2-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ta’lim tizimiga oid Farmon va Qarorlarining tahlili


Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar



Download 177,5 Kb.
bet14/20
Sana31.12.2021
Hajmi177,5 Kb.
#252067
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
2=mavzu

5.2. Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar:

  • davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish;

  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, jaxon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborot yetkazish;

  • O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

  • davlat chegarasini demilitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-son Qarorini imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoniga muvofiq:

2018-yil 1-noyabrdan boshlab quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkazilsin:

oliy ta’lim muassasalari huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi.

Shu bilan bir qatorda, quyidagilar tashkil etilsin:

a) xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar tuzilmasida metodik xizmat bo‘limlari;

b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi huzurida yuridik shaxs maqomisiz tumanlararo umumta’lim muassasalarini metodik ta’minlash markazlari;

v) Vazirlikning markaziy apparati tarkibida vazirning Nazorat-huquqiy xizmati, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning xalq ta’limi muassasalari faoliyatiga asossiz aralashuviga, pedagog kadrlarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning mehnatga majburlanishiga, ta’lim-tarbiya jarayoniga to‘sqinlik qilishning har qanday shakllariga, o‘qituvchi va o‘quvchilarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish;

xalq ta’limi muassasalarida ichki nazoratni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etilishining, shuningdek, Vazirlik tizimi xodimlari tomonidan kasbga oid odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish va profilaktika qilish.

Vazirlik huzurida quyidagilar tuzilsin:

a) davlat unitar korxonasi shaklidagi Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi.

Belgilab qo‘yilsinki:

“Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK ishlar va xizmatlarning yagona yetkazib beruvchisi hisoblanadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari u bilan loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzadi, ushbu shartnomalar maxsus axborot portalida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart;

manzilli ro‘yxatlarga kiritilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim muassasalari) qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash qiymatidan ajratmalar “Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUKning daromad manbalari hisoblanadi;

b) yuridik shaxs maqomisiz Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Ko‘maklashish jamg‘armasi).

Quyidagilar Ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili, shu jumladan 2018-yil sentyabr oyida, 100 milliard so‘m miqdorida ajratiladigan mablag‘lar;

muassisi Vazirlik hisoblangan korxonalar ixtiyorida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qoladigan sof foyda;

umumta’lim muassasalarining mol-mulkini sotishdan tushgan mablag‘larning 100 foizi;

xalq ta’limi muassasalari faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Vazirlikning ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalar daromadiga undirilgan noqonuniy sarflangan budjet mablag‘larining, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;

xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar tomonidan tashkil etilgan xalq ta’limi tizimi xodimlarini qayta tayyorlash kurslarida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning 5 foizi;

xalq ta’limi muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga tushadigan mablag‘larning 5 foizi;

Ko‘maklashish jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan, shuningdek, Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — nodavlat umumta’lim tashkiloti) ko‘rsatiladigan pulli xizmatlardan olinadigan daromadlarning bir qismi;

yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.

Belgilab qo‘yilsinki, Ko‘maklashish jamg‘armasining mablag‘lari quyidagi maqsadlarga sarflanadi:

Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar xodimlariga ustamalar, mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar to‘lash;

fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy ekspertlar va xorijda yashaydigan vatandoshlarni Vazirlikda ishlash uchun jalb etish;

Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar balansidagi bino va inshootlarni saqlash, ulardan foydalanish, ularni qurish va ta’mirlash, zarur anjomlar, shu jumladan mebel, aloqa, kompyuterlar va boshqa vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish;

Vazirlik xodimlarini, shu jumladan xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida o‘qitish, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish;

Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

Vazirlik xodimlariga mamlakatda va xorijdagi xizmat safarlari xarajatlarini to‘lab berish;

Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlar;

v) 2019-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilsin

Quyidagilar Rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasini moliyalashtirish uchun har yili nazarda tutiladigan mablag‘larning kamida 6 foizi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari;

jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;

Rivojlantirish jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan tushadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.

Belgilansinki, Rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari quyidagi maqsadlarga sarflanadi:

umumta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shu jumladan zarurat bo‘lganda o‘quv korpuslarini o‘quv ustaxonalari va laboratoriyalar tashkil etgan holda kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;

zamonaviy talablarni hisobga olgan holda va tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib, umumta’lim muassasalarini eng yangi o‘quv-laboratoriya, ilmiy va ishlab chiqarish uskunalari, musiqa asboblari, sport uskunalari va anjomlari, kompyuter texnikasi hamda o‘quv axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa elementlari, shuningdek, o‘quv mebeli va anjomlari bilan jihozlashni (qo‘shimcha jihozlashni) moliyalashtirish;

uning ijroiya direksiyasini Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan yillik xarajatlar smetasiga muvofiq ta’minlash.




Download 177,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish