1–9 sinflar toshkent 2010



Download 1,7 Mb.
bet19/27
Sana08.02.2017
Hajmi1,7 Mb.
#2084
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27

Musiqiy savodxonlik


5- va 6-sinflapda olingan bilim va malakalarni mustahkamlash. Ovoz diapazoniga mos mashq va qo`shiqlarni nota yozuviga qarab kuylash. Major va minor uchtovushliklarini kuylash. Intervallar haqida tushunchaga ega bo`lish. Qashqadaryo-Surxondaryo va Samarqand-Buxoro, Farg`ona-Toshkent hamda Xorazm vohalari mahalliy ijro uslublari haqida tassavurga ega bo`lish. Har bir vohaning o`ziga xos janrlarini bilish.
2- CHORAK (7 soat)

Mavzu: «Maqomlar haqida umumiy tushuncha».

Musiqa tinglash

Maqom cholg`u yo`llari.

Buxoro «Shashmaqom»idan:

1. Tasnifi Buzruk

2. Garduni Buzruk

3. Tarjei Navo

4. Samoi Dugoh

5. Tasnifi Rost

Farg`ona-Toshkent maqom yo`llari:

1. Munojot (1-4)

2. Segoh (cholg`u yo`li)

3. Cho`li Iroq

4. Abdurahmonbegi

5. Nasrulloi 1

Xorazm maqomlaridan:

1. Peshravi Gardun

2. Foxti-zarb - Dugoh maqomidan

3. Peshrav-Segoh maqomidan

(Tanlab olgan holda)

Ashula yo`llari:



  1. «Nasrulloyi»(Buzruk maqomidan)

  2. «Mog`ulchai Buzruk»

  3. «Qashqarchai Mo`g`ulchai Buzruk»

  4. «Soqiynomai Mo`g`ulchai Buzruk»

  5. «Mo`g`ulchai Dugoh»

  6. Dugoh Husayniy

  7. Segoh (ashula yo`li)

  8. Toshkent Iroqi

  9. Ushshoq («Qora ko`zim»)

  10. Maqomi Navo, tarona

  11. Suvora –Dugoh maqomidan

  12. Suvorai Segoh – Segoh maqomidan

  13. Panjgohi Buzruk – Buzruk maqomidan

  14. Muhammasi Bayot – Navo maqomidan

(Tanlab olgan holda)

Jamoa bo`lib kuylash

1. «Yoshlik zavqi» Q.Saidmurodov she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

2. «Ona tilim, o`zbek tilim» P.Mo`min she`ri, F.Alimov musiqasi.

3. «Soqiynomai Savti Kalon» Bobur g`azali.

4. «O`zbegimdan aylanay» H.Rahmat she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

5. «Toshkent shahrim» H.Rahmat she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.

6. «Yoshlik qo`shig`i» K.Yashin she`ri, (Savti munojot kuyi).

Musiqiy savodxonlik

Intervallar, lad va tonallik haqidagi bilim va malakalarni amaliy mashg`ulotlarda mustahkamlash. Maqom san`ati haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish. Buxoro shashmaqomi, Farg`ona - Toshkent maqom yo`llarining o`ziga hosligini bilish.

Xorazm vohasidagi maqomlarning usullari va kuy, ohanglari, ularning mahalliy uslubida ijro etilishi, maqomlardan farqlanishini bilish.
3- CHORAK (10 soat)

Mavzu: «O`zbek musiqasi san`atining jahon musiqa san`ati rivojida tutgan o`rni»

Musiqa tinglash

1. «Tokkata va fuga» I.S.Bax asarlaridan parchalar

2. «Yil fasllari» Vivaldi asarlaridan parchalar

3 I.Gaydn yaratgan sonatalardan parchalar

4. V.A.Motsartning «Figaroning uylanishi» operasidan parcha (Uvertyura, ariya va Figaro kavatinasi) va boshqalar

5. L.Betxoven 14-sonatasi, 9-simfoniya (parchalar)

6 F.Shubert «Ave Mariya», «Serenada».

7. «Karmen» operasidan parchalar, J.Bize musiqasi (parchalar)

8. M.Ashrafiyning «Dilorom» operasidan parchalar

9. S.Yudakovning «Maysaraning ishi» operasidan parchalar

10. T.Jalilov, B.Brovsinlarning «Tohir va Zuhra» operasidan parchalar

11. T.Sodiqov, B.Zeydman, Yu.Rajabiy va D.Zokirovlarning «Zaynab va Omon» operasidan parchalar

12. A.Xachaturyanning «Gayane» baletidan parchalar
Jamoa bo`lib kuylash

1.«Onajonim» Sh.Sa`diy she`ri, Q. Mamirov musiqasi.

2. «Yoshligim» O`zbek xalq qo`shig`i. Sh.Yormatov va D.Omonullayev qayta ishlagan

3.«O`lkamga bahor keldi» T.Niyoz she`ri, Q.Mamirov musiqasi.

4.«Bahor sarvinoz» Q.Mamirov musiqasi, M.Turobova she`ri.

5.«Keng Turkiston» N.Norxo`jayev musiqasi, P.Mo`min she`ri.

6. «Terimda» F.Nazarov musiqasi, U.Rashid she`ri.

7. «Yoshlik yo`llari chaman» K.Kenjayev musiqasi, X.Muhammad she`ri

8. «Ergash qo`shig`i», «Zaynab va Omon» operasi (parchalar)

Musiqiy savodxonlik

Musiqiy tahlil; musiqaning ifoda vositalari; musiqa janrlari, turlari va usullari; musiqa asboblari tarixi va ularning ijrochilari; turli musiqiy usullarga qaysi kuylar mos tushishiga doir topishmoqli-mashg`ulotlar o`tkazish. Olingan bilim va ko`nikmalarni mustahkamlash.



4-CHORAK (8 soat)
Mavzu: “O`zbekistonning musiqa madaniyati”

Musiqa tinglash

O`zbek xalq musiqalaridan, o`zbek bastakor va kompozitorlarining mustaqillik yillarida yaratgan asarlaridan, jiddiy va yengil zamonaviy musiqa namunalaridan, teatr, kino va TV musiqasidan o`qituvchi va o`quvchi ixtiyoriga ko`ra asarlar tinglash.


Jamoa bo`lib kuylash

1.«O`z yurtingni sayr etsang» F.Alimov musiqasi

2.«Yurtga sadoqat» H.Rahimov musiqasi, S.Barnoyev she`ri

3. «Navro`z qo`shig`i» P.Abdullayev musiqasi.

4.«Yoshlik deydi» N.Norxo`jayev musiqasi, P. Mo`min she`ri

5. «Bahor madhi» N. Norxo`jayev musiqasi, P.Tolib she`ri

6. «Vatanginam» A. Mansupov musiqasi, P. Mo`min she`ri

7. «To`ylaring muborak» H.Inog`omov musiqasi, N.Narzullayev she`ri


Musiqiy savodxonlik

O`zbekitonda hozirgi kunda musiqiy jarayon haqidagi umumiy tushunchalarga ega bo`lish. Yil davomida olingan bilim va ko`nikmalarni mustahkamlash.



Jismoniy tarbiya fanidan

Davlat ta`lim standarti

O`quvchilar sog`lomlashtirish va jismoniy tarbiyaga oid quyidagi bilim, ko`nikma va malakalarni egallashlari shart:



- saflanish, yugurish, uzunlikka va balandlikka sakrash, muvozanat saqlash, osilish va tayanish mashqlarini bajara olish;

  • harakatli o`yinlarni va sport o`yinlaridan biror turini o`ynay olish;

- jismoniy tarbiya bo`yicha mustaqil mashg`ulotlar o`tkazish uchun zaruriy bilimga ega bo`lish;

  • o`zini o`zi jismoniy jihatdan nazorat qilishning asosiy ko`nikmalariga ega bo`lish;

  • organizmning asosiy sistemalariga jismoniy mashg`ulotlarni ta`sirini bilish;

  • uzoq davom etadigan yugurishda o`zini o`zi nazorat qilish usullaridan foydalana olish;

- chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashqlarni mustaqil bajarish qoidalarini bilish va ularga amal qilish;

  • saflanish mashqlarini bajara olish;

- 100 metrgacha bo`lgan masofaga yugurish, 60-100 metr masofaga bosqich bilan estafetali yugurish, 2 km masofaga noteks joylar bo`ylab, bir me`yorda sekin yugurish mashqlarini bajara olish;

  • yugurib kelib uzunlikka «Oyoq bukish» usulida sakrash mashqini bajara olish;

  • gimnastika, umumrivojlantiruvchi mashqlar va sodda akrobatika mashqlarini bajara olish.

I. Jismoniy tarbiya ta`limining maqsadi va vazifalari

O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi qonuniga ko`ra (7-modda) davlat ta`lim standarti davlatning ta`lim sohasida o`z fuqarolari oldidagi va har bir fuqaroning davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlarini aks ettiradigan asosiy hujjatlardan biridir.

Ta`lim-tarbiya muassasalarida ta`lim uzluksizligi davomida tegishli saviyani ta`minlovchi Davlat ta`lim standarti har bir shaxsga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va shaxsiy muammolarni hal etishga to`laqonli kirishish imkoniyatini beradi.

Ta`lim muassasasida jismoniy tarbiya fanining maqsadi-o`quvchilarning sog`ligini saqlash va mustahkamlash, jismoniy sifatlar va imkoniyatlarini rivojlantirish, ularda jismoniy madaniyat asoslarini shakllantirishni kafolatlovchi shart-sharoitlar yaratib berishga majburdir.

Umumiy o`rta ta`lim uchun jismoniy tarbiya fani bo`yicha Davlat ta`lim standarti Jismoniy tarbiya fani mazmuniga, o`quv yuklamasi hajmiga (o`quv rejasidagi o`quv soatlari), majburiy jismoniy tayyorgarlik darajasiga (jismoniy sifatlarning rivojlanishi, harakat, malaka va ko`nikmalarning shakllanishi), kun, hafta, yil davomidagi harakat tartibining majburiy hajmiga; o`quvchilarning nazariy tayyorgarligiga (jismoniy tarbiya, gigiena, shifokor nazorati, sport tibbiyoti, o`z-o`zini nazorat va boshqalar) qo`yiladigan talablar yig`indisini belgilab beradi.

Mazkur standart o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalari, shuningdek, shaxsning asosiy ma`naviy, axloqiy va jismoniy sifatlari doirasini tartibga soladi; o`quv tarbiya jarayonida miqdoriy va sifat jihatdan baho berish tartibi va usullarini ko`rsatadi.

Jismoniy tarbiya ta`limining asosiy vazifalari:

- jismoniy madaniyat ta`limning darajasiga mosligi va barcha uchun barobarligini ta`minlash;

- jismoniy tarbiya mazmunining xalqaro mezonlarga mosligini ta`minlash, jismoniy tarbiya va sport sohasida o`quvchilarni jismoniy imkoniyatlari va bilimlariga ko`ra jahon darajasiga olib chiqish;

- jismoniy tarbiya va ta`lim jarayonini ijtimoiy-davlat yo`li bilan tartibga solish;

- turli yo`nalishlarda jismoniy tarbiya va ta`lim jarayonini nazorat qilish va boshqarish;

- ta`limni insonparvarlashtirish;

- jismoniy tarbiya ta`limi sifatini oshirish.

Jismoniy tarbiya o`quvchilar sog`ligini saqlash va mustahkamlash, asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish, hayotiy zarur harakatlar, malaka va ko`nikmalarni shakllantirish, o`z-o`zini jismoniy takomillashtirish istak va ehtiyojlarini shakllantirish, jismoniy madaniyat sohasida ijobiy qiziqishlarni o`stirish faoliyatida asosiy bo`g`in hisoblanadi.

II. Jismoniy tarbiya fanining tarkibi

Jismoniy tarbiya fani umumiy o`rta ta`limda quyidagilardan tarkib topadi:

1. Jismoniy tarbiya darslari:

- maktabda jismoniy tarbiya va ta`limning asosiy shakli. Ularning miqdori tayanch o`quv jismoniy rejasida haftasiga 2 o`quv soati hisobidan belgilangan.



2. Harakat faoliyatining darsdan tashqari shakllari:

- darsdan oldin o`tkaziladigan gimnastika, umumiy o`rta ta`lim darslarida jismoniy tarbiya daqiqalari va pauzalar, uzaytirilgan tanaffuslardagi dinamik pauzalar, ko`ngilochar harakatli o`yinlar.
3. Jismoniy mashg`ulotlarining sinfdan tashqari shakllari:

- sport to`garaklari, fakultativlar, o`quvchilar qiziqishiga qarab ochilgan to`garaklar va boshqalar.

4. Umummaktab tadbirlari:

- bayramlar, sport turlari bo`yicha musoboqalar, spartakiadalar, viktorinalar va boshqalar;


5. Mustaqil mashg`ulotlar:

- ko`pincha uy vazifalarini bajarish tarzida, bolalar va o`smirlar sport maktabi sport sho`balaridagi mashg`ulotlar. Safarlar, o`yinlar va boshqalar.

Mashg`ulotlarning barcha shakllari haftasiga boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun 8-10 soat, 5-9 sinf o`quvchilari uchun 10-12 soat harakat tartibini ta`minlab berish kerak.

Belgilangan hajm o`quvchilarning ko`rsatilgan guruhlari uchun yetarli darajada zarur va minimal darajada majburiydir. Nosog`lom, jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi past darajali o`quvchilar uchun maxsus (individual-differensial) rejim o`rnatiladi.


III. O`quvchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasini belgilovchi bilim, ko`nikma malakalar

1-sinf

Bilimlar:

- ertalabki oddiy gimnastik mashqlari elementlarini bilish;

- yakkama-yakka, bittadan, juft-juft, ikkitadan bo`lib qisqa masofaga yurish va yugurishlarni bilish;

- kalta arqonlar, arg`amchilardan sakrash, baland bo`lmagan gimnastik to`siqlardan «Chuqurcha»ga sakrash, aniq nishonga uloqtira olish;

- turli to`siqlardan, gimnastik o`rindiqdan va shuningdek, gimnastik devorlarga tirmashish (yuqoriga, pastga) mashq elementlarini bilish;

- qomatni to`g`ri tutib yurish, oyoq uchida yurish, signal bo`yicha to`xtash bilan yurish, sekin va tez yurish mashqlarini bajara olish;

- milliy raqs harakatlarini o`rganish va raqsga tushishni bilish;

- gimnastik narvonda qo`llarda osilib turishni, shu holatda tizzalarni ko`tarib tushirishni, past turnikda bir va ikki qo`lda osilib turishlarni bajarishni bilish;

- quvnoq harakatli o`yinlarni gimnastik gardishlar, to`ldirma to`p va boshqa sport anjomlari bilan bajarishni bilish;

- milliy raqs harakat elementlarini bajarishni bilish;

- «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus test sinovlarini topshirish.

Ko`nikmalar:

- buyruq va signal bo`yicha to`xtash, to`xtab oyoq uchida, tovonda yurish mashqlarini bajarish;

- arg`amchidan sakrash, 30-40 sm balandlikdan pastga sakrash bilan yumshoq qo`nish mashqlarini bajarish;

- gimnastik narvon qiya qo`yilgan gimnastik o`rindiq ustidan yuqoriga tirmashib chiqish va pastga tushishni, gimnastik devorga tirmashib chiqish va gimnastik narvonningg 3 ushlagich tayoqchasidan yengil pastga sakrab tushish mashqlarini bajarish;

- 30 metr masofaga juft-juft, guruh bo`lib tez yugurish mashqlarini bajarish;

- turgan joyidan va yugurib kelib uzunlikka sakrashni, 2 daqiqa davomida asta-sekin yugurish, yurishni-yugurish bilan almashlab yugurish hamda yugurish elementlari bilan o`yin mashqlari, «Kim kuchli?», «Kim chaqqon?» quvnoq harakatli o`yinlarni bajarishni bilish;

- harakatli o`yinlar orqali chaqqonlik, kuch, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, o`yin mazmunini anglab olishni bilish va bajarish.

Malaka:

- shaxsiy gigiena va ovqatlanish tartibiga rioya qilish, kun tartibini talab darajasida bajara olish;

- gimnastika mashqlarini buyumlar bilan mustaqil bajara olish;

- safga ketma-ket qatorga saflanish, asosiy tik turish, doira shaklida saflanish, turgan joyida qo`llarni yon tomonga ochib oraliq masofani saqlash, burilishlar, safda yurish va to`xtash mashqlarini bajara olish;

- saf mashqlari: «Saflaning!», «Tekislaning!», «Rostlanning!», «Erkin turing!», «Buriling!», «Tartib bilan sanang!» buyruqlarini bajarish;

- 150 metrga yurish, 30 metrga juft-juft bo`lib yugurish, 3x10 metrga mokisimon yugurish mashqlarini bajara olish.


2-sinf

Bilimlar:

- jismoniy mashqlarni bajarish qoidalarini bilish;

- jismoniy mashqlarning salomatlikni mustahkamlashda, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda, qaddi-qomatni to`g`ri shakllantirishga bo`lgan ijobiy ta`sirini bilish;

- maktabda va uyda jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida shikastlanishni oldini olish qoidalarini bilish va gimnastik saflanish, qayta saflanish, bir kishilik qatordan ikki, uch, to`rt kishilik qatorga saflanish mashqlarini bajarishni bilish.

Ko`nikmalar:

- har-xil dastlabki holatlardan (tizzaga tayanib, tayanib o`tirib, orqaga o`girilib turgan holatda) buyruq va signallar orqali yugurishlarni bajarish;

- tennis yoki kichik hajmdagi to`pni 6 metr masofadagi, balandligi 3 metr to`siqdan oshirib uloqtirish mashq usullarini bajarish;

- 6 metr masofadan to`pni aniq nishonga uloqtirish mashqlarini bajarish;

- arg`amchida turli sakrash mashqlarini bajarish;

- joyidan turib ikki oyoqlab depsinib sakrashni va yugurib kelib 30 sm rezinkali to`siq ustidan sakrab o`tish;

- futbolchining harakatlanishi, to`g`riga yugurish, signal bo`yicha to`xtash, qarama-qarshi tomonga yugurish, ilon izi bo`lib yugurish mashqlarini bajarish;

- erkin suzish usuli mashq elementlarini bajarish.



Malakalar:

- «Chapga, o`ngga, orqaga buriling!”, “Turgan joyida yuring!”, “To`g`riga yuring!”, “Tartib bilan sanang!”, “Bir (ikki, uch, to`rt) qatorga saflaning!” buyruqlarini bajarish;

- umumrivojlantiruvchi mashqlarni buyumlar (gimnastik tayoqchalar, arg`amchilar, kichik to`plar) va buyumsiz bajara olish;

- g`ujanak bo`lib o`tirish, oldinga o`mboloq oshish, kuraklarda tik turish, yon tomonga o`mboloq oshish, “Ko`prik” turish, chalqancha yotgan holda ikki oyoq uchini qo`l bilan ushlash mashqlarini bajara olish;

- bir oyoqda turib, qo`llarni yonga uzatib muvozanat saqlash “Qaldirg`och” holatida turish mashq usullarini bajara olish;

- 30 metrga tez yugurish va 3x10 metrga mokisimon yugurish mashqlarini bajara olish;

- kichik to`pni 6 metr masofadan baland to`siq orqali oshirib uloqtirish, 6-8 metrdan to`pni nishonga uloqtirish mashq usullarini bajara olish;

- yugurish, sakrash, to`pni aniq va uzoqqa uloqtirish bilan beriladigan o`yin mashqlarini bajara olish;

- harakatli o`yinlarni qoidalari bilan aniq bajara olish;

- 25 metrga erkin usulda suzishni bajara olish.


3-sinf

Bilimlar:

- asta va o`rta tezlikda yugurish, 200 metr masofali bo`limlarni (100-200 metr yurib-yugurib) 2-3 marta bajarishni bilish;

- sakrash chuqurchasiga yugurib kelib uzunlikka depsinib sakrash;

- tepalikdan (50-60 sm) sakrab tushishlar;

- to`pni uzoqqa va aniq nishonga joyidan turib uloqtirish;

- arg`amchida 60-80 marta sakrash; harakatli o`yinlarda qatnashish;

- o`yin qoidalarini bilish;

- erkin holatda 25-30 metrga suzish;

- «Gulnoz», «Sho`x qizlar», «Lazgi», «Yalla» va «Paxtaoy» kabi milliy raqslarning asosiy harakatlarini bilish;

- har-xil nojo`yaa harakatlardan shikastlanishning oldini olish qoidalarini bilish;

- jismoniy mashqlarning inson salomatligini mustahkamlanishida va qomatning to`g`ri shakllanishiga ijobiy ta`sirini bilish;

- saf mashqlari: keng qadamlab yurish, tez va sekin qadamlab yurish, ikki qator bo`lib saflanish, ikki qatordan bir qatorga saflanish, «ilon izi» bo`lib yurishlarni bilish, boshni chap va o`ng tomonlarga aylantirish, gavdani (chapga, oldinga, orqaga, o`ngga) egish mashqlarini bajara olish.



Ko`nikmalar:

- qomatni rostlaydigan ertalabki badantarbiya mashqlari majmuasini bajarish, to`ldirma to`plar bilan (1,5-2 kg) mashq bajarish;

- qiya joylashtirilgan gimnastika o`rindig`i ustidan qo`llarga tortilib tirmashib chiqishni bajarish;

- gimnastik narvonda orqa bilan qo`llarga osilib 30 soniya mobaynida turish, shu holatda tizzalarni yuqoriga ko`tarib tushirishlarni bajarish;

- signal bo`yicha to`xtash bilan yurish, tizzani baland ko`tarib sekin yugurish, yuqori startdan yugurish usullarini bajarish;

- turgan joyidan to`pni uloqtirish (nishonga va uzoqqa) mashqlarini bajarish;

- basketbol o`yinida turish, siljish, harakatlanish, ikki qo`l bilan to`pni ko`krakdan sherigiga uzatish, joyida turib to`pni o`ng va chap qo`llarda polga (yerga) urib turish mashq usullarini bajarish;

- harakatli o`yinlarda, yugurish, sakrash, va turli to`siqlardan o`tishda turli estafetalar o`tkazilishida shikastlanishning oldini olish qoidalariga amal etib bajarish;

- futbolchilarning harakatlanishini (yugurish, sakrash, juftlama va chalishtirma qadam tashlab yugurish) bajarish;

- futbolchilarning o`yinda o`zini tutishi va xavfsizlik qoidalariga rioya etish, darvozobon harakatlarini bajarish.



Malakalar:

- dastlabki holat asosiy turish, ikki marta oldinga o`mboloq oshishni, orqaga dumalash bilan kuraklarda tik turish, shu holatda oyoqlarni bukish, birdaniga «Ko`prik» hosil qilish va bir qo`lda tayanib yondan orqaga burilish, cho`qqayib tayanishga o`tish hamda gavdani to`g`irlab yuqoriga sakrab, yumshoq qo`nish mashqlarini bajara olish;

- baland turnikda tortilish (o`g`il bolalar), gimnastika o`rindig`ida tayanib qo`llarni bukish va yozish (qiz bolalar) mashqlarini bajara olish;

- balandligi 90 sm «Xari»(kozyol) ustiga sakrab chiqish va yuqoriga kerilib oyoqlarni yozib yumshoq sakrab tushish (o`g`il bolalar);

- balandligi 80 sm «Ot» (kon) tutqichini ushlab ustiga chiqish va yuqoriga kerilib sakrab tushish (qiz bolalar);

- yugurib kelib handak chetidan uzunlikka sakrashni bajara olish;

- joyida turib va qadam tashlab to`p bilan to`g`riga harakatlanish, to`p bilan ikki qadam yurib to`xtash, to`pni 2-3 metr masofadan ikki qo`llab ko`krakdan basketbol savatiga tashlash mashqlarini bajara olish;

- «To`plarni qatordan uzatish», «Man etilgan mashq», «Doira bo`ylab to`p uzatish», «Hamma o`z bayroqchasiga», «Bolalarda tartib kat`iy», «Kun va tun», «Oq ayiqlar» kabi harakatli o`yinlarni bajara olish;

- turgan to`pni oyoq yuzasining ichki yoni bilan tepish, dumalab kelayotgan to`pni oyoqning ichki yoni bilan to`xtatish mashqlarini bajara olish.
4-sinf

Bilimlar:

- mashg`ulot vaqtida birinchi tibbiy yordam ko`rsatishni bilish;

- guruh bilan birga 60 metr masofaga past startdan chiqib yugurish;

- asta-sekin yugurib 200 metr masofani 3-4 marta (dam olib) o`rta tezlikda yugurish;

- to`pni uzoq masofaga aniq nishonga 3-4 qadam tashlab uloqtirish, maksimal yugurishga berilgan topshiriqlarni bajarish;

- futbol va sport o`yinlari elementlarini almashtirib bajarish;

- harakatli o`yinlarni jamoa ishtirokida sardor sifatida bajarish.

Ko`nikmalar:

- buyumlarsiz umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish;

- «Yarim shpagat» va «Shpagat» bajarish uchun maxsus mashqlarni bajarish;

- tik turib qo`llar yonda, o`ng va chap oyoqlarda «Qaldirg`och» hosil qilish, ikki marta kema-ket oldinga o`mboloq oshib, yuqoriga kerilib sakrash mashqlarini bajarish;

- tik arqonga (2-3 metr) ko`rsatilgan usulda tirmashib chiqish mashqlarini bajarish;

- yakka cho`p ustida oddiy yurish, oyoq uchida, yonlarga, oldinga va orqaga juftlama qadam bilan harakatlanishlarni bajarish;

- 50-100 metr masofaga har xil tezlik bilan sportcha yurish, 30-40 metrga past startdan yugurish, 50 metrga yuqori startdan yugurish mashqlarini bajarish;

- yuqori startdan chiqib har-xil tezlik bilan yugurishlarni bajarish;

- basketbolda himoya va hujum harakatlarini bajarib yurish, to`pni ilib olish va ikkala qo`l bilan joyida turib va joyni almashtirib harakatlanish, to`pni bir qo`l bilan to`g`ri chiziq bo`ylab olib yurish usullarini bajarish;

- futbolchilarning o`yin usullarini bajarish vaqtida xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda bajarish;

- harakatli o`yinlarni tashkil etishda o`qituvchiga ko`maklashish;

- «Oq terakmi ko`k terak», «Raqam bilan chaqirish», «Kim chaqqon», «To`pni tushirib yuborma», «To`pni uzatib yugurish estafetasi», «To`pni savatga tashla» o`yinlarni bajarish;

- erkin usulda suzishni bajarish.

Malakalar:

- saf mashqlari: o`qituvchilarga raport topshirish, turgan joyidan orqaga burilish, tartib bo`yicha sanash, bir qatordan uch qatorga tekis saflanish, yurish davomida burilish, 3, 4, 5 qator bo`lib ketma-ket saflanish usullarini bajara olish;

- gimnastika mashqlarini katta tanaffus va dars pauzalarida bajara olish;

- buyumlar bilan (gimnastika tayoqchalar, gantellar, gardishlar, kichik to`plar, arg`amchi) bajara olish;

- umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajara olish;

- dastlabki holat oyoqlar kerilgan, qo`llar yuqoriga, orqaga engashib «Ko`prik» tushishni bajara olish;

- 4x10 metr masofaga mokisimon yugurish, 1000 metrgacha yurishni (80-100 metr) almashlab yugurish, yugurib kelib «Oyoqlarni bukib» sakrash usullarini bajara olish;

- to`g`ridan va yon tomondan yugurib kelib «Xatlab o`tish» usuli bilan balandlikka sakrash, to`pni 1 qadamdan 10-12 metr masofadagi 1x1 hajmdagi tik nishonga aniq uloqtirish usullarini bajara olish;

- arqonga 3 usulda tirmashib chiqish usullarini bajara olish;

- yengil atletika bo`yicha mezonlarni topshirish;

- basketbol shit oldida burchak hosil qilib to`pni yelkadan bir qo`l bilan o`ngdan, chapdan savatga tashlash (2,5 metr masofadan 3 urinishda) usullarini bajara olish;

- juft-juft bo`lib 2,5 metr masofadan 20 soniya mobaynida sherigiga uzatish va qabul qilish mashqlarini bajara olish;

- voleybol o`yinidagi qoidalar to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`lish;

- futbol bo`yicha o`yin usullari va mezon talablarini bajarish;

- harakatli o`yinlar qoidasini, mazmunini, tashkiliy tomonlarini bilish, tartib-intizom qoidalariga rioya qilish hamda harakat belgisi- sakrash, uloqtirish, tortilish, yugurish me`yorlarini bajara olish;

50 metr masofaga erkin suzish.


5-sinf

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish