Tibbiy-psixologik turda ko‘riladigan hamma nutqiy buzilishlarni
quyidagi ikki yirik guruhga ajratish mumkin:
1) og‘zaki nutqning buzilishi;
2) yozma nutqning buzilishi.
Og‘zaki nutqning buzilishi o‘z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:
1) nutq ifodalanishi fonasion tuzishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi;
2) fikr strukturali-semantik (ichki) tuzilishi (nutqning tizimli yoki polimorf)ning buzilishi
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikasiyalash uni pedagogik
jarayonda qo‘llashga yo‘naltirilgan bo‘lib, bolalar jamoasi bilan nutqiy nuqsonlarni tuzatishga yo‘naltirilgan korreksion-rivojlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatish metodlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikasiyalashga ko‘ra nutqning buzilishi quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
1. Muomala vositalari (fonetik-fonematik va nutqning umumiy rivojlanmaganligi)ning buzilishi.
2. Muomala vositalarini qo‘llashdagi buzilishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |