62. Valentlik tushunchasi
Valentlik (lot. valentia — kuch) — maʼlum element atomining boshqa element atomi bilan kimyoviy bogʻ hosil qilib birlashish yoki almashish xususiyati. V. tushunchasini fanga 1852-yilda E. Franklend kiritdi. Rus kimyogari A. M. Butlerov kimyoviy tuzilish nazariyasini kashf qilishida V. muhim rol oʻynadi.D. I. Mendeleyev elementlarning davriy sistemadagi oʻrni bilan V. Oʻrtasida bogʻlanish borligini isbotladi hamda oʻzgaruvchan V. tushunchasini kiritdi. 1897 i. elektronlar ochilishi bilan V.ning elektron nazariyasiga asos solishga harakat qilindi (ingliz fizi-gi J. Tomson). Nemis fizigi V. Kossel nazariyasiga (1916) muvofiq, elementlar yoki elementlar guruhi oʻzaro birikkanda bittasi elektron beradi, ikkinchisi esa bu elektronni qabul qilib oladi. Berilgan elektron soniga qarab musbat V., qabul qilib olingan elektron soniga qarab manfiy V. deb aytiladi. Shunga koʻra, natriy musbat bir, xlor esa manfiy bir valentlikka ega. Lekin elementlar kovalent bogʻ hosil qilib birikkanda elektron bermaydi va biriktirmaydi. Amerikalik fizik-kimyogar G. N. Lyuis nazariyasi boʻyicha V. element atomlari elektron jufti — kovalent bogʻ hosil qilish uchun bergan elektronlar soniga teng . V. Kossel va G. N. Lyuis nazariyalari V. mohiyatini toʻla ochib bermadi. Atomning kvant mexanikasi nazariyasi yuzaga kelgach (1926), V.ning mohiyati oydinlashdi. Bu nazariyaga muvofiq, V. juftlanmagan (yakka) elektronlar soniga teng . Mas., ishqoriy metallar atomining tashqi elektron qavatida bitta elektron bor. Shunga koʻra ular bir V.dir. Baʼzi atomlarda juftlanmagan elektronlar reaksiya jarayonida hosil boʻladi. Mas., uglerod atomining tashqi qavatida juftlanmagan ikkita elektron bor. Reaksiya paytida juftlangan ikki elektron yakkalashib, juftlanmagan ikkita elektron beradi. Shunday qilib, juftlanmagan elektronlar soni toʻrttaga yetadi. Baʼzan atomlar taʼsirlanib boshqa valent holatiga oʻtishi, bitta elektronni boshqa atomga berishi yoki boshqa bir atomning elektronini biriktirib olishi mumkin.Kimyoviy belgi – element lotincha nomining bosh harfi yoki bosh harfidan keying harflardan birini qo’shish orqali ifodalanadi.Kimyoviy belgi kimyo tilining alifbosi hisoblanadi.(1813-yil Berselius kimyoviy belgi tushunchasini fanga kiritgan)M; lotincha Hidrogenium (Gidrogenium)-H vodorodHidrargirum (Gidrargirum)-Hg simob.Valentlik – bir element atomini boshqa bir element atomlarini biriktirib olish qobilyati. Valentlik tushunchasini fanga Franklent kiritgan.Valentlik olchov birligi sifatida vadarodning valentligi qabul qilingan.vadarod atomining valentli ozgarmas I-VALENTLI.Valentlik Rim raqami bilan belgilanadi. Valentlik ikki xil bo’ladi.I – valentli - H,F,Li,Na,K,Rb,Cs,Fr I va II valentli - Cu,Ag,Hg II – valentli - O,Be,Mg,Ca,Sr,Ba,Zn II va III valentli - Fe,Co,Ni III – valentli - B,Al,Ga,In,Tl II va IV valentli – C,Si,Sn,Pb III va V valentli – P,As,Sb II,III va VI valentli – Cr II,IV va VI valentli – S,Se,Te I,II,III,IV va V valentli – N I,III,V va VII valentli – Cl,Br,I II,III,IV,VI va VII valentli – Mn Indeks – modda molekulasi tarkibidagi atomlar sonini ko’rsatuvchi son.Atomning o’ng taraf pastki qismiga yoziladi.Koefitsent –modda miqdorini ko’rsatuvchi raqam.Kimyoviy reaksiyalarda moddalar oldiga qo’yiladigan raqam
Do'stlaringiz bilan baham: |