Kimyo terapevtik vositalar. Antibiotiklar



Download 205,81 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi205,81 Kb.
#259268
  1   2   3
Bog'liq
Antibiotiklar


Kimyo terapevtik vositalar.

Antibiotiklar.

Hozirgi vaqtda saraton kasalliklari xavfliligi jihatidan dunyo bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Zamonaviy onkologiya amaliyotida ushbu kasallikni davolashda uchta asosiy usul: jarrohlik, nur (nur terapiya) va o‘smaga qarshi dori vositalari qo‘llaniladi. Amaliyotda ko‘pincha ularni birgalikda qo‘llash keng tarqalgan.

Bugungi kunda bemorlarga o‘smaga qarshi davo sifatida kimyopreparatlar, gormonlar, immunopreparatlar, target preparatlari, ba’zi bisfosfonatlar ham beriladi. Lekin, an’anaga ko‘ra, tibbiy adabiyotlarda, ommaviy axborot vositalari va xalq orasida dori-darmon bilan davolash usuli “kimyoterapiya” so‘ziga singdirilgan. Ko‘pchilikda “kimyo” so‘ziga nisbatan tushunmovchilik sababli manfiy munosabat hosil bo‘lgan.O‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar rivojlangan davlatlar aholisi orasida onkologik xastaliklarga nisbatan qo‘rquv hissi ko‘proq bo‘lishini ko‘rsatdi. Odamlarning ongida onkologiya (kimyoterapiya) so‘zi o‘limga yaqinlashish ma’nosini bildiradi, lekin bu mutlaqo noto‘g‘ri fikr. Onkologiya fani va amaliyotining rivojlanishi sababli bugungi kunda ushbu kasallikka chalinganlarning yarmidan ko‘pi to‘liq tuzalib ketishmoqda, o‘sma dastlabki bosqichda aniqlanganda esa, 100 foiz bemorlarda yaxshi natija kuzatiladi.

“Sizga kimyoterapiya tavsiya etiladi…” degan so‘zlardan so‘ng ko‘pchilik bemorlarda ikkilanish paydo bo‘ladi. Bunga asosiy sabab, aholining tibbiy (onkologik) savodxonligi pastligidir. Onkologik kasallikka chalingan bemor va uning yaqinlari shu mavzuga bag‘ishlangan ma’lumotlarni qidira boshlashadi. Bular asosan, ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, televideniye, radio va h.k.) va shu qatorda, internet ma’lumotlaridir. Bu manbalarda berilgan ma’lumotlar juda ko‘p va ko‘pincha aniq emas, ba’zan bir-birini inkor qiladigan fikrlar ham bildiriladi.

Onkolog-kimyoterapevtlarning asosiy vazifasi – bemor va yaqinlariga kimyoterapiyaning ahamiyati, foydasi, nojo‘ya ta’siri va undan kutilayotgan natijalar haqida oddiy, tushunarli tilda obyektiv ma’lumot berishdir. Bugungi kunda onkologik bemorlar uzoq va sifatli hayot kechirishlarining asosiy manbasi, bu albatta samarali dori vositalari ko‘payishi va kimyoterapiya samaradorligi oshishidir. Kimyoterapiyaga nisbatan bo‘lgan eskicha salbiy fikr, bemor va qarindoshlarida hosil bo‘ladigan ruhiy to‘siqlar hozirgi kunda deyarli butunlay bartaraf qilindi. Onkologik shifoxonalarning 75-80 foiz bemorlari davolanishning ma’lum bir bosqichida kimyoterapiya oladi. Zamonaviy dori-darmon bilan davolash usuliga ham bemor, ham uning yaqinlari katta ishonch va umid bilan qaraydilar.

Hozirgi kunda Respublika onkologiya ilmiy markazida ko‘pchilik bemorlarni davolashda ijobiy natijalarga erishilayotganligining sababi – operatsiyadan oldin o‘tkazilayotgan kimyoterapiyadir. Jarrohlik usuliga ko‘rsatma bo‘lgan ba’zi kasalliklarda, birinchi bosqichda dori-darmon bilan o‘smaga qarshi davolash usuli (2-4, 6-kursgacha) o‘tkaziladi. Bundan asosiy maqsad – subklinik (tashxislash usullari yordamida aniqlanmaydigan), aniqlangan metastazlar va birlamchi o‘choqda joylashgan o‘sma hujayralarining ko‘payishi va tarqalishini to‘xtatishdir. Bu yo‘nalish bo‘yicha markazimizda Davlat granti ajratilgan bo‘lib, keng ko‘lamda ilmiy ish olib borilmoqda. Operatsiyadan avval (neoad’yuvant) kimyoterapiya olgan va olmagan bemorlarni davolash samarasi baholanganda, olganlarda residivsiz, ya’ni kasallik qaytalamasdan, uzoq vaqt, sifatli umr kechirish ko‘rsatkichlari yuqoriligi kuzatilmoqda.




Download 205,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish