13-BOB. “O’TY” AJ NING IQTISODIY FAOLIYAT BOSHQARMALARI
13.1. “Iqtisodiy tahlil va prognozlash” boshqarmasi, tarkibiy tuzilishi va vazifalari
Iqtisodiy tahlil va prognozlash boshqarmasi “O’TY” AJ ijroya organining mustaqil tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va “NN” telegraf shifriga ega hamda boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari tomonidan boshqariladi.
Boshqarmaning asosiy vazifalari
- “O’TY” AJ korxonalarining prognoz ko’rsatkichlari ishlab chiqish
- Boshqa boshqarmalar va xizmatlar bilan birgalikda jamiyatning biznes-rejasini ishlab chiqish
- Bozor tamoyillariga mos ravishda jamiyatning iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish
- Jamiyatga qarashli korxonalarning prognoz ko’rsatkichlarining bajarilishini nazorat qilish
- Kapital qo’yilmalar, moliyaviy, mehnat, moddiy resurslar, ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqishda qatnashish.
Boshqarma o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funkstiyalarni bajaradi:
“O’TY” AJning korxonalari, tarkibiy tuzilmalari, markazlari va boshqa boshqarmalari bilan xamkorlikda yillik va istiqbol rejalari uchun takliflar ishlab chiqish;
Ishlab-chiqarish iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha, asosan pudrat, sanoat faoliyati va ijtimoiy sohaning yillik va istiqbol prognozi loyihasini shakllantirish;
“O’TY” AJning biznes rejasini ishlab chiqish va uni jamiyat Kengashi a’zolari bilan muxokama qilish;
“O’TY” AJning mavjud moddiy, moliyaviy va boshqa resurslari hisobiga barcha korxonalar balansli va proporstional rivojlanish prognozini ta’minlash;
“O’TY” AJ korxonalari talabini qondirish bo’yicha zaruriy choralar ishlab chiqish va xo’jalik faoliyatida yuzaga kelgan iqtisodiy masalalar bo’yicha qaror qabul qilish uchun takliflar tayyorlash;
Ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish prognozi bajarilishining borishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish hamda “O’TY” AJning ijroya apparati bo’limlari, markazlari va boshqarmalari bilan birgalikda prognoz ko’rsatkichlarining bajarilishi jarayonida yuzaga kelgan muammo va etishmovchiliklarni bartaraf etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
O’zbekiston Respublikasi davlat organlari uchun “O’TY” AJ faoliyat natijalari bo’yicha tahliliy materiallarni tayyorlash va o’z vaqtida etkazish;
“O’TY” AJning barcha tuzilmalarining iqtisodiy faoliyatini yaxshilash bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish;
Ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarning tannarxini pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;
“O’TY” AJning tijoriy, xizmat va maxfiy ma’lumotlari himoya qilish bo’yicha zaruriy choralarni o’z vaqtida amalga oshirish hamda maxfiylik tartibini ta’minlash;
Axborot-kommunikastiya tarmoqlari orqali uzatiladigan ma’lumotlar maxfiyligini va axborot xavfsizligini ta’minlash;
“O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJ mutaxassislari bilan birgalikda yo’lovchi tariflarini ishlab chiqish;
Yo’lovchi tashish bo’yicha xalqaro me’yoriy xujjatlarga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish maqsadida o’tkaziladaigan xalqaro anjumanlar va majlislarda qatnashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |