13-bob. “O’TY” aj ning iqtisodiy faoliyat boshqarmalari


Yo’l xo’jaligi boshqarmasi



Download 1,03 Mb.
bet5/45
Sana02.05.2020
Hajmi1,03 Mb.
#48745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
TYT Menejmenti 13-19 bob LOTIN

14.2. Yo’l xo’jaligi boshqarmasi

Yo’l xujaligi - temir yo’l transportining asosiy tarkibiy qismi. Yuk va yo’lovchilarni tashish iqtisodiy samarasi va sifati yo’l ustki qurilmalarining quvvati va uning texnik holatiga bog’liqdir.

Yo’l va yo’l qurilmalarining texnik jihozlanganligi ularning texnik ko’rigining takomillashuvi, poezdlar harakati xavfsizligini va uzluksizligini ta’minlab, tashish rejasini bajarilishini belgilaydi, ekspluatastion va iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilanishiga olib keladi.

Yo’l xujaligi temir yo’l transportida eng ko’p kapital sarf-harajatlari, mehnat sarflarini va material sarf-harajatlarini o’z ichiga oluvchi xo’jalik hisoblanadi. Yo’l uchastkalarini va o’rmonlarini himoya qilish harajatlarida 85-90 foizni tashish harajatlari va 10-15 foizini yordamchi -ko’makdosh faoliyat bo’yicha harajatlar tashkil etadi. Yo’l xo’jaligining barcha tashish harajatlari 48 foizini yordamchi - ko’makdosh faoliyat buyicha harajalar miqdori 52 foizga teng, ishlab chiqarish tannarxi harajatlari - 39,4 foizni tashkil etadi.

Temir yo’l xo’jaligi tarkibiga temir yo’llarning joriy ta’minoti va ta’mirlanishini ta’minlovchi barcha inshootlar va qurilishlar bilan birgalikda temir yo’llar; ishlab chiqarish, xizmat-texnik maqsaddagi ob’ektlarga ega bo’linmalar kiradi.

Yo'l xo'jaligini boshqarishning asosiy vazifasi-poezdlar belgilangan tezlik bilan uzluksiz va xavfsiz harakatlanishini kafolatlaydigan yo'l, uning inshootlari va jihozlarining holatini ta'minlashdan iborat

Ushbu vazifalarning bajarilishi yo'l xo'jaligi ob'ektlarining holatini tizimli nazorat qilish va nazorat qilish asosida amalga oshiriladi, ularning nosozligi va buzilishiga olib keladigan sabablarni aniqlash va oldini olish, ta'mirlash va mavjud texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha ishlarning belgilangan texnologik ketma-ketligi bo'yicha zarur hajmlarda bajarilishi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish orqali operastiyalarning ancha yuqori sifatini va temir yo’llarning keyingi uzoq muddatli barqarorligining saqlanishini ta’minlovchi mashinali komplekslarning temir yo’llar ishlarida foydalanish imkoniyati paydo bo’ldi. Ulardan biri «Plasser va Toyrer» Avstriya firmasining yuqori unumdorlikka ega bo’lgan temir yo’llar: ballast tozalovchi RM-80 mashinalari, «Duomatik» 08-32 qoquvi-rixtalovchi mashinalari, SSR-110 ballasti rejalashtirgichi, DGS-62 temir yo’l stabilizatori, ART-500 relslarnni payvandlovchi mashinalar, EM-120 temir yo’llarni o’lchash vagoni kiradi. «Jeysmar»firmasidan bir smenali shpalalar bo’yicha yuk drezinalari va mashinalar komplekslari.

Temir yo’l yo’llarini tiklash va mukammal ta’mirlash bo’yicha temir yo’l yo’l mashinalaridan foydalanish tufayli, «O’TY» AJ yo’l xo’jaligi ishlarining unumdorligi ham oshdi. Ulardan shuningdek temir yo’lni joriy ta’minlashda va yangi liniyalarni qurishda ham foydalaniladi. Ushbu barcha mashinalar tortish birligini (teplovozni) talab qilmaydigan o’ziyurar mashinalar hisoblanadi.

2003 yilda RSP-14 relslarni payvandlash korxonasi negizida «Jeysmar»kompaniyasi (Franstiya), «Pskovelektrosvar» OAJ (Rossiya) uskunalari bilan jihozlangan texnologik liniya foydalanish uchun ishga tushirilgan edi. Ushbu liniya ishga tushirilishi bilan yuqori sifatli o’rma qamchilarni chiqarish oshdi, va bu rejalashtirilgan relsli yo’llarning tutashmalarini pardozlash va payvandlash ishlarining bajarilishini tezlashtirdi.

Yo’l xo’jaligini boshqarishning asosiy vazifasi belgilangan tezliklarda poezdlarning uzluksiz va xavfsiz harakatlanishiga kafolat beruvchi temir yo’l, uning inshootlari va qurilishlarining holatini ta’minlash bo’ldi va shunday bo’lib qoladi. Ushbu vazifalarni bajarish, nosozliklar va shikastlanilarni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va oldini olish orqali yo’l xo’jaligi ob’ektlarini doimiy ravishda tekshirish va nazorat qilish asosida, ta’mirlash va joriy ta’minot ishlarini belgilangan texnologik ketma-ketligi bo’yicha zarur hajmlarda bajarish orqali amalga oshiriladi.

Yo’l xo’jaligi korxonalari yangi temir yo’llar liniyalari va raz’ezdlarining qurilishida faol ishtirok etadilar.

Yo'l xo'jaligi 28 ta korxona tomonidan 15 ta yo'l masofasi (PCh), 6 ta yo'l mashina stansiyasi (PMS), 2 ta Himoya qiluvchi ko’chatlar distanstiyalari (PChL), 2 ta shag'al zavodi ("Granit" AJ va "Jumurtau kareri" AJ), 1 ta yo'l ustaxonasi (PDM) va 1 ta rels payvandlash poyezdi (RSP) faoliyat ko'rsatmoqda.

"Eyvalekmahsustemirbeton" AJ-O'zbekiston Respublikasida temir-beton shpallar, ko'priklar va temir-beton quvurlar uchun inert materiallar ishlab chiqarish bo'yicha yagona korxonadir.

"Granit" AJ va "Jumurtau karyer" AJ yo'l ishlari uchun shag’adl yetkazib beradi.


Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish