11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Ta‘limning ilmiy bo‘lish qoidasi



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/352
Sana07.07.2021
Hajmi2,82 Mb.
#111185
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   352
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

Ta‘limning ilmiy bo‘lish qoidasi.  
Tevarak atrofni o‘rab olgan dunyoning qonuniyatlarini, narsa va hodisalarning 
ichki  muhim  xossalarini  va  o‘zaro  aloqalarini  aks  ettiruvchi  bilimlargina  ilmiy 
hisoblanadi.  
Ilmiy  bilimlarni  egallash  jarayonida  o‘quvchilarda  ilmiy  dunyoqarash,  e‘tiqod 
tarkib topadi. Tafakkur rivojlanadi.  
Ta‘limning ilmiy bo‘lish qoidasi ta‘lim jarayonida o‘quvchilarni hozirgi zamon 
fan-texnika  taraqqiyoti  darajasiga  muvofiq  keladigan  ilmiy  bilimlar  bilan 
qurollantirish  yoshlarni  ilmiy  tadqiqot  usullari  bilan  tanishtirib  borishini 
ta‘minlashga qaratilgan.  
Ta‘limda nazariyaning amaliyot bilan bog‘liq bo‘lishi qoidasi.  
 
Bu  qoida  ta‘limning  ilmiy  qoidasi  bilan  mustahkam  bog‘langandir. 
O‘quvchilar  ilm  bilan  qurollanar  ekan,  ilmni  nazariy  jihatdan  o‘rganar  ekan, 
ilmning amaliy ehtiyoj tufayli paydo bo‘lganini, ishlab chiqarish kurslarini qanday 


taraqqiy  etayotganini,  texnika  va  iqtisod  sohasidagi  yangiliklar  ilmni  tobora 
rivojlantira borishini, ilm esa, o‘z navbatida ishlab chiqarishni takomillashtirish va 
hayotni  yaxshilashga  yordam  berishini  bilib  boradilar.  Binobarin, barkamol  inson  
tarbiyasini  maqsad  vazifalarini  ham,  ta‘limning  mazmuni  ham,  o‘qitish  usullari, 
ta‘limni  tashkil  etish  shakllari  ham  nazariya  bilan  amaliyotning  birligiga 
asoslanadi.  
 
Maktab ta‘limi tizimida nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasi dastavval 
o‘quv  fanining  mazmuni  va  o‘ziga  xos  xususiyatiga  bog‘liq  xolda  o‘qish 
jarayonida amalga oshiriladi.  
 
Ta‘lim  jarayonida  nazariya  bilan  amaliyotning  birligi  qoidasining  izchillik 
bilan  amalga  oshirilishi,  oqibatidagina  o‘quvchilar  o‘quv  materialining  tub 
mohiyatini,  tabiat  va  jamiyat  taraqqiyoti  qonuniyatlarini  ilmiy  asosda  atroflicha 
to‘g‘ri, chuqur tushunib oladilar va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan 
mahorat, ko‘nikma va malakalar hosil qiladilar.  
 
O‘quvchilarni  amaliy  faoliyatga  tayyorlash  nazariy  bilimlarni  egallash 
jaranyoida  boshlanadi.  Keyinchalik  u  laboratoriya  va  amaliy  mashg‘ulotlarda 
davom  ettiriladi.  Bu  mashg‘ulotlarda  o‘quvchilar  o‘qituvchi  rahbarligida  tajriba 
sharoitida 
olgan 
bilimlarining 
ishonarli 
ekanligini 
tekshiradilar, 
mustahkamlaydilar,  chuqurlashtiradilar.  Bilimlarni  amalda  qo‘llash  malakalarini 
hosil qiladilar.  
 
Ta‘limda onglilik, faollik va mustaqilliq qoidasi. 
 
Bu  qoida  o‘qitishni  shunday  tashkil  etishni  nazarda  tutadiki,  bunda 
o‘quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo‘llash usullarni ongli va faol 
egallab  olishadi.  Ularda  ijodiy  tashabbuskorlik  va  o‘quv  faoliyatida  mustaqillik, 
tafakkur, nutq madaniyati va ilmiy dunyoqarashning e‘tiqod tarkib topadi.  
 
O‘qitishning  onglilik  qoidasi  o‘quvchilar  yangi  materialni  idrok  qilishda 
ta‘riflash, 
teoremalar, 
adabiyotdan 
she‘r 
yodlash 
va 
hokazolarning 
ifodalanishnigina  emas,  balki  ularning  hayotiy  hodisalar,  jarayonlar bilan  bog‘liq 
bo‘lgan  mazmuniga  ham  tushunishlarini  talab  etadi.  Aks  holda  bilimlarda 
yuzakilik avj oladi. Bunda material quruq yodlab olingan bo‘ladi. O‘quvchialr uni 
qayta  aytib  bera  oladilar,  lekin  uning  mohiyatini  tushunmaydilar  va  amaliy 
faoliyatlarida qo‘llay olmaydilar.  
 
Bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish o‘quvchilarda bu bilimlarga nisbatan 
ma‘lum  munosabat  hosil  qilishni,  emastional  kechinmalar  uyg‘onishni  ham  o‘z 
ichiga  oladi.  O‘quvchining  bilimlarini  o‘zlashtirishga  faol  munosabatda  bo‘lishi 
uning bilish faoliyatini aktivlashtirishga yordam beradi.  
 
O‘qitish  jarayonida  onglilik  va  faollik  qoidasi  o‘quvchilarda  tafakkur  va 
nutqni rivojlantirishini nazarda tutadi.  
 
Onglilik va faollik qoidasi o‘quvchilarni mehnat va o‘qitishda ijodiy foaliyat 
usullariga  o‘rgatishni  talab  etadi.  O‘quvichilar  faolligini  rivojlantirish,  ularning 
o‘quv  faoliyatlarini  takomillashtirish  tufayli  ayni  vaqtda  o‘qitishda  yuksak 
samaradorlikka erishilar, ya‘ni o‘quv jarayoni tezlashadi.  
 
4. Ta‘limni tarbiyalovchilik xarakteri. 


 
Maktab  o‘quvchilariga  ta‘lim  berish,  tarbiyalash  va  ularning  umumiy 
rivojlanishlarini  bir  butunlikda  amalga  oshirishlari  zarur.  O‘quv  fanlarining  har 
biri,  xatto  ayrim  mavzu  va  mavzuchalari  ham,  shubhasiz,  tarbiyalovchilik 
xarateriga ega.  
 
Ta‘lim  jarayonida  o‘tilayotgan  katta  va  kichik  mavzularning  mazmunidan 
kelib  chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini to‘g‘ri belgilash va uni ta‘lim bilan birga, 
bir  butunlikda  amalga  oshirishni  ta‘minlash  juda  muhim  va  hal  qiluvchi 
ahamiyatga ega.  
 
Maktabda beriladigan ta‘lim bilan tarbiya o‘rtasidagi pedagogik jarayonning 
butunligini ta‘lim etuvchi uzviy birlik hamisha mavjud.  
 
Maktab ta‘limida o‘quvchialr tabiiy fanlarni-matematika, ximiya, biologiya, 
astronomiya  va  boshqa  fanlarni  o‘zlashtirish  orqali  ilmiy  e‘tiqodlari  shakllana 
boradi.  Ular  dunyoni  o‘rganish  mumkinligini  ilmiy  asosda  anglab  oladilar, 
haqiqatga ishonch bilan, yolg‘on narsalarga nafart bilan qaray oladigan bo‘ladilar. 
Ular  ustidan  haqqoniy  hukm  chiqaradilan,  aqll,  idrokli,  imonli  inson  bo‘lib 
еtishidilar.  
 
Maktab  ta‘limida,  gumanitar  fanlarning  ham  tarbiviyaviy  mohiyati  juda 
muhimdir. Tarix fanini o‘rganish orqali o‘quvchilar. Respublikamiz tarixini, uning 
rivojlanish  bosqichlari,  moddiy-madaniya,  ilmiy-siyosiy,  ma‘naviy  jihatdan 
rivojlanishi,  adabiy-badiiy  merosi,  bobokalonlarimiz  tomonidan  qoldirilgan 
qimmatli xazinalar, hozirgicha o‘rganilmay qolgan xalq pedagogikasi durdonalari 
bilan  tanishadilar.  Qo‘yingchi,  sharqona  udumlar,  odatlar  dunyosiga  kirib 
boradilar,  tarixning  chin  ijodkori  xalq  ommasi  ekanligi  haqida  aniq  bilimga  ega 
bo‘ladilar.  
 
Adabiyot va san‘atni o‘rganish o‘quvchilarni chin inson qilib tarbiyalashdagi 
eng zarur shartlardandir.  
 
Ta‘lim-tarbiyaning  birligi  ta‘lim  jarayonining  to‘g‘ri  tashkil  qilish  va 
o‘qitishning  xilma-xil  usul  va  uslublaridan  foydalani  olishga  ko‘p  jihatdan 
bog‘liqdir.  
 
Ta‘limda ko‘rsatmalilik qoidasi. 
 
O‘qitishning  ko‘rsatmaliligi  shuni  tasdiqlaydiki,  agar  o‘quvchilarda 
o‘rganilayotgan  narsa  va  hodisalarni  bevosita  idrok  qilishga  bog‘liq  muayyan 
hissiy-amaliy  tajriba  bo‘lgan  taqdirdagina  ular  bilimlarni  ongli  suratda 
o‘zlashtiradilar.  Bu  qoida  o‘qitish  jarayonida  ko‘rish,  eshitish,  hid  bilish,  ta‘m-
maza  bilish,  teri,  muskul-haraqat  kabi  sezgi  organlarining  bir  yo‘la  obyekt  ustida 
safarbar qilishni talab etadi.  
 
Ta‘limda ko‘rsatmalilik samarali natijalar berish kerak.  
1.  Ishlatiladigan  ko‘rsatmali  qurollar  u  yoki bu  sinf  o‘quvchilarining  yoshi  va 
o‘ziga  xos  xarakter  xususiyatlari  umumiy  tayyorgarligi  mos  keladigan 
bo‘lishi lozim.  
2.  Foydalanadigan  ko‘rsatmali  qurollar  o‘tilayotgan  dars  mavzusining 
mazmunini ochib berishiga yordam beradigan materiallar bo‘lishini hisobga 
olmoq, demak, uning to‘g‘ri tanlanishiga e‘tibor bermoq lozim.  


3.  Dars  jarayonida  foydalanish  uchun  belgilangan  ko‘rsatmali  materiallardan 
unumli  foydalanmoq  uchun  zarur  bo‘lgan  ta‘lim  usullari  to‘g‘ri  tanlangan 
bo‘lishi lozim.  
Maktablarimizda qo‘llanilayotgan materiallarni quyidagicha guruhlarga ajratish 
mumkin.  
1.  Buyum  va  narsalarni  asli,  tabiiy  holicha  ko‘rsatuvchi  materiallar: 
O‘simliklar, hayvonlar, ma‘danlar, gerbariylar va boshqalar.  
2.  Grafiy-ko‘rsatmali  qurollar:  chizmalar,  diagrammalar,  sxemalar  va 
boshqalar.  
3.  Tasviriy-ko‘rsatmali qurollar: rasm, fotosurat, diagrammalar.  
4.  Eshittirish  bo‘yicha  ko‘rsatmalilik,  gramplastinkalar,  chset  el  tillaridagi 
so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga oid. Materiallar.  
5.  Ta‘limda  bilim  ko‘nikma  va  malakalarni  puxta  va  mustahkam  o‘zlashtirish 
qoidasi.  
Ta‘limning  puxta  o‘zlashtirish  qoidasi  muhim  didaktik  talab  va  qoidalarni, 
ya‘ni  o‘quvchilar  tomonidan  tizimli  va  ongli  o‘zlashtirilgan  ilmiy  bilimlarni 
mustahkam, esda saqlab qolish hamda o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni o‘z turmush 
faoliyatlarida qo‘llay olish malakalari bilan qurollashtirishni nazarda tutadi.  
Demak,  puxta  o‘zlashtirishning  xarakterli  belgisi  ta‘limni  mustahkam  esda 
saqlab  qolishdir.  Bu  qoida  o‘quvchilarning  xotira  faoliyati,  ya‘ni  o‘quv 
materiallarini  esda  qoldirish,  esda  saqlash  va  qayta  esga  tushirish  kabi  xotira 
jarayoni faoliyatiga bog‘liqdir.  
 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish