2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN RO’YXATGA OLINGAN



Download 268,63 Kb.
bet50/87
Sana18.07.2022
Hajmi268,63 Kb.
#819791
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   87
Bog'liq
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y. (1)

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN RO’YXATGA OLINGAN


13.07.1999 y.

N 773


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI TOMONIDAN TASDIQLANGAN 22.05.1999 y.

(10/4-bayonnoma) N 290




O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi

HISOBVARAQLARI REJASI


Yangi taxriri O’zR AV 13.08.2004 y. 773-17-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Boshqaruvining Qaroriga muvofiq tasdiqlangan


(Kiritilgan 1-11-son Qo’shimcha va o’zgartirishlar bilan)

Mazkur Rejaga quyidagilarga muvofiq o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan: O’zR AV 01.11.2001 y. 773-12-son bilan ro’yxatga olingan Qo’shimchalar, O’zR AV 08.02.2002 y. 773-13-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Qarori, O’zR AV 07.06.2003 y. 773-14-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Qarori, O’zR AV 29.09.2003 y. 773-15-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Qarori, O’zR AV 16.03.2004 y. 773-16-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Qarori



  1. Hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi

  2. Hisobvaraqlar ro’yxati

  3. Hisobvaraqlar ta’rifi (Aktivlar. Majburiyatlar)

  1. Hisobvaraqlar ta’rifi (Kapital. Daromadlar. Xarajatlar. Ko’zda tutilmagan holatlar.)
    1. HISOBVARAQLAR REJASINING UMUMIY TAVSIFI


Tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”, “Bank va banklar faoliyati to’g’risida”gi qonunlari, Markaziy bankning 1996 yil 13 noyabrdagi 290-sonli “Tijorat banklarining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi”, unga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar hamda boshqa me’yoriy hujjatlar talablari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, u O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil etishning yagona metodologik asoslarini belgilab beradi.


Tijorat banklari tomonidan buxgalteriya hisobi ular O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda yuritiladi.
Tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshrishda va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishda Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga va amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilishlari lozim.
Mazkur hisobvaraqlar rejasi Markaziy bank me’yoriy hujjatlarida bank operatsiyalarini aks ettirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalari hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo’llanadigan Bosh kitob hisobvaraqlarini ro’yxatidan iboratdir.
Tijorat banklarining hozirgi vaqtda amalga oshirilishi mumkin bo’lgan barcha operatsiyalari turi hisobvaraqlar rejasiga kiritilgan. Hisobvaraqlar rejasi tijorat banklari tomonidan faqat Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va amaldagi qonunchilik doirasidagi bank operatsiyalarini aks ettirish uchun foydalanilishi lozim.
Tijorat banklarining buxgalteriya hisobvaraqlari rejasi buxgalteriya hisobining ko’p valyutali tizimiga asoslangan bo’lib, chet el valyutasidagi operatsiyalar belgilangan tartibda hisobga olinishi mumkin bo’lgan barcha hisobvaraqlarda xorijiy valyutadagi operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi bo’yicha sintetik hisobni yuritish uchun-alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun esa yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta bo’yicha yordamchi kitoblardagi summalar yig’indisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar yig’indisiga mos kelishi kerak. Bank tomonidan amalga oshiriladigan har bir operatsiya tegishli valyuta turi bo’yicha Bosh va yordamchi kitoblarda ro’yxatga olinishi kerak. Hisobot sanasi holatiga ko’ra Bosh kitoblarning xorijiy valyutalar bo’yicha jami summalari milliy valyutaga o’tkaziladi va hisobot davri davomida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo’yicha bankning jamlanma (konsolidirovan) balansi tuziladi.
Hisobvaraqlarni kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan:

  • hisobvaraqlarning Bosh va yordamchi kitoblarda joylanishini engillashtirish;

  • hisobvaraqlarni bir tizimda tasniflash va guruhlashga yordam berish;

  • hisob jarayonlarini avtomatlashtirishni engillashtirish;

  • operatsiyalar yozuvini tezlashtirish.

Balans hisobvaraqlarining Bosh kitobda kodlashtirilish tizimi quyidagi sxema
bo’yicha beshta belgidan iboratligi qabul qilingan:




Download 268,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish