156. Конденсация усуллари
Kondensatsiya usuli. Yuqoridagidan farqli ravishda bu usul yordamida
kolloid eritmalar molekulyar yoki ion tabiatli zarrachalarni yiriklashtirish
(agregatlashtirish) orqalii olinadi. Bu usul oksidlanish, qaytarilish, qo‘sh
almashinuv, gidroliz jarayonlari va erituvchi tabiatini o‘zgartirish hamda
bug‘simon moddalarni kondensatsiya qilish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Oksidlanish uslubiga misol qilib quyidagi jarayonni ko`ramiz:
2H2S + SO2 → 3S + 2H2O
Hosil bo‘lgan oltingugurt zarrachalari o‘zaro kondensatsiyalanib kolloid
sistemani hosil qiladi.
Qaytarilish uslubi nisbatan keng tarqalgan bo‘lib, bunda kuchli bo‘lmagan
qaytaruvchilardan (H2, formalin va h.k.) foydalaniladi. Masalan :
Ag2O + H2 → 2Ag + H2O
Hosil bo‘lgan kumush o‘z dispersligi bo‘yicha kolloid zarrachalar talabiga
javob beradi va uning asosida zarrachalarning o‘zaro kondensatsiyalashuvi
yotadi.
Gidroliz uslubidan foydalanib kolloid eritma olishga misol qilib temir zolining
gidroliz natijasida olinishini ko`ramiz:
FeCl3 + 3H2O Fe(OH)3 + 3HCl
Fe(OH)3 + HCl FeOCl + 2H2O
FeOCl FeO+ + Cl
Do'stlaringiz bilan baham: |