2-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ta’lim tizimiga oid Farmon va Qarorlarining tahlili


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari



Download 177,5 Kb.
bet16/20
Sana31.12.2021
Hajmi177,5 Kb.
#252067
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2=mavzu

2.2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oliy va o‘rta mahsus ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya jarayonlarini tartibga solishga qaratilgan bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib ular jumlasiga kiradigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlarini ko‘rib chiqamiz.



1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-son qarori.

Umumiy o‘rta ta’limga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, umumiy o‘rta ta’limning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2017-yil 15-mart kuni 140-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqladi. Ushbu nizom 10 ta bob, 85 banddan iborat.

1-bob. Umumiy qoidalar (1-7 modda)

2-bob. Umumiy o‘rta ta’limning maqsadi va vazifalari (8-10 modda)

3-bob. Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish (11-23 modda)

4-bob. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni (24-38 modda)

5-bob. Umumta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish (39-49 modda)

6-bob. O‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish (50-54 modda)

7-bob. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish (55-59 modda)

8-bob. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarish (60-69 modda)

9-bob. Moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti (70-80 modda)

10-bob. Yakuniy qoidalar (81-85 modda).

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish va umumiy o‘rta ta’lim faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi va ushbu Nizom talablari barcha umumta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Umumta’lim muassasasining ustavi belgilangan tartibda tasdiqlanadi va umumta’lim muassasasi mahalliy davlat hokimiyati organida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Umumta’lim muassasalarining namunaviy ustavi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son Qaroriga asosan quyidagilar Konsepsiya va Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan aholi, ayniqsa yoshlar tarbiyasi bilan bog‘lik vazifalarni samarali amalga oshirish, ularni tinch-osoyishta hayot uchun eng zarur tayanch kompetensiyalar bilan ta’minlash;

ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;

tarbiya jarayonida uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda avvalo, onaning homiladorlik davrini to‘g‘ri tashkil etish, go‘daklar va bolalarni ma’naviy tarbiyalash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilash;

yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish;

homiladorlik davridan boshlab 30 yoshgacha davom etadigan uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda ota-ona, tarbiyachi, o‘qituvchi, uzluksiz ta’lim muassasalari va mahalla jamoatchiligining o‘zaro samarali hamkorligi mexanizmini ishlab chiqish va hayotga joriy etish;

aholining farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma’naviy tarbiyaning jahon tajribasida sinovdan o‘tgan samarali pedagogik texnologiyalari, usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish;

ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali tarqatilayotgan g‘arazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar, yoshlarni zalolatga boshlovchi buzg‘unchi g‘oyalarga karshi sog‘lom dunyokarashni shakllantirish;

uzluksiz ma’naviy tarbiyani tashkil etishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va xususiy sektorning hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Konsepsiyaning maqsadi — yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat.

Uzluksiz ma’naviy tarbiya:

davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari;

ta’lim sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar;

davlat boshqaruvi organlari, jamoatchilik tashkilotlari, mahalla va oila institutlari orqali joriy etiladi.

Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:


Download 177,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish