Jumladan, sun
’iy sug‘orish
asosida dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e’zozlash,
hayvonlarni asrash, no
o‘rin so‘ymaslik, unga zug‘um qilmaslik, tuproq sharoitini yaxshilash
masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalgi II ming yillik oxiri - I ming yillik boshlaridagi
voqealarni aks ettiradi va juda qadimiy yodgorlikdir (2700 yilligi bayram qilindi).
Bu dinning ta
’sir doirasi juda keng bo‘lib, hozirgi Eron, Markaziy Osiyo, Kavkazorti
yurtlari (ayniqsa Ozarbayjon) va boshqa joylarda tarqalgan. M.a. II ming yillik oxiri - I ming
yillik boshida paydo b
o‘lgan «Avesto»ning to‘liq asl nusxasi saqlanmagan, uning ayrim
qismlari to
ïilgan, u qadimiy parfyan, oromiy yozuvida bitilgan, hozirgi davrda rus va o‘zbek
tillariga tarjima etilgan.
Zoroastrizmning asosiy
g‘oyasi dualizmga, ya’ni bir tomondan Yaxshilik va Yorug‘lik
(xudosi Axura Mazda), ikkinchi tomondan yovuzlik va Qoron
g‘ilik (xudosi Anxra Manu)
kuchlari
o‘rtasidagi kurashdir.
Inson x
o‘jalik faoliyatida tabiiy muhit bilan chambarchas bog‘liq deb uqtiriladi, ammo
insonga
alohida e
’tibor beriladi. Insonga tanlash huquqi berilgan bo‘lib, u Yaxshilik yoki
yomonlik tomonlarni olishi va shunga mos harakat qilishi kerakligi aytiladi.
Yaxshilik odamining faoliyati yaxshi
g‘oya, yaxshi so‘z va yaxshi ishlar bilan
bo
g‘langan bo‘lishi kerak. Moddiy boyliklarni ko‘paytirish yorug‘ dunyodagi yaxshi ishlarning
asosiysi hisoblangan. Shu sababli
«Avesto» matnlarida natural-xo‘jalik faoliyati keng targ‘ib
etilishi va amaliy maslahatlar berilishi tasodif emas.
Avestoda
«O’z hayoti davomida go‘zallik va yaxshilik, nur va quvonch yo‘lida xizmat
qilgan odam hakg
o‘y, pok va adolatli bo‘lib, mehmonlarni beg‘araz kutgan. Xotinini sevib
yerni, mollarni parvarish qilgan, odamlarning molu-mulkiga k
o‘z olaytirmagan,
tabiatni
asrab-avaylab undan zavq olgani uchun uning joni ham bitmas-tuganmas rohat va
faro
g‘atga burkanadi» deb yoziladi.
K
o‘chmanchi xalqlarning asosiy boyligi bo‘lgan mollar sonini saqlash qo‘llanilib,
ularni bekordan-bekorga qurbon qilaverish qoralanadi. Bu
g‘oya ayniqsa ilk zoroastrizmda
kuchli. Hayvonot dunyosini asrash, uning sonini oshirish, sifatini yaxshilash (ayniqsa
semirtirish) ga alohida ur
g‘u berilgan. Buning uchun esa yaxshi yaylov, kerakli qarov,
yem-xashak bilan ta
’minlash eng yaxshi faoliyat deb baholanadi. Yaxshi ishlarni amalga
oshirish
kuchli hokimiyat bilan b
o‘lishi qayd etiladi. Kitobda yozilishicha, hayvonlarni
o‘g‘irlash yoki tortib olish, turar joylarni xonavayron qilishdan asrashga intilish Yaxshilik
g‘alabasiga olib keladi. Ana shu qoidalarga amal qilganlarga yaylovlar bo‘ylab erkin harakat
qilishga va
’da beriladi, chunki tabiiy yaylovlar cheklangan sharoitda bu «erkin harakat»
ta
’minoti muhimdir, aks holda o‘zaro to‘qnashuv va urushlar ro‘y bergan.
Ma
’lum qonun-qoidalarga bo‘ysunish kuchli hokimiyat va mo‘‘tadillik bilan bog‘liq edi.
O
’zaro shartnomalarga bekamu-ko‘st amal qilish zarurligi, ayniqsa o‘zaro moddiy yordam
berish kerakligi tar
g‘ib etiladi.
Avesto ma
’lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ahvolini bilib olish
mumkin.
Bu davrda uru
g‘ jamoasi yemirilib, dastlabki sinf (kasta)lar paydo bo‘lganligi
ayondir, ular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar, demak, ilk sinfiy jamiyat
yuzaga kelayotgan davr b
o‘lgan. Aholi ko‘proq yarim ko‘chmanchilik asosida kun kechirgan.
Ekstensiv chorvachilik yetakchi edi.
Ideal hayot tarzi quyidagicha talqin etilgan b
o‘lib, uningcha yerdan shunday joyni
topish yoki yaratish kerakki, u yerda k
o‘p ovqat pishirilishi, doim katta bo‘lak go‘sht tegishi,
otlar pishqirib turishi,
ot-arava
g‘ildiraklari jarangi chiqishi, qamchilar doim ko‘tarilib, ovozi
chiqib turishi, odamlar ja
g‘i tinmaydigan (ovqat yeyishda), ziravorlar yetarlicha yashirib
q
o‘yilgan, xushbuy hidlar arimaydigan, yaxshi hayot uchun kerakli barcha narsalarni istakka
qarab k
o‘p miqdorda saqlanadigan omborlar bor joy tushunilgan.
«Avesto» bo‘yicha turli tabiiy ofatlarga qarshi zahira oziq-ovqatlar barpo qilish
q
o‘llab-quvvatlanadi (Konfutsiylik va boshqa ta’limotlarda ham bu g‘oya katta o‘rinni tutadi).
«Avesto»ning yozilishi jihatidan keyingi davrga mansub fikrlarda, masalan,
chorvadorlar hamkori Yim t
o‘g‘risidagi afsonada «oltin asr»dagi mol-qo‘ylarning mo‘l-ko‘lligi
haqida s
o‘z yuritiladi. Yimning xizmati ulug‘lanib, kuchli sovuq, qor va suv to‘fonidan
hayvonlar va odamlarni qutqarish uchun
«varu» (qo‘rg‘on)
qurdirib, unga suv o‘tkazadi,
mayda va yirik mollar, odamlar, it, qush, barcha
o‘simliklar urug‘i va yonib porlab turgan
olovni keltiradi. Odamlar uchun turar joy, hayvonlar uchun molxonalar qurilgani aytiladi.
«Avesto»ning 3-bobi (fargard) «Vandidot» bo‘lib, nisbatan keyingi davr voqealarini
aks ettiradi, unda asosan dehqonchilik va dehqon mehnati ulu
g‘lanadi (avvalgi boblarda
chorva yetakchi edi). Endilikda k
o‘proq
ekin ekiladigan, don, o‘t, mevali ekinlar
o‘stiriladigan, suvsiz joylarni sug‘oradigan, suvi ortiqcha yerlar quritiladigan (sug‘orish bilan
birga zax qochirish) joylar maqtaladi, hatto yerlarga k
o‘p go‘ng solinishi, buning uchun esa
k
o‘proq kichik va katta qoramollar boqish tavsiya etiladi. Bunda juda katta tabiiy mantiq
borligi aniq k
o‘rinib turibdi.
Kitobning bu bobida dehqonchilik va ayniqsa don ekish,
g‘allakorlik ulug‘lanadi.
Aholini qunt bilan don yetishtirishga undaladi, hatto
g‘allakorlar ý’tiqodni olg‘a suruvchilar
deb talqin etiladi
. «Dehqonchiliksiz mo‘l-ko‘lchilik yo‘q», degan aqida ilgari suriladi
(
fiziokratizm ta
’limotiga o‘xshash
). «Kimda-kim zaminni chap va o‘ng qo‘l bilan, o‘ng qo‘l va
chap q
o‘l bilan shudgor qilsa, zamin unga farovonlik baxsh etadi. U go‘zal va pokiza qizga
o‘xshaydi. Bu qiz er xonadoniga kirib borib, o‘z to‘shagidan halol yostiqdoshiga farzandlar
tu
g‘ib beradi. Zamin ham mo‘l-ko‘l mevalarini in’om etadi»,
deyilgan, bunda yerni tobora
madaniylashtirish va undan k
o‘proq naf olishi haqida gap boradi.
X
o‘jalikning barcha tarmoqlari orasida g‘allakorlikka eng yuksak baho beriladi.
Zoroastrizm qashshoqlikni y
o‘qotish yoki unga yo‘liqmaslik uchun ziroatchilikini
rivojlantirish, yangi yerlarni ochish b
o‘yicha faol siyosat olib borish kerakligini uqtiradi.
Ammo inson yerni tashlasa, unga qaramay q
o‘ysa, unday odam o‘zgalar eshigi oldida
turgan doimiy gadoyga aylanadi, deyilgan bu kitobda.
Asketizm t
o‘g‘ridan-to‘g‘ri qoralanadi, chunki bu odat
yomonlik bilan kurashda
insonning kuch-qudratini susaytiradi. Ovqatni kam iste
’mol qilgan odam na din, na xo‘jalik
ishlari, na farzand k
o‘paytirish faoliyati bilan kerakli darajada shug‘ullana olmaydi; insonlar
sonini k
o‘paytirish ham muhim vazifa deb belgilangan, chunki farzandlar oila boyligini
k
o‘paytiradi, Yaxshilik g‘alabasiga ko‘maklashadilar. Bu g‘oyalarning ahamiyati hozirgi
kunda ham juda muhimdir.
Bu din hozirgi Markaziy Osiyo, ayniqsa Qadimgi Eronda keng tarqaldi, davlat diniga
aylandi. M.a. VI-V asrlarda Dariy I podsholigi yillarida Eronda, keyinchalik boshqa
davlatlarda tarqaldi. Islom dinigacha b
o‘lgan davrda respublikamiz aholisining asosiy qismi
bu dinga e
’tiqod qilgan, uning ayrim qoldiqlari hali ham qayd etilib turadi (kelin-kuyovlarni
olov atrofida aylantirish, vafot etganlarga chiroq yoqish va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: