13-bob. “O’TY” aj ning iqtisodiy faoliyat boshqarmalari


-BOB. MINTAQAVIY TEMIR YO’L UZELLARI FAOLIYATINI BOSHQARISH



Download 1,03 Mb.
bet10/45
Sana02.05.2020
Hajmi1,03 Mb.
#48745
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
TYT Menejmenti 13-19 bob LOTIN

15-BOB. MINTAQAVIY TEMIR YO’L UZELLARI FAOLIYATINI BOSHQARISH

15.1.Mintaqaviy temir yo’l uzellari: tashkiliy tuzilishi va vazifalari
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 28 mayda davlat ro’yxatidan o’tkazilgan “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruv raisining 2015 yil 4 avgustdagi 308-N-sonli “O’zbekiston temir yo’llari” AJni restruktizastiya qilish to’g’risidagi buyrug’iga asosan mintaqaviy temir yo’l uzellari “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tarkibiy tuzilmasiga kiritilgan.

Mintaqaviy temir yo’l uzeli jamiyatning tarkibiga kiradi va belgilangan chegaralarda iste’molchilarga temir yo’l transporti xizmatlarini taqdim etuvchi yuridik maqomga ega tarkibiy bo’linma hisoblanadi.

Uzel «O’zbekiston temir yo’llari» akstiyadorlik jamiyatining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. Uzelning boshqarish apparati uning tarkibiga kiruvchi bo’linmalarga nisbatan xo’jalik boshqaruvining yuqori turuvchi organi xisoblanadi.

Uzelning faoliyati O’zbekiston Respublikasi konstitustiyasi,O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qaror va farmoyishlari,temir yo’l transportida xarakat havfsizligini nazorat qilish bo’yicha Davlat inspestiyasi qarorlari, yuklarni tashish qoidalari, kompaniya boshqaruvi raisi buyruqlari, boshka me’yoriy xujjatlar, shuningdek, ushbu uzel Ustavi asosida amalga oshiriladi.

Uzel ustavi akstiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi tomonidan tasdiklanadi va mahalliy xokimiyat organlari tomonidan ro’yxatga olinadi.

Uzel yuridik shaxs xisoblanib, mustaqil balansga, bank muassasalarida xisob raqamiga, mustakil buxgalteriya va statistika xisobotiga, yumaloq ramzli muxr va burchak shtampiga ega.

Akstiyadorlik jamiyat va uzel o’rtasidagi moliyaviy-xo’jalik aloqalar xamda uzel va uning bo’linmalari orasidagi munosabatlar tasdiklangan Nizom orqali boshqariladi.

Mintakaviy temir yo’l uzelining asosiy vazifalari:



  • aholi va xo’jalik sub’ektlarini temir yo’l tashishlariga bo’lgan extiyojini to’la va o’z vaqtida qondirish;

  • tashuvlar mintaqaviy bozor kon’yunkturasini o’rganish, ularning infratuzilmasini shakllantirish, shuningdek temir yo’l tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

  • temir yo’l transportining xizmat ko’rsatadigan xudud doirasida barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, foydalanuvchilarga keng ko’lamda temir yo’l xizmatlarini ko’rsatish;

  • joylardagi davlat xokimiyati boshqaruv organlari bilan birgalikda temir yo’l transporti bo’linmalarining moddiy-texnika ba’zasini mustaxkamlashga doir chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish;

  • xizmat ko’rsatiladigan xududdagi temir yo’l tarmoqlariinng barqaror ishlashini, xamda temir yo’llarning o’tkazish qobiliyatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • O’zbekiston Respublikasi chegaralari orqali yuk va yo’lovchilarni tashish borasida joylardagi bojxona va soliq organlari,chegara xizmati bilan aniq muvofiqlashtirilgan xolda o’zaro xamkorlikni ta’minlash.

Uzel o’z zimmasidagi vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funkstiyalarni bajarishni ta’minlaydi:

a) tashish jarayoni doirasida:

- belgilangan yuk tashish rejalarini bajarishni ta’minlash;

- belgilangan chegaralar doirasida, shu jumladan davlatlararo tutash punktlari orqali, chegaralar bojxona va xuquqni ximoya qilish organlari bilan birgalikda yuk va yo’lovchi poezdlarini to’siqsiz o’tishini ta’minlash;

- Uzel mintaqaviy bo’linmalaridagi barcha texnik jixozlarni shay xolda tutish;

- yuk tashish xujjatlarini to’ldirish qoidalariga rioya kilish;

- yong’in xavfsizligini, yuk, pochta, bagaj tashish, xamda transport vositalari xavfsizligini ta’minlash;

- favqulodda vaziyatlarning vujudga kelish sharoitlarida tadbirlarni bajarishni tashkil qilish;

- tashish jarayonida qatnashuvchi barcha bo’linmalarning o’zaro aniq xamkorligini ta’minlash;

- portlovchi, tez yonuvchi va zaxarli moddalarni tashish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko’rish;

- temir yo’l transport vositalarini falokatsiz tashish chora-tadbirlarini tashkil qilish va bajarish;

- davlat sirlarini va xizmatga taalluqli ma’lumotlarni tarqalishini oldini oluvchi chora-tadbirlarni ko’rish;

b) iqtisod va moliya soxasida:

- bo’linmalarni xo’jalik boshqaruvini tashkil kilish;

- Uzel tarkibiga kiruvchi bo’linmalarning barcha faoliyat turlari bo’yicha moliyalashni tashkil qilish;

- uzel O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya xisobi xaqida»gi qonuni bo’yicha, buxgalterlik xisobining milliy standartlariga muvofik xolda buxgalterlik hisobini yuritadi. Moliyaviy va statistik xisobotni amaldagi qonunchilik xujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiradi;

- Uzel belgilangan tartibda akstiyadorlik jamiyatiga, solik va boshqa davlat idoralariga amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq ravishda o’z moliyaviy-xo’jalik faoliyatining natijalari xaqidagi zarur bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etadi;

- temir yo’l xizmatlar uchun barcha to’lovlarni o’z vaqtida va to’la undirish, xamda ularni jamiyatning asosiy daromad xisob raqamiga o’tkazish;

- tashilgan yuklar uchun debitor qarzlarni va uni tugatilishini nazorat kilish va uni xisobga olish, debitor qarzlarni undirish bo’yicha xujjatlar tayyorlash va uni xo’jalik sudiga oshirish;

- bekatlardagi yuk-tovar idorasida o’ta muxim bo’lgan xujjat varaqalarini saqlashni ta’minlash;

- uzel bo’linmalari moliyaviy-xujalik faoliyatining istiqbol ko’rsatkichlarini tuzish;

- transport texnika vositalarini xamda imorat va ishoatlarini ta’mirlashni tashkil qilish;

- Uzel xodimlarining ish xaqlari va mukofotlash tizim va turlarini aniqlash xamda bu ishlarni bo’linmalarda nazorat qilish;

- sof tushumning (amaldagi qonunchilik asosida) belgilangan miqdorida nafaqa jamg’armasiga badalllar, qo’shimcha qiymatga soliq, daromadga soliqlar to’lovlaridan, xamda avtomobil yo’llar ta’miri va qurilishiga chegirmalar, infratuzilmani rivojlantirish uchun soliqlardan tashqari xamma turdagi soliqlar va chegirmalar to’lovlari va xisoblarini amalga oshirish;

- bekatlardan va davlatlararo tutash punktlardan Karshi texnologik markazi va «Uztemiryo’lxisob» markaziga tashish xujjatlari xamda undirilgan to’lovlar bo’yicha xisobotlarni o’z vaktida etkazish;

- debitor va kreditor qarzlarni kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar tuzish va uni bajarish;

- uzel tarkibiy bo’linmalari xodimlarini mukofotlash Nizomini tasdiqlash;

- Uzel xamda tarkibiy bo’linmalar iktisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining istiqbol rejalarini tuzish;

- qurilish-montaj pudrat ishlarini amalga oshirish;

- o’zining tarkibiy bo’linmalariga va chet tashkilotlarga materiallar sotish;

- xo’jalik sudlarida va boshqa davlat organlarida Uzel va tarkibiy bo’linmalari xuquq va manfaatlarini muxofaza qilish.

v) texnik siyosat soxasida:

- yangi texnika va texnologiyalarni, ilg’or tajribalarni joriy etish, ixtiro, rastionalizatorlik va patent-listenziyalash faoliyatini rivojlantirish;

- atrof-muxitni zararli chiqindilardan saqlash va ekologik toza texnologiyalarni, jarayonlarni va zararli chiqindilarni kamaytiradigan transport vositalarini keng joriy etish.

g) moddiy-texnika ta’minoti soxasida:

- Uzel mintaqaviy bo’linmalarining asosiy vositalarini soz xolatda tutish va ularni normal xolda ishlatish uchun kerakli bo’lgan extiyot qismlar, xamda yoqilg’i-energetika resurslari bilan ta’minlash;

- falokatlar, avariyalar va boshqa nazarda tutilmagan xodisalarning oqibatlarini bartaraf etish uchun moddiy-texnika resurslarining barcha turlaridan zaxiralar tashkil etish;

- resurslar va energiyani tejash bo’yicha ishlarni tashkil etish;

- favkulotda vaziyatlarda Uzelning safarbarligini ta’minlash uchun moddiy-texnika resurslari zaxiralarini tuzish va tayyorligini ta’minlash;

d) kadrlar, mehnat va ijtimoiy masalalar soxasida:

- xodimlarni saralash, ularning xizmatda o’sishini, ma’suliyatini oshirishni, rag’batlantirilishi va ijtimoiy muxofazasi bilan shug’ullanish;

- Uzel extiyoji asosida kadrlarni kasbiy va iqtisodiy o’sishini tashkil etish;

- o’quv muassasalarida mutaxassislar va ommaviy kasblar bo’yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;

- samarali kadrlar tayyorlash siyosatini o’tkazishni ta’minlash;

- poezdlar xarakati bilan bevosita bog’liq bo’lgan Uzel xodimlarining aloxida toifasi uchun dam olish vaqti, ish vaqti rejimini bajarishni ta’minlash;

- Uzel xodimlari attestastiyasini o’tkazish, ishlab chiqarish madaniyatini oshirish, mexnat va texnika xavfsizligini ta’minlash.

Yuqorida sanab o’tilgan vazifalardan tashqari, Uzel temir yo’l transporti ob’ektlaridan foydalanish qoidalari, manyovr ishlari va poezdlar xarakati xavfsizligini ta’minlash talablarini o’z bo’linmalari tomonidan bajarilishini nazorat kiladi.

MTUlar quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha ishlab-chiqarish ekspluatastiya faoliyati bo’yicha hisobot yuritadi:



-jadval


Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish