Asosiy tushunchalar glossariysi
Integratsiya – dialektlarning kamayib, adabiy tilga yaqinlasha borishi, adabiy til ta’sirining kengayishi.
Differensiatsiya – dialektlar sonining ko‘payishi va ular asosida yangi tillarning vujudga kelishi, tillarning dialektlarga bo‘linishi.
Tilning tarixiyligi – tilning paydo bo‘lishi, yaxlit tizim tarzida shakllanishi, ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi.
Tilning hayotiyligi – uning aloqa-munosabat vositasi sifatida mavjudligi.
Tilning me’yoriyligi – tilning muayyan me’yorlar asosida muvofiqlashtirilishi.
Hududiylik – tilning ma’lum hudud bilan bog‘liqligi, millat, elatga xos urf-odat, an’analar, tarixiy-etnik birlik va yagona davlat tizimiga aloqadorligi.
Me’yorlashtirilgan tillar – adabiy til me’yoriga ega bo‘lgan tillar.
Qadimiy tillar – tillarning dastlabki taraqqiyoti davrida shakllangan, takomiliga yetgan, eng qadimiy madaniy-ma’naviy yodgorliklar yaratilgan tillar.
Do'stlaringiz bilan baham: |