Dialektika
Dialektika
[yun. dialektike (techne) — suhbat olib borish, bahslashish sanʼati] — borliqning
vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy taʼlimot hamda voqelikni bilish va unga
asoslangan tafakkur uslubi. "D" tushunchasi falsafa tarixida dastlab hozirgi maʼnosidan
boshqacha tushunilgan. Yunon falsafasida D. muxolifning muhokamasidagi ziddiyatlarni ochib
tashlash, munozara orqali xaqiqatni topish sanʼatini anglatgan. Keyinchalik bu usul tabiat
hodisalariga tatbiq etila boshlagan, bilish uslubiga aylangan. Dialektik tafakkur voqelikni bilish
jarayoni sifatida inson, jamiyat bilan bogʻliklikda paydo boʻlgan. Voqelikni bilish va uni inson
manfaatlari yoʻlida oʻzgartirishning dialektik us-lubini anglashga intilish qadim zamonlarga borib
taqaladi. Bu intilish dastlab Sharqda paydo boʻlib, antik davrda oʻz takomiliga yetgan. Falsafa
tarixida D. turlicha talqin qilingan. "D" soʻzi ilk bor Sokrat (Suqrot) tomonidan qoʻllanilgan. U D.ni
bir-biriga zid, qaramaqarshi fikrlar toʻqnashu-vi orqali haqiqatni topish sanʼati deb bilgan. Geraklit
ijodida D. oʻzining antik davrdagi eng yorqin koʻrinishiga ega boʻldi. Geraklit fikricha, D.— muttasil
harakatdagi olam ichki jihatdan ziddiyatli va u doimiy vujudga kelish, rivojlanish hamda
tanazzulga yuz tutish — qaramaqarshiliklar birligidan iborat. Mazkur davrda Geraklit va b. yunon
faylasuflari taʼlimotlari negizida sofistlarning salbiy tusdagi D.si vujudga keladi. Sofistlar
haqiqatni borliq D.sidan emas, bahslar olami, ruhiyatidan axtarib, ziddiyatli inson tafakkurini
harakatga keltirdilar, oxir-oqibatda bilish faqat nisbiy, gumoniy, taxminan ekanligini eʼtirof
etishgacha borib yetdilar. Oʻrta asrlardan 18-asrgacha D. oddiy (maktabda oʻqitiladigan) mantiq
ilmi sifatida tushunib kelindi. Platon D.ni narsalarning ideal mohiyatini bilish maqsadida
tushunchalarni boʻlak-boʻlaklarga ajratish, soʻng bir-biri bilan oʻza-ro bogʻlash uslubi deb
hisoblagan. Kuzalik Nikolay, J. Bruno D.ni qara-maqarshiliklarning mos kelishi haqidagi taʼlimot
deb taʼkidlashgan. Kantnit fikricha, D. voqelikni tajriba, hissiy bilimlar orqali emas, balki sof
tafakkur asosida bilishga intiladi. Gegel D.ni borliq, ruh va tarix taraqqiyotining ziddiyatlarini
anglashning umumiy uslubi deb bildi. Falsafa tarixida D.ning 3 ta asosiy shakli tarkib topdi: 1)
qad. dunyodagi ilk, stixiyali, sodda D. (Geraklit, Platon va b.); 2) nemis mumtoz idealistik
Do'stlaringiz bilan baham: |