1.3 Eshituvi past bolalarning sensor va intellektual rivojlanishi
Eshitish qobiliyati Zaif eshituvch bolalarning eshituv qobilyati turli darajada pasaygan bo’ladi. Ba'zilari quloq suprasi yonida aytilgan gaplashish balandligidagi ovozga munosabat bidiradi, biroq eshitganini takrorlab bera olmaydi. Boshqalari 6 metrdan uzoqroq masofadan gaplashish balandligidagi ovozni qabul qilib shivirlagan ovozni eshitmaydilar. Maktabgacha davrda zaif eshituvchi bolalarning eshitish qobiliyati maxsus o’rgatishsiz ham muayyan darajada rivojlanib boradi.1-2 yoshli bolalarning 6,6%,6-7 yoshli bolalarning 66,7% quloq suprasi yonida chiqarilgan gaplashish balandligidagi ovozga munosabat bildiradi. Xuddi shunday 1-2 yoshli bolalaring 2% shivirlagan nutqqa munosabat bildiradi, keyingi yillarda shivirlagan ovozni idrok etadigan bolalar soni keskin ortib boradi. Eng muhimi, aksariyat zaif eshituvchi bolalalar yaxshi eshitish qoldiqlariga ega bo’lsalar da, ko’p vaqtgacha ulardan foydalana olmaydilar. Nutqqa munosabat bildirmagani, uni tushunmagani uchun ular kar bolalarga o’xshab ketadi. Ba'zilari esa eshitish qoldiqlaridan yaxshi foydalanadi, ularning lug’at boyligi ortib boradi. Zaif eshituvchi bolalar o’rtasidagi bu tafovut bolalarni yashash sharoitlari, jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi hususiyatlar va boshqa sabablar bilan boqliqdir. Ba'zi yaxshi eshitish qoldiqlariga ega bo’lgan zaif eshituvchi bolalar kundalik hayotda, muomalada xuddi eshitadigandek o’xshaydi. Shu bilan birga ular shivirlagan nutqni idrok etmaydi, oqibatda nutqda turli nuqsonlar vujudga keladi. Ko’pincha bunday bolalarga eshitish me'yorida bo’lgan nutq kamchiligiga ega deb, yoki psixik rivojlanishi sust bolalar degan tashxis qo’yiladi. Ilk davrda zaif eshituvchi bolalarning sensor va aqliy rivojlanishi
Zaif eshituvchi bolalarda ovozni sezish,unga munosabat bildirish nisbatan kechroq rivojlanganligi sababli,ilk maktabgacha davrda ular kar bolalarda farq qilmaydi. Ilk davrda zaif eshituvchi bolalarda xuddi karlardagidek gavdani tik tutish, uzoq masofani idrok etish, predmetlarni qo’lga olish va ushlash, ular bilan xatti-harakat qilish sustroq kechadi. Eshitish qobiliyati pasaygan bolalarda ovoz manbaini, ko’rinmayotgan predmetni ko’z bilan qidirib topish qobiliyati shakllanmaydi. Ona ovozini idrok eta olmasigi oqibatida muloqat tanqisligi vujudga keladi. Predmetli amaliy faoliyati, narsalardan maqsadli foydalanish, harakatlar moslashuvi, taqlidchilik qobiliyati kar va zaif eshituvchi bolalarda bir xil rivojlanadi. Maktabgacha yoshidagi zaif eshituvchi bolalarning sensor va aqliy rivojlanishi 4 yoshgacha kar va zaif eshituvchi bolalarning rivojlanishida deyarli farq bo’lmaydi. 4 yoshdan katta zaif eshituvchi bolalarda karlarga nisbatan muayyan afzalliklar paydo bo’ladi. Sensor va aqliy vazifalarni bajarish paytida zaif eshituvchi bolalar mo’ljal olishda karlarga nisbatan yuqori saviyadagi usullardan foydalanadi. 5 yoshdan kattaroq bolalarda bu qobilyat yaqqol namoyon bo’ladi. Kar va zaif eshituvchi bolalar o’rtasidagi farqi predmetlar hususiyatlarini farqlash, namunaga ko’ra predmetni tanlash kabi oddiy vazifalarni bajarishda ko’rinmaydi. Biroq fazoda mo’ljal olish, umumlashtirish tushunchalarining taraqqiy etishini talab qiladigan murakkabroq topshiriqlar bajarish jarayonida kar va zaif eshituvchi bolalar farqi ko’rinadi. Bu topshiriqlar orasida qirqilgan rasmlarni yig’ish, predmetlarni guruhlash, labirintlardan o’tish, qatordagi predmetni o’rnini topish kabi vazifalar o’rin olgan. 4-5 yoshli bolalar predmetli rasmlarni chiza oladi.
Zaif eshituvchi bolalar harakatlarining rivojlanishi. Eshitish qobiliyati tug’ma va ilk yoshda pasayishi, vestibulyar apparatining faoliyatining buzilishi bu bolalarda (statik) gavdani tutish, (lokomotor) harakatlarning orqada qolishiga olib keladi. Ular, xuddi kar bolalardek boshni va gavdani tutish, o’tirish, turish, yurishni kechikibroq o’rganadi.1 yoshu 2 oy -bir yoshu 4 oylik zaif eshituvchi bolalarning rivojlanishi kompensasiyalanib, eshituvchi bolalar rivojlanishiga yetadi. Ilk davrda zaif eshituvchi bolalarning yurish, turishida turg’unsizlik, muvozanatni saqlash, harakatlar boshqaruvida qiyinchiliklar kuza-tiladi. Ko’p zaif eshituvchi bolalarda qonning rezus omillarining mos kelmasligi uchraydi. Bunday bolalarda harakatlarning buzilishi yaqqol ko’zga tashlanadigan bo’lib, bolalarning o’yiniga, erkin harakatlariga o’ziga o’zi xizmat ko’rsatishiga halal bermasa ham, ba'zan maktabgacha davr mobaynida saqlanib qoladi. Rezus omillari mos kelgan zaif eshituvchi bolalarning harakatlari ko’rinishdan risoladagidek bo’ladi. harakatlar moslashuvi, qo’l harakatlaridagi yetishmovchiliklar ko’zga tashlanmasada diqqat bilan ko’zatilganda, turli faoliyatlar jarayonida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |