15-Mavzu: Polimerlarning erish jarayoni Mavzuning asosiy masalalari



Download 438,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana06.07.2022
Hajmi438,77 Kb.
#745146
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15-Maruza

o
o
m
m
m



ёки
o
o
V
V
V

ёки
o
o
m
V
V

(7.4) 
Bu yerda
,
o
m

o
V
polimerning bo‗kishgacha bo‗lgan massasi va hajmi;
m, V
– polimerning
bo‗kkandan keyingi massasi va hajmi. 
Bo‗kish darajasi

vaqt bilan o‗zgaradi. Polimer bo‗kishining kinetik egri chizig‗i 41-
rasmda keltirilgan. Egri chiziqning abssissa o‗qiga parallel bo‗lgan qismiga to‗g‗ri kelgan qismi 
maksimal yoki muvozanatli bo‗kish darajasi
max

deyiladi. 
max

qiymati polimerning bo‗kishga 
bo‗lgan qobiliyatini miqdoriy baholovchi o‗lchov hisoblanadi. Bo‗kishning vaqt bilan o‗zgarishi 
quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: 
)
(
max







K
d
d
(7.5) 
Bu yerda 


d
d
- bo‗kish tezligi;
К
– bo‗kish tezligi konstantasi;

d


vaqtda


 
41-расм. Чокланган полимернинг 
бўкиш кинетикаси. 
ютилган суюқлик миқдори. Полимерлар-нинг бир 
жинсли термодинамик барқарор системалар 
ҳосил қилиш қобилияти қуйидагиларга боғлиқ:
1.
 
Эритувчи ва полимернинг табиати. Аморф 
полимерлар занжирларининг ва эритувчи 
молекулаларининг кимѐвий тузилиши ҳамда 
уларнинг қутблилиги,
polimerlarning bo‗kishi va erishini belgilovchi asosiy omillardir. Polimer zanjiri 
zvenolarining va erituvchi molekulalarining qutbliligi yaqin bo‗lsa, bir xil va har xil molekulalar 
orasidagi ta‘sir energiyasi bir xil bo‗ladi va polimer bo‗kadi. Agar yuqorida ko‗rsatilgan omillar 
polimer va erituvchi uchun katta farq qilsa bo‗kish va erish kuzatilmaydi. 
Poliizopren, polibutadiyen va boshqa qutblanmagan polimerlar to‗yingan uglevodorodlar 
bilan cheksiz miqdorda aralashadi va yuqori qutblangan erituvchilar (suv, spirt va boshqalar) 
bilan umuman ta‘sirlashmaydi. 

2.
Polimer zanjirining bukiluvchanligi
. Polimerlarning bo‗kishi va erishi zanjir 
bukiluvchanligi bilan uzviy bog‗langan. Yuqorida aytilganidek, erish jarayonida polimer 
zanjirlari bir-biridan ajragan holatda erituvchiga diffuzlanadi. Bukiluvchan zanjirning qismlari 
alohida harakat qilaoladi va ularning bir-biridan ajrashi va diffuzlanishi yengillashadi. 
Qutblanmagan polimerlar yuqori bukiluvchanlikka ega bo‗lib qutblanmagan 
erituvchilar bilan kuchli ta‘sirlashadi. Shuning uchun bukiluvchan zanjirdan iborat qutblanmagan 
polimerlar har qanday qutblanmagan erituvchida cheksiz eriydi. 
3. 
Polimerlarning molekulyar massasi.
Polimerlarning molekulyar massasi ortishi bilan 
ularning zanjirlari orasidagi ta‘sir energiyalari ortib boradi. Shuning uchun bitta 
polimergomologik qatordagi polimerlarning molekulyar massasi ortishi bilan bir xil erituvchida 
erish qobiliyati kamayib boradi. Bunday tafovut polimerni molekulyar massasi bo‗yicha 
qismlarga ajratish imkonini beradi.
4
. Polimerlarning kimyoviy tarkibi
. Qator polimerlar olinishiga qarab har xil kimyoviy 
tarkibga ega bo‗lishi mumkin va bu ularning eruvchanligiga sezilarli ta‘sir etadi. Masalan, 
nitrotsellyulozaning eruvchanligi uning tarkibidagi nitroguruhlar soniga bog‗liq. 10-12% azot 
tutgan nitrotsellyuloza atsetonda cheksiz eriydi, sellyuloza uchnitrati esa chekli bo‗kadi, xolos. 
5. 
Polimerlarning ustmolekulyar tuzilishi. 
Kristall tuzilishli polimerlar amorf 
tuzilishdagi yuqori molekulyar birikmalarga qaraganda ancha qiyin bo‗kadi va eriydi. Buning 
sababi, kristall polimerlarda zanjirlar bir-biriga nisbatan tartibli joylashgan bo‗lib, ulardagi 
molekulalararo ta‘sir energiyasi juda yuqori qiymatga ega bo‗ladi. Shuning uchun kristall 
polimerlardagi zanjirlarni bir-biridan ajratishga katta energiya talab qilinadi va bunday 
polimerlar qutbliligi yaqin bo‗lgan erituvchilarda ham uy haroratida erimaydi. 
6. 
Harorat.
Harorat ortishi, ko‗pincha, polimerlarning bo‗kishi va erishini 
osonlashtiradi. Umuman, haroratning o‗zgarishi polimerlarning eruvchanligiga turlicha ta‘sir 
qiladi. Chekli bo‗kuvchi chiziqli polimerlar isitilganda quyi molekulyar suyuqlik bilan cheksiz 
aralashadi. Shu bilan bir qatorda quyi kritik aralashish haroratiga ega bo‗lgan polimerlar ham 
bor. 
7. 
Zanjirlararo kimyoviy bog‘lar.
Zanjirlar orasida juda kam miqdorda choklovchi 
kimyoviy bog‗lar bo‗lsa ham makromolekulalarning bir-biridan ajrab eritmaga o‗tishiga halal 
beradi. Nisbatan yuqori harorat ham erish jarayonini yuzaga keltira olmaydi. 


макс
в а к т


Agar polimerdagi ko‗ndalang bog‗lar miqdori uncha katta bo‗lmasa, ya‘ni choklovchi 
bog‗lar orasidagi zanjir bo‗laklari katta bo‗lsa, quyi molekulyar moddalar molekulalari polimer 
fazasiga kirib borishi mumkin. Bu zanjir bo‗laklarining surilishiga olib keladi va polimer ma‘lum 
darajada chekli bo‗kadi. Ko‗ndalang bog‗lar miqdorining ortishi polimerning quyi molekulyar 
moddalarni yutish qobiliyatini susaytiradi; bu bog‗lar zichligining ortib ketishi polimerni 
bo‗kishdan mutlaqo mahrum qiladi. Masalan, vulkanlangan kauchuk tarkibida oltingugurt 
miqdorining ortib borishi bo‗kishining kamayishiga sabab bo‗ladi. 32% oltingugurt bilan 
vulkanlangan kauchuk (ebonit) mutlaqo bo‗kmaydi. Chiziqli tuzilishga ega bo‗lgan rezol fenol-
formaldegid polimerlar atseton va spirtda yaxshi eriydi. Xuddi shu erituvchilarda rezitol chekli 
bo‗kadi, rezit hatto biroz bo‗lsa-da bo‗kmaydi. 

Download 438,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish