6§. Plastik kartochkalar
Plastik kartochka – bu umumlashtirilgan termin bo’lib, u hamma tur kartochkalarni bajaradigan funktsiyalari, ularning biror-bir belgilanishi, texnik imkoniyatlarini umumlashtirilgan xolatdir. Hamma turdagi kartochkalarning asosiy xususiyatlari shundaki, bunda alohida axborot jamlanmasi va alohida yordamchi dasturlardan foydalanadi.
Shunday qilib, plastik kartochka - bu shaxsiy to’lov vositasi bo’lib, uni kartochkadan foydalanuvchi shaxs mahsulot va xizmatlar uchun naqd pulsiz to’lovni amalga oshirishi uchun taqdim etadi, shuningdek banklar va bankomatlardan naqd mablag’larni olish uchun ishlatiladi.
To’lov kartochkalari ishlatilishi vaqtida yuzaga keluvchi to’lov majburiyatlarini bajarilishini kartochkani chiqargan bank emitent kafolatlaydi. Shuning uchun kartochkalar o’zining amal qilish muddati davomida bankning mulki bo’lib qoladi, mijozlar uni faqatgina foydalanish uchun oladilar .
Kartochkani mijozga berilishi vaqtida uning shaxsiylashtirilishi amalga oshiriladi unga ma’lumotlar kiritiladi. Bu ma’lumotlar kartochkani va uning egasini identifikatsiya qiladi, shuningdek to’lov va naqd pul berilishi vaqtida kartochkalar to’lovga layoqatliligini tekshirishga yordam beradi .
Kartochkadan foydalanish jarayonida sotuvning tasdiqlanishi va kartochka bo’yicha naqd pul berilishi avtorizatsiya deyiladi. Avtorizatsiyani amalga oshirish uchun xizmat ko’rsatuvchi nuqtalar to’lov tizimiga kartochka egasining xuquqlari va moliyaviy imkoniyatlarini tasdiqlash uchun so’rov yuboradi.
Avtorizatsiyaning o’tkazilishi to’lov tizimiga kartochka turiga va xizmat nuqtasining texnik jihozlanishiga bog’liq. Odatda avtorizatsiya qo’lda bajariladi. Bunda sotuvchi yoki kassir telefon orqali operatorga so’rov yuboradi yoki avtomat tarzda kartochka POS - terminalga o’rnatiladi. Ma’lumotlar kartochkadan hisoblanib kassir tomonidan to’lov summasi kiritiladi. Kartochka egasi tomonidan esa maxsus klaviatura orqali maxfiy pin kod (PIN personalniy identifikatsionniy nomer) kiritiladi. Bundan so’ng terminal avtorizatsiyani yo to’lov tizimining ma’lumotlar bazasi bilan ulangan holda (on – line rejimi) yoki kartochkaning o’zi bilan qo’shimcha ma’lumot almashinish (of - line rejimi) bilan amalga oshiradi.
Hisob-kitob vaqtida kartochka egasi bir qancha limitlar bilan chegaralanadi.
Misol uchun, debet kartochka egasi o’z schyotiga oldindan mablag’ kiritishi lozim. Mablag’lar hisobiga karab kartochka egasining limiti aniqlanadi. Ya’ni mijoz o’z kartochkasidagi mablag’lar chegarasida harakat qilishi lozim va hisobidagi mablag’larni to’ldirib turishi mumkin.
To’lovning ta’minlanishi uchun kartochka egasi oldindan o’z hisobiga mablag’ kiritmasdan, kredit olishi mumkin. Kredit kartochkani chiqargan bank emitentdan oladi. Bunday kartochka kredit kartochkasi deb ataladi. Bu holda limit taqdim etilgan kreditning summasiga bog’liq bo’ladi. Kredit bir martalik yoki qayta tiklanadigan bo’ladi. Kreditni qayta tiklash qarzdorlik summasini hammasini yoki uning ma’lum bir qismini to’lagandan so’ng amalga oshiriladi.
Bu ikkala kartochka ham o’z navbatida korporativ kartochka bo’lishi mumkin. Korporativ kartochkalar kompaniya tomonidan o’z ishchilariga komandirovka va ish
safarlari xarajatlarini qoplash uchun taqdim etiladi
Oilaviy kartochkalar - bunda kartochka bilan foydalanish xuquqi kartochka egasining oila a’zolariga ham taqdim etiladi. Bunda har bir oila a’zosiga alohida kartochka taqdim etiladi .
Kartochkani chiqaruvchi bank emitent deb ataladi. Emitent bank kartochkaning chiqarilishi, uning to’lov vositasi sifatida ishlatilishi bilan bog’liq moliyaviy majburiyatlarining bajarilishini kafolatlaydi. Lekin savdo va xizmat ko’rsatish korxonalari tomonidan qabul qilinishini ta’minlamaydi. Bu masalalarni bank ekvayer bajaradi va savdo nuqtalari bilan kartochka o’rtasidagi amalga oshiriladigan operatsiyalarni bajaradi. Avtorizatsiya uchun talablarni ko’rib chiqadi. Savdo nuqtalari hisob-kitob schetiga tovar va xizmatlar uchun to’lovlarni o’tkazib beradi, hujjatlarni qabul qilish, ajratish va yuborish bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari, bank ekvayer o’zida va o’z bo’limlarida o’rnatilgan bankomatlar orqali naqd pul berilishini amalga oshiradi.
Shuni ko’rsatib o’tish kerakki, bank ekvayerning asosiy funktsiyalaridan biri xizmat ko’rsatish nuqtalariga hisob-kitob va to’lov amalga oshirishidir.
Barcha to’lovlar ma’lum bir to’lov tizimi asosida amalga oshiriladi. Plastik kartochkalarning to’lov jarayonida ma’lum bir standartga asoslanishi va uni amalga oshiruvchi sub’ektlar va usullar barchasi to’lov tizimini tashkil qiladi.
To’lov tizimining yaratilishida asosiy vazifalardan biri tizim tarkibiga kiruvchi emitentlarning kartochkalariga xizmat kursatish qoidalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, o’zaro hisob-ktoblar va to’lovlarni amalga oshirishdir. Bu qoidalarga kartochkalar bo’yicha operatsiyalarni texnik tomonini qamrab olib berilgan ma’lumotlar standarti avtorizatsiya va boshqalar, shuningdek moliyaviy tomonlari savdo va xizmat ko’rsatish nuqtalari bilan o’zaro hisob-kitoblar, banklar o’rtasidagi hisob-kitob qoidalari, tariflar va boshqalar kiradi.
To’lov tizimi yaxshi rivojlanishi uchun kartochkalarga xizmat ko’rsatishda texnik qo’llab-quvvatlashni amalga oshiruvchi nomoliyaviy tashkilot protsessini va kommunikatsiya markazlari texnik xizmat ko’rsatish markazlari va boshqalar muhim. Protsessing markazi - bu maxsus xizmat ko’rsatuvchi tashkilot bo’lib, ekvayerlardan kelib tushuvchi avtorizatsiya uchun talablar va o’zida kartochka bilan amalga oshgan to’lovlar va naqd pul berilgan ma’lumotlarni aks ettiruvchi protokollarni qabul qildi. Buning uchun markaz ma’lumotlar bazasini olib borib unda
to’lov tizimi a’zolari va kartochka egalari aks ettirilgan.
Agar bank emitent o’zida bazasi bo’lmasa (of-line bank) markaz o’zida kartochka egalarining limitlari haqida ma’lumot va avtorizatsiya uchun talablarni bajaradi. Aks holda (on-line bank) protsessing markazi qabul qilingan talabni bank emitentga yuboradi.
Markaz shuningdek, bank ekvayerga ham javobini yuboradi. Bundan tashqari bir kunda yig’ilgan tranzaktsiya protokollari asosida protsessing markazi to’lov tizimining ishtirok etuvchi banklari o’rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun oxirgi ma’lumotlarni yig’adi va tarqatadi. Shuningdek protsessing markazlari bank emitentlarning boshqa yangi kartochkalariga bo’lgan talabini qondirishi mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, rivojlangan to’lov tizimi bir qancha protsessing markazlariga ega bo’lishi mumkin ularning rolini bank ekvayerlar ham bajarishi
mumkin.
Kommunikatsiya markazlari to’lov tizimi sub’ektlariga ma’lumotlarni tarqatuvchi tarmoq dasturni ta’minlaydi.
Plastik kartochkalarni o’z xususiyatlari va funktsiyalariga qarab quyidagi turlarga bo’linishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |