlikka ta’sirini ilmiy o‘rganish jamiyatimiz uchun katta ahamiyatga ega.
Iqtisodiy kategoriyaga amal qiluvchi har bir mamlakat rivojlanishining asosiy vositalaridan biri pul bo‘lib, bozor iqtisodiga o‘tish va unda ish yuritishda uning o‘rni va ahamiyati yanada oshib boradi.
Bozor iqtisodiga o‘tish sharoitida pul ahamiyatining ortib borishi jamiyatimizda mavjud xuquqiy va jismoniy shaxslar faoliyati va uning natijasi – daromadi pul bilan bog‘liq ekanligidadir.
Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo‘lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o‘zida aks ettiradi va tovar xo‘jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Bu ta’rif pulning barcha xususiyatlarini o‘zida to‘liq ifodalaydi deb aytishimiz mumkin.
Bular, birinchidan: pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi, ikkinchidan: pul bu umumiy ekvivalent yagona tovar bo‘lib, qolgan tovarlarning qiymatini o‘zida ifoda qilishi, uchinchidan: pulning ekvivalent sifati tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajat larni o‘zida ifoda qilishi, to‘rtinchidan: pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi va boshqalardir.
Pulning funksiyalari Pulning mohiyati uning bajaradigan funksiyalarida yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Pul asosiy to‘rt funksiyani bajaradi: qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi. Qiymat o‘lchovi funksiyasida pul, tovar ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy mehnatni ifodalaydi va shu mehnat asosida tovarning qiymatini belgilaydi. Pulning bu funksiyasida naqd pullar emas, fikran pullar ishtirok qiladi. Muomala vositasi funksiyasida pul yordamida tovar o‘zining pul qiymat iga ayirbosh qilinadi.
Bu funksiyani bajarish uchun naqd pul zarur. Bu funksiya yordamida tovarlarni bir-biriga ayirboshlash usuliga chek qo‘yiladi. Pulning muomala vositasi funksiyasida tovar qo‘ldan qo‘lga o‘tadi va muomaladan chetlashadi, ya’ni iste’molchi tasarrufiga o‘tadi. Pulning to‘lov vositasi funksiyasi.
Tovarlar har doim ham naqd pulga sotilavermaydi. Tovar sotuvchi tovarni sotish uchun muomalaga olib chiqqan vaqtda iste’molchining shu tovarni sotib olish uchun yetarli naqd puli bo‘lmasligi mumkin. Natijada tovarni kreditga sotish zarurati tug‘iladi, ya’ni tovarning pulini to‘lash muddati kechiktiriladi. To‘lov vositasi funksiyasining asosiy xususiyati tovar va pul harakatining bir vaqtda amalga oshmasligi, harakatning bir tomonlamaligi va harakatda bo‘linishlar mavjudligidadir.
Pul jamg‘arma vositasi. Pulning bu funksiyasi sotish va sotib olish jarayoniga zarurat bo‘lmagan holda yuzaga keladi. Agar tovar ishlab chiqaruvchi tovarni sotgandan keyin uzoq vaqt davomida boshqa tovar sotib olmasa pul muomala va to‘lov aylanishidan chetlashadi. Yig‘ilgan pullar jamg‘arma vositasi funksiyasini bajaradi.
Pulning turlari
Pul o‘zining evolyutsiyasi jarayonida metall, qog‘oz, kredit pullar shaklida ishlatilib kelingan, qiymatni o‘zida ifodalashiga ko‘ra pullar ikki turga bo‘linadi:
- haqiqiy pullar;
- haqiqiy pul izdoshlari, ya’ni qiymat belgilari.
Haqiqiy pullar nominal (belgilangan) qiymatini o‘zida ifodalovchi, real qiymatga ega bo‘lgan metall pullar bo‘lib, ular har xil shakllarda chiqarilgan va keyinchalik amaliyotda qulay bo‘lgan aylana shaklda chiqarilgan (shu shaklda metall nisbatan kamroq yemiriladi). Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, VII asrlarda hozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiyev rusida zarb qilingan. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida tangalar, asosan, oltindan zarb qilingan.
Keyinchalik oltin va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarish qiyinlashuvi, ishlab chiqarishning rivojlanishi va to‘lov, muomala vositasiga bo‘lgan ehtiyojning oshishi natijasida muomalaga qiymat belgilarini (qog‘oz pullarni) kiritish zarur bo‘lib qoldi. Oltin va kumush muomaladan chetga chiqa boshladi.
Qog‘oz pullar haqiqiy pullarning vakili bo‘lib, pulning muomala funksiyasi (vazifasi) rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. Qog‘oz pullar yuzaga kelishining quyidagi bosqichlarini sanab o‘tish mumkin:
Birinchi bosqich – tangalarning uzoq vaqt muomalada bo‘lishi, qo‘ldan-qo‘lga o‘tish natijasida yemirilishi;
Ikkinchi bosqich – tangadagi metall tarkibining buzulishi. Davlat tomonidan ongli ravishda davlat xazinasiga tushumni oshirish maqsadida tangalarning metall (oltin, kumush) miqdorining kamaytirilishi;
Bu bosqichda tanga tarkibining buzilishiga oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarishning qiyinligi, zahiralarining kamligi ham asosiy sabablardan biri bo‘lgan.
Uchinchi bosqich – davlat tomonidan emission(qimmatli qog‘oz chiqarish) daromad olish maqsadida xazina biletlarining chiqarilishi.
Adabiyotlarda birinchi qog‘oz pullar XII asrda Xitoyda ishlab chiqarilgan deb ko‘rsatiladi. Lekin ba’zi tarixiy ma’lumotlarga qaraganda 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar Buxoroda qog‘oz materiallardan pul sifatida foydalanilgan. Qog‘oz pullar Amerika va Yevropada XVII - XVIII asrlarda, Rossiyada 1769 yilda chiqarilgan.
Qog‘oz pullarni muomalaga chiqarishda pul muomalasi qonuni talablarini e’tiborga olish kerak. Lekin amaliyotda har doim ham shu talablar e’tiborga olinavermaydi. Pul muomalaga tovar aylanishing ehtiyojini qoplash uchungina chiqarilishi kerak. Bu pulning qadrini saqlab qolishdagi eng asosiy prinsiplardan (asosiy qonun-qoida) biridir.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish