11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Ta‘lim jarayoni tizimini demokratlashtirish va insonparvarlik qoidasi



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/352
Sana07.07.2021
Hajmi2,82 Mb.
#111185
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   352
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

Ta‘lim jarayoni tizimini demokratlashtirish va insonparvarlik qoidasi. 
 
Buning  mohiyati,  shundaki,  bizdagi  barcha  xalq  ta‘limi  tizimiga  kiruvchi 
muassasalarda  berilayotgan  ta‘lim  va  tarbiya  insonlarni  ularning  moddiy  va 
ma‘naviy kamolotini, aql zakovatining o‘sishini va nihoyat, o‘zligini bilim va haq 
huquqlari  uchun  kurashadigan  chin  vatanparvar  bo‘lib  еtishishlarining  maqsad 
qilib qo‘yadi.  
 
Ta‘lim jarayonida har qaysi o‘quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish 
qoidasi. 
 
Har  bir  o‘quvchim  o‘ziga  xos  jismoniy  axloqiy,  ruhiy  va  boshqa 
xususiyatlarga egaki, bu uning o‘quv faoliyatiga katta ta‘sir etadi.  
 
Shu jihatdan ta‘lim jarayonida umumsinf o‘quvchilarini hamda shu sinfdagi 
har qaysi o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ish ko‘rish 
muhim didaktik ahamiyatga ega.  
Uzluksiz  ta‘lim  kadrlarni  tayyorlash  tizimining  asosi  va  kadrlar  tayoyrlash 
milliy  modeliniig  tarkibiy  qismlaridan  biri  deb,  ta‘kidlanadi  kadrlar  tayyorlash 
milliy  dasturida.  Uzluksiz  talim  tizimi  o‘quv-tarbiya  jarayonining  hamma 
bosqichlarini qamrab oladi hamda har tomonlama еtuk barkamol avlodni еtishtirish 
uchun  shart-sharoitlar  yaratadi.  Shu  sababli  mamlakatimizda  kadrlar  tayyorlash 
milliy  dasturi  asosida  uzluksiz  ta‘limni  tashkil  qilish  va  rivojlantirishniig  asosiy 
tamoyillari  (prinstiplari)  belgilanadi.  Bular  ta‘limning  ustuvorligi,  ta‘limning 
demokratlashuvi,  ta‘limning  insonparvarlashuvi,  ta‘limning  ijtimoiylashuvi, 


ta‘limning  milliy  yo‘nalganligi,  ta‘lim  va  tarbiyaniig  uzviy  bog‘liqligi,  iqtidorli 
yoshlarni  aniqlash,  yuqori  darajada  bilim  olishlari  uchun  shart-sharoitlar  yaratish 
kabilar.  Jamiyat  talab  qilayotgan  uzluksiz  ta‘limga  tegishli  bu  qonun-qoidalar 
o‘qitish,  bilim  berish,  ya‘ni  ta‘lim  jarayoniga  ham  samarali  tasir  ko‘rsatadi. 
Pedagogikada  ta‘limning  ilmiy-nazariy,  uslubiy  asoslari  alohida,  ya‘ni  didaktika 
qismida o‘rganiladi. Bu jarayonda ta‘lim prinstiplariga ham alohida to‘xtaladi. 
Ta‘lim (O‘qitish) jarayoni murakkab hamda ko‘p qirralidir. Unda o‘qituvchi 
va  o‘quvchilar  faol  ishtirok  etadilar.  Bu  jarayonning  muvaffaqqiyatli  va samarali 
natijasi  ta‘lim  jarayonining  qonun-qoidalari,  yani  talimga  qo‘yilgan  didaktik 
talablarga qay darajada amal qilishlariga bog‘liq. 
O‘qitish  bilish  faoliyatining  ajralmas  qismi  sifatida,  insonning  tevarak-
atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonunlari asosida sodir bo‘ladi. Shu sababli 
shaxsni  o‘qitish,  tarbiyalash,  barkamol  avlod  bo‘lib  еtishtirish  jarayonida  bir 
butunlikda  amalga  oshirish  zarur.  O‘qituvchi  qachonki  ta‘lim  tamoyillaridan 
xabardor  bo‘lgandagina  uni  samarali  boshqarish,  o‘qitishning  samarali  usullarini 
to‘g‘ri  tanlash imkoniyatiga  ega bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham  o‘qitish tamoyillari 
ta‘lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri hal 
qilishning asosiy negizi hisoblanadi. 
Ta‘lim  tamoyillari  o‘quv  yurtlari  oldida  turgan  ulkan  vazifalar  asosida 
belgilanadi.  Ular  o‘zaro  bir-biri  bilan  mustahkam  bog‘liq  holda  bir  sistemani 
tashkil  etadi,  har  bir  darsda  didaktik  tamoyillarning  bir  nechasi  ishtirok  etishi 
mumkin.  Ular  ta‘lim  oldida  turgan  asosiy  maqsadlarni  hal  etishga  o‘z  hissasini 
qo‘shadi.  Talim  tizimi  isloq  qilinayotgan  hozirgi  jarayonda  o‘quvchi-talabalarga 
mustahkam  bilim  berish,  ularni  erkin,  mustaqil  fikrlay  oladigan  insonlar  qilib 
tarbiyalashda, ta‘lim tamoyillarining mohiyatini chuqur anglash va hayotga tadbiq 
etish muhim muammolardan biridir. 
O‘quv  yurtdarida  beriladigan  bilim  ilmiy  xarakterga  ega  bo‘lishi  fan-
texnikaning  so‘nggi  yutuq  va  kashfiyotlarini  o‘zida  ifoda  etishi  lozim.  Shunday 
ekan, o‘qituvchi ilm-fandagi yangiliklardan xabardor bo‘lishi lozim, o‘quv fanlari 
ham  ilm-fan  asosida  yaratiladi.  O‘qitishniig  ilmiylik  tamoyillari  ta‘lim  jarayonida 
o‘quvchi-talabalarni  hozirgi  zamon  fan-texnika  taraqqiyoti  darajasidagi  ilmiy 
bilimlar bilan quroldantirish, ayniqsa talaba yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan 
tanishtirib borishga qaratilgan. 
Ilmiylik  ta‘limning  mazmuniga  ham,  usullariga  ham  aloqadordir.  Shunday 
ekan,  bilim,  ilm-fan  bilan  o‘quv  predmeti  o‘rtasida  hamkorlik  o‘zaro  bog‘liqlik 
bo‘lishiga erishish lozim. 
Ta‘limning hamma bosqichlarida ilmiy izohlardan foydalanmoq lozim. 
Nazariy  bilimlarning  amaliyot  bilan,  turmush  tajribalari  bilan  bog‘lab  olib 
borish  ta‘limning  еtakchi  qoidalaridan  hisoblanadi.  Ta‘lim-tarbiya  sohasidagi 
yutuqlar,  eng  avvalo  nazariya  bilan  amaliyotning  o‘zaro  bog‘liqligiga  asoslanadi. 
Shundagina  o‘quvchi-talaba  o‘rganayotgan  o‘quv  materiallarining  tub  mohiyatini 
tushunib  еtadi  va  amaliyotda  ulardan  foydalana  oladi.  Buning  uchun  o‘qituvchi 
ta‘lim  jarayonida  o‘quvchilarning  faol  ishtirok  etishlariga  erishmoq  lozim.  Faol 
ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o‘zlashtirishga olib keladi. 


Ta‘limdagi  onglilik  va  faollik,  o‘quvchidagi  ko‘tarinki  kayfiyat,  ko‘proq 
bilishga  intilish,  mustaqil  fikrlash  va  xulosalar  chiqarishga  undaydi.  Bilimlarni 
ongli  va  faol  o‘zlashtirish  o‘qitish  jarayonining  psixologik  tomonlarida  o‘z 
ifodasini topadi. 
O‘qitishda  nazariy  bilimlar  qanchalik  haytiy  bayon  etilsa,  o‘quvchi 
talabaning  fikr  yuritishi  ham  shunchalik  aniq  va  ravshan  bo‘ladi  va  o‘quv 
materiallarini  ongli  o‘zlashtirish  darajasi  ham  ortadi.  Ta‘lim  tizimi  isloh 
qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda 
bilim  olishga  intilishi  talab  qilinadi.  Buning  natikasida  bilimlarni  o‘zlashtirish 
jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday sharoitda o‘quvchi o‘quvchining mashg‘ulotlarga 
munosabat  va  bu  jarayonda  o‘zini  qanday  tutishta  e‘tibor  bermog‘i  lozim. 
Yoshlardagi  o‘qish  istagi  ta‘lim  jarayonining  zaruriy  va  mantiqiy  qismidir. 
Shunlay ekan, ta‘limning samaradorli o‘qituvchining o‘quvchilarni o‘qishga izchil 
va  muntazam  qiziqtirib  borishiga  bog‘liqdir.  Buning  uchun  o‘qituvchi,  ularni 
o‘qishga stjodiy munosabatda bo‘lishga, mustaqillikka, ishchaklikka odatlantirishi 
lozim. 
Ta‘lim jarayoni, uning mazmuni, unda ko‘tarilgan hayotiy masalalar yoshlar 
tarbiyasiga  ijobiy  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Shu  sababli  ta‘lim,  shaxs  shakllanishining 
asosiy manbaidir. 
O‘qitib,  tarbiya  berish  deganda  bizda  ta‘lim  va  tarbiyaning  bir-biridan 
ajralmasligini  tushunamiz.  Shunday  ekan,  maktab  obro‘si,  o‘qituvchi  obro‘si, 
avvalo darsda shakklanadi. Til va adabiyot darsimi, matematika darsimi har doim 
ularniig  tarbiyaviy  imkoniyatlarini  ko‘ra  bilish,  tarbiya  usullaridan  foydalanish 
lozim. 
O‘quvchi-talaba ilmiy bilimlarni o‘zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi ham, 
irodasi va axloqiy sifatlari, imon–e‘tiqodi va qobiliyati ham o‘sib rivojlanib boradi. 
Ta‘limning  tarbiyaviy  imkoniyatlarkdan  foydalanishda  o‘qituvchi  avvalo 
ta‘limni  uslubiy  jihatdan  to‘g‘ri  tashkil  etishga,  o‘quv  materiallarining  mazmuni 
bilan  bog‘liq  tarbiyaviy  masalalarni  aniq  belgilashga  va  bilim  olishga  qiziqtira 
olishga  bog‘liqdir.  Shu  bilan  birga,  o‘qituvchining  o‘quvchilar  oldidagi  obro‘-
e‘tibori ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir. 
O‘qitish  jarayonini  ko‘rgazmali  tashkil  etish  zarur.  Ham  eshitish,  ham 
ko‘rsatish  orqali  o‘quv  materiallarini  idrok  qilish,  ularni  ongli  va  puxta 
o‘zlashtirish,  bilimlarni  turmushdagi  zaruriyatini  anglab  еtishlariga  asos  soladi, 
diqqitni barqarorlashtiradi. Shuniig uchun ko‘rgazmali materiallar o‘rganilayotgan 
mavzuniig mazmuniga mos kelish, O‘quvchi-talabaning yoshi va bilim darajasiga 
muvofiqlashgan  bilishi,  hamda  ulardan  foydalanishning  samarali  yo‘l  va 
vositalarini  qo‘llash  va  ishlab  chiqish  lozim.  Ko‘rsatmali  materiallar  o‘quv 
predmetlarinkng  xarakteri  va  mazmuniga  qarab  turli-tuman  bo‘lishi  mumkin. 
Jumladan: 
a) buyum va narsalarni asli tabiiy holda ko‘rsatish (o‘simliklar, hayvonlar, gerbariy 
va  kollekstiyalar,  laboratoriya  mashg‘ulotlariga  namoyishlar,  ekskursiyalar 
chog‘ida ko‘rsatiladigan buyum, narsalar). 
b)  tasviriy  ko‘rsatmali  materiallarni  namoyish  qilish  (rasmlar,  fotosuratlar, 
diafilmlar va diapozitivkar, kinofidmlar va boshqalar). 


v) narsa va buyumlarni shartli belgilar orqali ko‘rsatish (O‘quv xaritadari, sxema, 
jadval va maketlar). 
g) ovozli ko‘rsatmali materiallar (gramplastikka, magnitofondagi yozuvlar, ovozli 
kino filmlar). 
Bilimlar turli hil vositalari orqali puxta o‘zlashtirilgandagina, u mustahkam 
esla  qoladi,  bu  esa  o‘quv  materiallarni  ongli  o‘zlashtirishga,  nazariya  bilan 
amaliyotni  bog‘lashga,  ko‘rsatmalilikka  amal  qilishga  va  bilimlarni  takrorlash 
orqali  mustakamlashga  bog‘liqdir.  Ta‘limning  bosh  maqsadi  esa  bilimlarni 
sistemali va puxta o‘zlashtirishdir 
Ta‘lim  jarayonidagi  muvaffaqiyatlarga  faqat  bilim  berishda    o‘quchi-
talabaning  o‘ziga  xos  shaxsiy  xususiyatdarini  hisobga  olganda  erishish  mumkin. 
Shuning  uchun  o‘qituvchida  bolalar  psixologiyasidan  tegishli  bilimlar  еtarli 
bo‘lishi  lozim.  Dars  jarayonida  shu  sinf  o‘quvchilariga  tegishli  umumiy 
xususiyatlarni  va  har  qaysi  o‘quvchiga  tegishli  xususiyatlar  ta‘limning  har  bir 
bosqichida  e‘tiborga  olinishi  darkor.  Bunga  erishish  uchun  o‘qituvchi 
o‘quvchilarni  kuzatishi  va  ularning  ruhiy  olamini  o‘rganishi  lozim.  Faqat 
shundagina  o‘quvchidagi  kamchiliklarning  kelib  chiqish  sabablari  aniqlanadi  va 
ularni bartaraf qilish uchun izlanishlar olib boriladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish