2019 O‘qish oxi



Download 16,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/93
Sana22.01.2022
Hajmi16,51 Mb.
#398656
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93
Bog'liq
3-SINF O\'QISH KITOBI 2019.pdf

ZUMRAD  BAHOR  NAFOSATI
Siz  bunga  qodirsiz
Yusuf  Fayzullo
Aziz  bolajonlar!  Yurtimizda  erta  bahorda
boshlangan  obodonlashtirish  va  ko‘kalamzor-
lashtirish  ishlari  hamon  keng  miqyosda  davom
etayotganidan  xabaringiz  bormi?
Ha,  xabarim  bor,  ko‘p  qavatli  uylar,  mahal-
lalardagi  xonadonlar  atrofi  tozalanib,  daraxtlar
oqlanyapti,  deysizmi?
Barakalla,  ziyrak  ekansiz.  Ayting-chi,  bu
xayrli  ishda  o‘zingiz  ham  ishtirok  etyapsizmi?
Hozircha  yo‘q,  deysizmi?  Unda  menga  quloq
soling.  Sizga  bir  odam  haqida  gapirib  bera-
man.  Xulosa  chiqarish  sizdan.


142
Biz  ko‘p  qavatli  uyda  yashaymiz.  Saida  xo-
la  yon  qo‘shnimiz.  U  kishi  anchadan  buyon
nafaqadalar.  Har  kuni  ertalab  turib,  to‘qqizinchi
qavatdan  birinchi  qavatgacha  zinalarni  supurib,
suv  sepib  chiqadilar.  Keyin  esa  yo‘lak  ro‘pa-
rasidagi  bolalar  maydonchasida  o‘zlari  bunyod
etgan  gulzorni  begona  o‘tlardan  tozalab,  su-
g‘oradilar.  Maydoncha  atrofidagi  mevali  daraxt-
larni  alohida  mehr  bilan  parvarishlaydilar.  Sai-
da  xola  tufayli  ko‘p  qavatli  uyimiz  har  doim
maqtovga  sazovor  bo‘ladi.
Hozirgi  kunda  Saida  xolaning  yordamchilari
ancha  ko‘payib  qolgan.  U  kishining  dugo-
nalari,  nabiralari  xolaning  eng  yaqin  ko‘mak-
chilariga  aylangan.  Bolajonlarning  yerga  ishqi
tushgani  bois,  gulzorimiz  yanada  kengayib  bor-
moqda.
Siz  ham  uyingiz  atrofi,  mahallangiz  obodligi
uchun  biror  ish  qilyapsizmi?  Yo‘q  bo‘lsa,  sho-
shiling.  Hech  bo‘lmasa,  darvozangiz  oldidagi
daraxtlarni  oqlab  qo‘ying,  ariq  bo‘yidagi  be-
gona  o‘tlarni  yulib  tashlang.  Agar  o‘rtoqla-
ringizni  ham  jalb  qila  olsangiz,  yana  ham
yaxshi.  Mahallangiz  gulzorga  aylanadi.  Bu  ish-
lar  qo‘lingizdan  kelishiga  ishonamiz.
1.  Saida  xola  qanday  ishlarni  amalga  oshirdi?
2.  Siz  qanday  xayrli  ishlarni  qilmoqchisiz?


143
Bàhîr  yaqin
Zàfàr Diyor
O‘tib  kåtdi  qishning  sîvuq,
Hàm  bo‘rînli  kunlàri.
Îrtdà  qîldi  îy,  yulduzsiz,
Tim  qîrîng‘i  tunlàri.
Endi  quyosh  ko‘prîq  bîqàr,
Dàlàlàrgà,  bîg‘làrgà.
Quchîq-quchîq  yog‘du  sîchàr,
Àdirlàrgà,  tîg‘làrgà.
Båzànishàr  dàlà-qirlàr,
Chåchàk  tàqàr  o‘tlîqlàr.
Bàhîr  yaqin,  bàhîr  yaqin,
Bàhîr  yaqin,  o‘rtîqlàr.
Ko‘nglim  yanà  tîg‘dày  o‘sàr,
Ko‘rkàm  bàhîr  kålgàndà.
Quvîngàymàn  dàstà-dàstà
Gul-chåchàklàr  tårgàndà...
1.  She’rni  ifodali  o‘qing.
2.  Bàhîr  yaqinlàshib  kålàyotgàndà  tàbiàtdà
qànday  o‘zgàrishlàr  yuz  beràdi?
3. Siz  bahorni  sevasizmi?  Nima  uchun?
She’rni  yod  oling.


144

Download 16,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish