16-gruppacha elementlari va ularning birikmalari Reja: Elementlar atomlari xossalarining umumiy tavsifi va elektron formulalari Kislorod va uning olinishi



Download 0,67 Mb.
bet4/15
Sana09.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#764755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
16 gruppacha elementlari va ularning (1)

Tabiatda tarqalishi
Kislorod yer qobog’ida eng ko’p tarqalgan element tarqalishi bo’yicha birinchi o’rinda turadi. Kislorod yer qobog’ining massasi jihatidan 49,13% ini, atom jihatdan 55,1% ini tashkil qiladi. Kislorod erkin holda havo tarkibida massa ulishi jihatdan 23,15% ini, hajmi jihatdan 20,95% ini tashkil qiladi. Kislorodning atmosferadagi umumiy massasi 1,1∙1010 T., va tabiiy suvlarda (dengiz, daryo va ko’llarning) erigan holda bo’ladi.
Atmosfera havosi tarkibi.
Azot- 78,09% (hajmiy) 75,51% (massa)
Kislorod – 20,95% 23,15%
Argon – 0,93% 1,28%
Karbonat angidrid – 0,03% 0,046%
Suv parlari (250C) - ≤ 3% ≤0,27%
Bulardan tashqari havo tarkibida Ne, He, Kr, Xe, CH4, azot oksidlari, CO, oltingugurt oksidlari, vodorod sulfid va tasodifiy gazlar bo’ladi.
Havoning zichligi O0C va 101,325kPa (1 atm) dan 1,293g/l ga teng. Yerning havo qatlami (ayniqsa azon qatlami) quyoshning zararli ultrabinafsha nurlarini yutib va netrallab yerning sirtini qizib ketishdan saqlaydi. Kimyoviy bog’langan kislorod suvda 88, 89%, tuproqda 56%, qumda (SiO2) 53,3%, slikatlarda turli minerallar va hamma tirik organizmlar tarkibiga kiradi. Odam organizmini massa jihatdan 65% ini kislorod tashkil qiladi. Bulardan tashqari kislorod tabiatda juda ko’p tog’ jinslari va madanlar tarkibiga kiradi. O’zida kislorod tutgan 1400 tabiiy minerallari ma’lum.
Kislorodning tabiatdagi roli
Hamma organizmida uchraydigan birikmalar bu tarkibida kislorod bo’lgan birikmalar- shu sababli kislorod hamma tirik organizmlar uchun hayotiy zarur bo’lgan elementdir. Hamma yashil o’simliklar havodan karbonat angidridni barglari orqali va ildizi orqali esa suvni va turli mineral ozuqalarni olib, o’z organizmida quyosh nuri tasirida uglevodlarni hosil qiladi. Bu juda murakkab kimyoviy jarayon bo’lib fotosintez deb ataladi.

Jarayon natijasida erkin kislorod ajralib chiqadi va atmosferaga ko’tariladi.
Demak, atmosfera havosiga va suvda erigan kislorodni beradigan birdan bir manba yer yuzida o’sadigan yashil o’simliklar va dengiz hamda okean suvlarida o’sadigan yashil o’tlardir. Nafas olish tirik organizmlarda boradigan modda almashish jarayonlari orqali o’tadi. Qonda kislorod gemoglobin bilan kuchsiz bog’lanadi va oksigemoglobin hosil qiladi, va shu ko’rinishda to’qimalarga tarqaladi. Fermentlar ta’sirida kislorod qondagi glyukozani oksidlaydi va uni karbonat angidrid hamda suvga aylantiradi. Bu jarayonda ajralib chiqayotgan energiya turli hayotiy muhim jarayonlarini borishini (muskullarning ishlashi, organizmni isishi, ishlash) ta’minlaydi. Hayvon va o’simliklarning qoldiqlarining chirishi va suv hosil bo’lib, havoga chiqadi va qaytadan fotosintezda ishtirok etadi.
Demak, hayvon va o’simliklar hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan energiyani nafas olishda organizmga kiradigan kislorod bilan turli moddalarning biokimyoviy oksidlanishidan oladi. Yer kurrasida kislorod eng ko’p tarqalgan element bo’lgani uchun uning tabiatdagi roli beqiyoadir.
Ammo shuni esda tutish lozimki, keyinchali XX asr oxirida kimyo sanoatining kuchli rivojlanishi, mashinasozlikning rivojlnishi, kimyoviy mahsulotlarning xalq xo’jaligida ayniqsa qishloq xo’jaligida qo’llanish darajasi haddan tashqari ortib brogan sari havo va suv havzalarini hamda tuproqni har xil sanoat chiqindilari (ranglar, zaharli gazlar, tozalanmagan va tarkibida turli zaharli moddalar bo’lgan suyuqliklar) bilan ifloslanishi atrof muhit ekologiyasini buzishga olib kelmoqdagi, bu insonlar salomtligiga salbiy tasir ko’rsatmoqda. Butun dunyo miqyosida ekologik muammolar ko’payib bormoqda. Tabobat ilmining buyuk bobokaloni Ibn Sino toza havo insonlar salomatligiga ta’sir etuvchi eng asosiy omillardan biri ekanligini o’qtirib:”…agar biz nafas olayotgan havoda chang va g’ubor bo’lmasa, inson ming yillar yashashi mumkin” deb bundan 1000 yillar oldin aytgan edilar.
Shuni ta’kidlash lozimki, atmosfera havosining, tuproq va suv havzalarining ortiq darajada ifloslanishiga kimyo sanoatlari chiqindilari ham sabab bo’lmoqda, shu sababli kimyo fanining asosiy vazifalaridan biri kimyo sanoatida chiqindisiz ishlaydigan texnologiyalarni joriy qilish ekanligini ko’rsatgan.
Hozir butun dunyo bo’yicha ekologik muamolarini hal qilishga qaratilgan juda ko’p amaliy ishlar olib borilmoqda. Ekologik muammo insoniyat oldidagi hayotiy muammodir.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish