2-modul. Eng qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan adabiyot. Islomgacha bo‘lgan davr adabiyoti. Uyg‘ur yozuvidagi yodgorliklar reja



Download 182,28 Kb.
bet5/10
Sana30.12.2021
Hajmi182,28 Kb.
#96241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-modul. Eng qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan adabiyot.

4-SEMESTR

1-MA’RUZA

MAVZU: G‘AZNAVIYLAR VA QORAXONIYLAR DAVRI ADABIYOTINING ASOSIY XUSUSIYATLARI.

MAHMUD KOSHG‘ARIY VA UNING “DEVONU LUG‘OTI-T-TURK” ASARI.

Reja:

  1. XI-XIII asrlarda Markaziy Osiyoda madaniy hayot.Qoraxonlilar davrida turkiy madaniyatning taraqqiyoti.

  2. Turkiy dostonchilik maktabining vujudga kelishi.Badiiy asarlarda Qur’oni karim va Hadisi sharif sharhlari.

  3. Mahmud Koshg‘ariy va uning “Devonu lug‘otit-turk” asari.

  4. “Devonu lug‘otit-turk” – adabiy manba sifatida.

IX-X asrlar turkiy adabiy tilning ravnaq topishi, o‘zbek, uyg‘ur, qirg‘iz, turkman va boshqa xalqlarning shakllanish jarayoni, umumturkiy yozma adabiyotning vujudga kelishi va rivojlanishida muhim bosqich bo‘ldi. Turkiy qabila va elatlarning O‘rta Osiyoga ko‘chib kelishi, ayniqsa, qoraxoniylar davrida kuchaydi. Ularning yerli aholi bilan chatishib ketishi bilan turkiy tilda so‘zlashuvchi turkiy xalqlarning nufuzi yanada oshdi. XI asrga kelib Yettisuv, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent, O‘zgan, Sayram, Qashqar, Buxoro kabi shaharlarda ham turkiy xalqlar soni ancha ko‘paydi. Mahmud Qoshg‘ariyning ma’lumot berishicha, turli turkiy xalqlarning chatishuvi va aralashuvi natijasida, o‘g‘iz, chigil, qipchoq lahjalari guruhidagi tillar singari umumiy so‘zlashuv vositasi vujudga kela boshladi. Bunday mo‘tadil vaziyat umumiy, mushtarak adabiy tilning shakllanish jarayonini tezlashtirdi. Mazkur hodisaning ro‘y berishida qabilalar o‘rtasida vujudga kelgan siyosiy-tarixiy, adabiy-ma’naviy va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar, badiiy adabiyot, jumladan, yozma adabiyot taraqqiyotining ta’siri beqiyos kattadir.

Mahmud Qoshg‘ariyning "Devoni lug‘otit-turk" asaridagi xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyot namunalaridan iborat she’riy parchalar turkiy xalqlarning ota-bobolari badiiy tafakkuri mahsuli bo‘lganidek, Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig", Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» dostonlari ham turkiy xalqlarning umumiy boyligi sifatida qabul qilinadi. Atoqli sharqshunos olim E.E.Bertels X asrda Buxoroda yaratilgan adabiyot haqida quyidagilarni e’tirof etgan edi: "Aslini aytganda, til nuqtai nazardan bu davr adabiyotini fors va arab adabiyotiga bo‘lish haqiqatdan shartli narsadir. Aslida biz mavzu, uslub, tashqi ko‘rinishi bir xil, faqat tildagina farqi bo‘lgan yagona adabiyotga egamiz. Shuni ham aytish kerakki, shoirlar ko‘p holda ikki tilni bilishgan va har ikki tildan birday osonlik bilan foydalanishgan, bir fikrning o‘zini goh u goh bu tilda ifoda etishgan". Bu fikrni arab va fors tillarida yaratilgan adabiyot bilan yonma-yon vujudga kelgan turkiy tildagi adabiyotga nisbatan ham qo‘llash o‘rinlidir. Zero, qardosh xalqlar adabiyotining tayanch g‘oyaviy - manbai Qur’oni Karim, Hadisi sharif bo‘lganidek, "Qutadg‘u bilig", "Hibat ul-haqoyiq" dostonlarining ham ma’naviy sarchashmalari ana o‘sha nodir kitoblar sanaladi. "Qutadg‘u bilig"ning muqaddimaviy fasllari orasida "Yetti kavokib va o‘n ikki burj" deb nomlangan bob alohida ahamiyatga ega. Uning dastlabki satrlarida Allohning buyuk yaratuvchanlik sifati ulug‘lanadi:

Yusuf Xos Hojib ushbu misralarni bitishda Qur’oni karim va o‘zi yashagan davrning ilm-fani yutuqlariga tayanadi. Ushbu satrlar uchun Qur’oniy g‘oyalar ma’naviy asos vazifasini o‘taganligini "Yosin" surasidagi 40 oyati karimani keltirish bilan tasdiqlash mumkin. Unda shunday deyiladi: "Na Quyosh uchun Oyga yetish mumkin bo‘lur va na kecha kunduzdan o‘zguchidir.(Quyosh ,Oy va Yulduzlarning) barchalari falakda suzib yurur" (Qur’oni, karim.Toshkent.: 1992, 406-bet).

Ahmad Yugnakiy "Hibatul-haqoyiq"da insonni komillikka yetaklovchi xususiyatlar, uning ruhini nopokliklardan xalos etish kabi muhim masalalar xususida o‘zining umrboqiy fikrlarini bayon etadi. Shubhasiz, shoir bunda Qur’oni karim, hadisi sharif va tasavvuf ta’limotiga tayanadi. Shoir ilm-ma’rifat orqali kishiga saodat yo‘li ochilishini ta’kidlagani holda, ilmli, ma’rifatli bo‘lish yuksak insoniy fazilatlardan ekanligini o‘ziga xos timsol, tashbehlardan foydalanib badiiylashtiradi. Shoir dunyo boyligidan inson uchun faqatgina yegulik, kiygulik yetarli ekanligi, o‘shalardan ortiqchasi kishiga ziyon yetkazishini ta’kidlab, mulohazalarini Muhammad alayhissalom g‘oyalari bilan boyitadi. Alloh rasulining dunyoviy hayotning asosi ekin, dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lishdir tarzidagi pandini himoya va targ‘ib etadi. Adibning manmanlikka berilish kishi uchun yomon illatlardan biri ekanligi xususidagi quyidagi misralari o‘quvchini befarq qoldirmaydi:

Takabbur libosin kiyib oz solin,

Kirib xalqda ko‘ksung, ozurlab tilin.

Mo‘minlar nishoni tavoze’ erur,

Agar mo‘min ersang, tavoze’ qilin.

Keltirilgan mazkur iqtibosda shoir insonlarni takabburlik, kibrlilik libosini kiyib, xalqqa kerilib, til bilan ularga ozor bermaslikka chaqiradi. Ahmad Yugnakiy tavoze’ni mo‘minlikning nishoni deb biladi.

Xoja Ahmad Yassaviy Sulaymon Boqirg‘oniy singari mutasavvuf shoirlar bu ilohiy ne’matlardan yanada ko‘proq bahramand bo‘lgan davrning ulug‘ donishmandlari sanaladi. Demak, IX-X asrlar xalqlar do‘stligi adabiyotlar do‘stligi, adabiy aloqalar ravnaqi uchun muhim davr bo‘lish bilan bir qatorda, keyingi davrlarda badiiy adabiyotning rivojlanishi uchun muhim bosqich vazifasini ham o‘tadi.

«Devonu lug‘atit-turk» asari orqali bizgacha yetib kelgan badiiyat namunalari anchagina. ”Devonu lug‘otit-turk” ni yaratish uchun ko‘p yillar davomida ish olib borgan Mahmud Koshg‘ariy uni 1076 – 1077 ( hijriy 469 ) yillarada yozib tugatdi, oxirgi tahririni 1083-yilda tamomlab uni hoshimiylar sulolasidan, abbosiylar avlodidan bo‘lgan Abulqosim Abdulloh binni Muhammadil Muqtado biamrillohga armug‘on qildi. Arab tilida yozdi. “Devon” ikki qismdan: muqaddima va lug‘at qismidan iborat. Muqaddimada muallif “devon“ni yaratish sabablari, uni yozish uchun ko‘p yillar davomida material to‘plagani, o‘z ish usuli, “Devon” ning qurilishi, “turkcha so‘zlarning tuzilishida qo‘llaniladigan so‘zlar”, “so‘zlarning tuzilishi“, “turk tabaqalari va qabilalari “ va boshqa masalalar haqida batafsil to‘xtab, ilmiy–nazariy xulosalar chiqaradi. “Devon” ning asosi bo‘lgan lug‘at qismida muallif olti mingdan ziyodroq turkiy so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini arabcha izohlab beradi. Bu so‘zlar turli turkiy qabila va xalqlarning, territorial dialektlarning so‘zlaridir. “Devon” dagi so‘zlar va ularning grammatik xususiyatlari boshqa turkiy tillarga aloqador bo‘lgani kabi, hozirgi zamon o‘zbek tiliga ham aloqador bo‘lib, bizni tilning qadimgi negizlari bilan tanishtiradi.“Devon” ning beqiyos qimmati yana shundaki, olim o‘z asariga dunyo xaritasini ilova qilgan. Mashur geograf olim, professor Hamidulla Hasanovning aniqlashicha, Mahmud Koshg‘ariy o‘z xaritasida yer yuzining markazini O‘rta Osiyoga – ona yurti Issiqko‘l bilan Bolosog‘un oralig‘ida bo‘lgan yerlarga to‘g‘irlagan. O‘sha davrlarada tuzilgan xaritalarda yer yuzi odatda Islom markazi Makka va Madinadan boshlanardi. Mahmud Koshg‘ariyning ana shu an’anani o‘sha davrda buzishi katta jasorat va ibratlidir. Bundan tashqari, hayvonot olami o‘simliklari va ularning nomlanishiga to‘xtalib o‘tadi, astronomik ma’lumotlar, burj va muchal haqida ham ma’lumotlar bor.

“Devonu lug‘otit turk“ ning adabiy qimmati benihoya kattadir. Unda uch yuzga yaqin she’riy parcha va juda ko‘p maqol hamda hikmatli so‘zlar bo‘lib, kitob muallifi ulardan so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini izohlashda bir ko‘rgazma sifatida foydalanadi. Bu haqda Mahmud Qoshg‘ariyning o‘zi : “Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli so‘zlar, sajlar, maqollar, qo‘shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim “,- deydi.

Mahmud Koshg‘ariy Alp Er To‘nga (Afrosiyob ), Iskandar va boshqalar haqida xalq orasida mavjud bo‘lgan afsona va rivoyatlarni ham bayon qiladi.

“Devon” dagi she’riy parchalarning aksariyati inson hayotining muayyan lavhalari tasviriga bag‘ishlangan. Ularda mehnatsevarlik, qahramonlik, ezgulik, sevgi va sadoqat ulug‘lanadi. She’riy parchalar orasida badiiy jihatdan yuksak qimmatga ega bo‘lganlari ham uchraydiki, ular olim yashagan davrga qadar turkiy nazm ancha ravnaq topganligidan dalolat beradi. Chunonchi :

Aqturur ko‘zum yulag ,

Tush qilur o‘rdak, yug‘aq.

Mazmuni: Ko‘zimdan oqqan yosh suvlari ko‘llarga aylanmoqda, unga o‘rdak va suv qushlari qonayotir. Ko‘rinadiki, ushbu iqtibosda odamning aniqrog‘i, oshiqning ruhiy holati, dil iztiroblarining mubolag‘aviy tasviri yaratilgan. “Devon” da ko‘rib o‘tilganidek, muhabbat mavzusiga bag‘ishlangan she’riy parchalar mavjuddir. Ularda ba’zan sevgilining vafosizligi badiiy ifoda etilgan bo‘lsa, ba’zan hajr iztiroblarni boshidan kechirayotgan oshiqning o‘tli nigohlari tasvirlanadi:

Uzuk mani kuchayur ,

Tun – nun turib yiglayu

Ko‘rdi ko‘zim tavraqin ,

Yurdi qolib ag‘layu.

Mazmuni : Sevgim mening kuchayur, Kecha – kunduz yig‘layman, Ko‘rdi ko‘zim ketganin. Yurtda yolg‘iz qolyapman. “ Devonu lug‘otit-turk“dagi badiiyat namunalarining aksariyati axloqiy – ma’naviy ahamiyatga ega. Ularda yoshlarni keksalarning o‘gitiga quloq tutishga chaqiriladi. Yuksak insoniy fazilatlar ulug‘lanadi. Mahmud Koshg‘ariy juda ko‘p yurtlarda bo‘lib, ilm va ilmli kishini ulug‘lovchi she’riy parchalarni ham to‘plashga harakat qilgan. Asar matnida ularga keng o‘rin berilganligi fikrimizni quvvatlantiradi :

Us es ko‘rub yuksak qaliq qodi chaqar ,

Bilga kishi o‘gut berib tavraq ugar.

Mazmuni: Karkas yirtqich hayvonlardan qolgan go‘shtni (ovni) ko‘rib o‘zini osmondan tashlaydi. Donishmand kishilarni qiziqtiradigan ov – o‘git – nasihatdir. Ular o‘gitni eshitishlari bilanoq quloqqa oladilar.

Pand – nasihat, o‘gitlarni tinglash va ularga amal qilish donishmandlik belgisi bo‘lib, she’riy parchalarda katta hayotiy tajribaga ega kishilarning so‘zlariga amal qilishga chaqiriladi:

O‘rgan aning biligin ,

Kunda angar baru

Qutquluqni tapingin ,

Qo‘zg‘il ko‘var naru.

Mazmuni: O‘rgan uning bilimin, Borgil o‘shal sari Qutlug‘ ishga bo‘ysungin, Kibrni quv nari. Mahmud Koshg‘ariy ilm ahlining inson ruhiy kamolotidagi o‘rnini yuqori baholaydi.

Emdi o‘za eranlar ,

Erdam begi bilig tag

Aydi o‘qush o‘gutlar

Ko‘nglim bo‘lur angor sog‘.

Ya’ni: Ilgarilari ilm cho‘qqilarini egallagan, fazilat ustodlari bor edi. Ular ko‘p – ko‘p nasihatlar so‘zlar edilar, nasihatlari ko‘ngilga orom berar edi.

Erk, ozodlik, mustaqillik, insoniyatni hamma vaqt faol harakat qilishga chorlagan. Ozodlik, mustaqillik istagan inson loqaydlik qilmagan, uning uchun kurashgan. Shu sababli ham, Mahmud Koshg‘ariy :

“O‘quz azagi bo‘lg‘incha, buzog‘u bashi bo‘lsa yiq” –

Ho‘kizning oyog‘i bo‘lguncha, buzoqning boshi bo‘lgan yaxshiroq – deb “mustaqillik bo‘ysunishdan yaxshi” ligini aytadi. Olim mardlik, dovyuraklik, abjirlik kabi hislatlarni vatan himoyachisiga xos fazilat deb tushunadi. U dushmanga nisbatan shafqatsiz bo‘ladi. “Devon”da bu fikr vatanparvarning harakati dushmanga aytgan so‘zlari misolida shunday ifodalanadi:

O‘tru tirib yag‘di angar kishi o‘qi jilvagar ,

Aydim asiq qilg‘u emas sen taqi yalvar.

Ya’ni: Menga yuzlangach, sug‘doqdan o‘qni yomg‘irdim. Endi sening yalinib yolvorishlaring foyda bermaydi, dedim, - deydi vatanparvar.

“Devonu lug‘otit turk“ asarida Mahmud Koshg‘ariyning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari ham ifodalanganligi bilan hozirgi kunda ham muhim ma’naviy qadriyat sifatida qimmatli asardir . Bulardan tashqari, “Devon”dan o‘rin olgan xalq maqollari uning badiiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Bu maqollar qadimgi ajdodlarimizning uzoq yillik hayotiy tajribasidan kelib chiqqan, ularning aql-u zakovatidan dalolat beruvchi yahlit xulosalardir. Noyob badiiy zavq va nazokat bilan sayqallashgan maqollarda inson hayotining deyarli barcha jabhalari qamrab olingan. Quyidagi keltiriladigan xalq maqollari ham “Devonu lug‘otit-turk “ dan o‘rin olgan:

Ikki bug‘ra ichashur, o‘tra ko‘kagun yengilur.

Ikki erkak hayvon olishadi, orada pashsha yengiladi. Bu maqol ikki amir urushib, orada kuchsizlar yanchiladilar degan ma’noda ishlatiladi ; “Usuqmishada saqig‘ qamug‘ suv ko‘runur ”Chanqagan kishiga har bir sarob suv bo‘lib ko‘rinadi. Bu maqol muhtoj odam har bir narsadan o‘z xojatining chiqishini o‘ylaydi degan mazunda ishlatiladi; “Qarg‘a qazga o‘tkunga buti sinur “Qarg‘a kunda, kuchda, uchishda o‘zini g‘ozga o‘xshatsa, buti sinadi. Bu maqol qo‘ldan kelmagan ishga behuda urinmaslikka o‘z holiga yarasha ishlashga undab aytiladi, “Ko‘p sukutga qush qo‘nar, ko‘rkluk kishiga so‘z kelir”. Shoxi ko‘p, shoxlari o‘ralib ketgan daraxtga qush qo‘nadi, yaxshi kishiga so‘z ( maqtov ) keladi; “Ardam boshi til” Adab va fazilatning boshi til. “Sabanda sandirish bo‘lsa, o‘rtugunda irtash bo‘lmas“. Yer haydash vaqtida puxtalik bo‘lsa, xirmonda anglashilmovchilik bo‘lmaydi. Bu maqol keyin anglashilmovchilik, janjal chiqmasligi uchun ishni boshda pishiq qilish kerak degan ma’noda qo‘llanadi ;“Qul savi qalmas, qag‘il bag‘i yazilmas”.Keksalar so‘zi, nasihati bekorga so‘zim eshit, ardamini o‘graniban ishga sura”.Ilmli, aqlli kishilarga yaxshilik qilib, so‘zlarini tingla. Ilmlarni, hunarlarini, o‘rganib, amalga oshir. “Ag‘iz yesa, ko‘z uyazuz”, Og‘iz yesa, ko‘z uyalur. “Etli, tirinaqli ezirmas” Et tirnoqdan ayrilmas.“Qo‘sh qilich qinqa sig‘mas” Qo‘sh - ikki qilich bir qinqa sig‘mas” “Uma kelsa, qut kelar.”Mehmon kelsa, qut kelar.“Alimchi – arslon, berimchi- sichg‘an “Oluvchi - arslon, qazni beruvchi – sichqon.

“Devonu lug‘otit turk “ XI asrda yozilgan bo‘lsa-da, unga jamlangan badiiy parchalar turkiy xalqlar adabiyotining ancha oldingi davrlarida vujudga kelgan. Unda xalq og‘zaki ijodi namunalarining ko‘pi asar yozilgan davrdan 5-6 asr qadimroqdir. Ularda turkiy xalqlarning urf – odatlari, ishonch – e’tiqodlari, marosimlari bilan bog‘lanib ketadigan badiiy lavhalarni ko‘ramiz. Ularning bir qismi bevosita tarixiy mavzularga bag‘ishlangan. Alp Er To‘nga rivoyati, yabog‘u (yobg‘u )lar tangutlar bilan bo‘lgan janglar haqidagi parchalar, shuningdek ayrim shaxs va joylar bilan bog‘liq afsonalar shular jumlasidandir. Bu yodgorliklardan XI asrgacha bo‘lgan adabiyotdagi bir qator adabiy janrlar va badiiy tasvirning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. “Devon” da adabiyotshunoslikka doir anchagina atamalar bor. Shuningdek, ayrim adabiy hodisalar haqida maxsus izohlar bergan. Yir – kuy, maqom. Ko‘pincha bu so‘z she’rga nisbatan qo‘llanadi. Bu so‘z ir tarzida ham talaffuz qilinadi. Bu atama boshqa sahifalarda “g‘azal, maqom, kuy” ( III, 159 ) shaklida izohlangan. Demak, yir qadimgi musiqaga ham tegishli atama bo‘lib, lekin ko‘proq she’rga nisbatan ishlatilgan. “Devon»ga kirgan adabiy shaklarning asosiy qismini to‘rtliklar tashkil qiladi. O‘zbek adabiyotda to‘rtlik shakliga tayanadigan bir qator she’riy janrlar rivojlangani ma’lum . Bular orasida to‘rtlik, ruboiy, murabba’ ayniqsa mashhurdir. Mahmud Koshg‘ariy ularni,asosan, “qo‘shug‘” yoki “she’r deb nomlagan. “Devon”da qo‘shildi so‘ziga izoh berilar ekan, ir qo‘shildi iborasi keltiriladi. Buning ma’nosi she’r aytildi, qo‘shiq to‘qildi iboralariga to‘g‘ri keladi.

“Devon” da turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog‘liq bo‘lgan she’riy parchalar katta o‘rin tutadi. Ularda xalqlarning urf – odati, yashash tarzi, mashg‘uloti, ishonch e’tiqodlarining ifodasi juda ochiq ko‘rinadi.

“Devon”da ko‘plab lirik lirik qo‘shiqlar ham mavjud. Ularda insonning qalb kechinmalari, nozik his-tuyg‘ulari ifodasi, tabiat va ona yurt manzaralari tasviri yetakchilik qiladi. Lirik qo‘shiqlarning bir qismi ishq – muhabbat mavzusidadir. Ularda yorning go‘zalligi, latofati madh etiladi, oshiqlikning siri kechinmalari tasvirlanadi, ishqiy hayajon, muhabbat shavqi tilga olinadi :

"Devonu lug‘otit-turk" dagi mehnat qo‘shiqlari ovchilik, chorvachilik, bog‘dorchilik va dehqonchilik bilan bog‘liq jaryonlarni badiiy ifoda etadi. Shuningdek, undagi ayrim adabiy parchalar qabilalar o‘rtasidagi jang tafsilotlari va qabila bahodirlarining mardonavor kurashi tasviriga bag‘ishlangan. Bunday qo‘shiqlar rajaz deb ataladi. Rajaz aruz bahrlaridan birini anglatadi. Dastlabki qo‘shiqlarda barmoq bilan birga aruz namunalari ham nazarga tashlangan. Ikkinchidan, jang paytida aytiladigan, janggavorlikka, mardonavorlikka undovchi qo‘shiqlar ham shu istiloh(rajaz) bilan yuritilgan

"Devoni lug‘otit-turk"dagi og‘zaki adabiyot namunalarining ko‘pi mavsum qo‘shiqlari va tabiat manzarasiga bag‘ishlangan she’rlardir. Bular orasida "Qish bilan Yoz munozarasi" alohida ahamiyat kasb etadi "Devon" dagi "Qish bilan Yoz munozarasi" da qishda qadimgi kishilarning qiynalganligi, issiq kunlar kelishini orziqib kutganligi o‘zining badiiy ifodasini topgan. Qish yovuzlik, yoz esa - ezgulik ramzi sifatida talqin etilgan. Quyosh zarrin nurlarining yer bag‘rini qizdirishi yovuz kuchlarning yengilishini anglatgan. Mahmud Ko‘shg‘ariy “Qish bilan Yoz” munozarasiga oid ko‘plab to‘rtliklarni keltirgan. Ammo ular asarning bir joyida emas, balki uning turli qismlarida har xil so‘zlarning izohiga dalil sifatiada keltirilgan . “Utti“ – yutdi, g‘olib bo‘ldi ma’nosidagi so‘z izohida quyidagi to‘rtlik keltirilgan:

Qish yoy bila to‘qushti

Qingir ko‘zunug‘ baqishti

Tutishqali yaqishti



Utg‘olimat o‘grashur.

Mazmuni:Qish yoz bilan to‘qnashdi, Qing‘ir (yomon) ko‘z bilan bir-biriga qarashishdi, (Bir-birini) tutib olishga intilishdi, (Bir-birini) yutishga tirishar edilar.

Tabiatdagi bu jarayon inson hayotidagi jonli manzaralariga o‘xshatilib, unga qiyosiy holda aks etgan. O‘zaro to‘qnashish, bir-biriga qing‘ir ko‘z bilan qarash, kurashish uchun o‘zaro yaqinlashish va g‘oliblik istagi kabi insonga xos tuyg‘ular tabiatga nisbat berilmoqda. Adabiyotshunoslikda bu hodisaning nomi jonlantirish deyiladi . “Qish bilan Yoz" munozarasida ana shu tasvir vositasi asosiy o‘rin tutadi.



Turon xalqlarining qadimgi qo‘shiq va lirik she’rlaridan na’munalar "Avesto", "Devonu lug‘otit-turk" singari yozma manbalar orqali yetib kelgan. "Devonu lug‘otit-turk" da keltirilgan she’riy parchalarning matni va ifoda uslubida juda ko‘p qadimiy so‘zlar uchraydi, arabcha kalima va islom diniga oid e’tiqodiy qarashlar aks etgan. Devondagi she’riy parchalar barmoq vaznida yozilgan. Qo‘shiq va lirik she’rlar asosan to‘rt, ba’zan esa ikki misradan tarkib topgan bo‘lib, to‘rtliklar "a-a-a-b", "v-v-v-b" shaklida qofiyalangan."Devoni lug‘otit-turk"dan o‘rin olgan bunday qo‘shiq va she’rlar Markaziy Osiyoda istiqomat qiluvchi turkiy xalqlarning mushtarak yodgorliklaridir.

Alp Erto‘nga marsiyasi, qadimgi afsona va qo‘shiqlar shular jumlasidandir. Afsona va qo‘shiqlar poetikasi maqtovga loyiq. Ularda o‘xshatish, sifatlash kabi tasvir vositalaridan foydalaniladi. «Devonu lug‘otit-turk»da munozara janrining ilk ildizlarini ko‘ramiz. «Devon»dagi xalq maqollari poetikasi ham diqqatga sazovor.




Download 182,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish