2.6-rasm. Eziluvchan g'ildiraksimon (halqasimon) metall mustahkamlagich.
Monolit beton va temir-beton mustahkamlagichlar, aso- san, uzoq muddat ishlaydigan qazish zonalaridan tashqarida bo'lgan gorizontal, vertikal va qiya kapital (konni ochuvchi) lahimlarni mustahkamlashda qo'llaniladi. Stvol atrof insho- otlari va kameralari ham, asosan, monolit beton bilan mustahkamlanadi.
Monolit beton mustahkamlagichlarining asosiy konstruk- siyasi vertikal devor va gumbazsimon yopqichdan (gorizontal va qiya lahimlarda), silindr shaklidagi beton mustahkam- lagichdan (vertikal lahimlarda) tashkil topadi.
Shaxtalarda vertikal kon bosimining lahimga ta'siri kuch- liroq bo'lganligi tufayli, ko'pincha, vertikal devorli va gum- bazsimon yopqich shaklidagi monolit beton mustahkam- lagichidan foydalaniladi (2.7-rasm).
Eziluvchan yoki qat'iy (ezilmaydigan) armaturali monolit temir-beton mustahkamlagichi ham ikki devor, gumbazsimon yopqich va poydevordan tashkil topadi. Monolit beton mustahkamlagichlari bilan bir qatorda shaxta va rudniklarda
Do'stlaringiz bilan baham: |