Kolloid eritmalarning optik xossalari
Kolloid eritmalarda chin eritmalarda kuzatilmaydigan nurni tarqatish
xossasi kuzatiladi. Qorong'i honada kolloid eritma quyilgan stakan orqali
o'tayotgan nurni yon tomonidan kuzatsa, shu nurning yo'li, kolloid zarrachalar
nurini tarqatishi tufayli, konus shaklida ko'rinadi. Bu Faradey-Tindal hodisasi
deb yuritiladi.
Zarrachalarning konsentratsiyasi va hajmi, dispers faza bilan dispers muhitning
nur sindirish ko'rsatkichlari orasidagi farq qanchalik katta bo'lsa, shuningdek
qanchalik nurning to'lqin uzunligi kichik bo'lsa, shunchalik tarqalgan nur
ravshanligi katta bo'ladi. Kolloid zarrachalar nurni tarqatish qobiliyatiga ega
bo'lganligi sababli ko'pgina zollar tarqalgan yorug'lik ta’sirida havo rangiga
(loyqalikka) kiradi. Dispers faza zarrachalarining o'zi rangli bo'lsa, kolloid
eritma rangi yana ham ravshanroq bo'ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |