11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/352
Sana07.07.2021
Hajmi2,82 Mb.
#111185
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   352
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

Didaktik kategoriyalar 
Didaktikaning ayrim muhim tushunchalari didaktikaning kategogriyalari deb 
ataladi.  
Ma‘lumot-ta‘lim  va  tarbiya  jarayonida  o‘zlashtirilgan  va  tizimlashtirilgan 
ilmiy  bilimlar,  bilim  olish  ko‘nikma  va  malakalari,  hamda  ular  asosida  tarkib 
topgan 
dunyoqarashlar, 
ahloqiy 
fazilatlar, 
shuningdek,shaxsning 
ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirish yig‘indisidir. 
Ta‘lim-ma‘lum  maqsadga  qaratilgan  o‘quvchilarni  bilim,  ko‘nikma  va 
malakalar  bilan  qurollantiradigan,  o‘qituvchi  va  o‘quvchining  birgalikdagi 
faolliklariga asoslangan jarayondir. O‘qitish o‘qituvchining faoliyatini, o‘qish esa 
o‘quvchining bilim olish faoliyati jarayonini bildiradi. 
Bilimlar-insoniyatning  asrlar  davomida  ijtimoiy-tarixiy  amaliyot  jarayonida 
to‘plagan umumlashgan tajribasidir.  
Ta‘lim  jarayonida  biror  fan  sohasida  insoniyat  tomonidan  o‘rganilgan  va 
egallangan  bilimlarni  barchasini  o‘rgatishning  imkoniyati  yo‘q.  Shuning  uchun 
o‘quv  jarayonida  fanlarning  poydevori,  asoslari  eng  asosiy,  muhim  narsalar 
o‘rganiladi.  
Ko‘nikmalar  olingan  bilimlarga  asoslanib  qo‘yilgan  vazifalar  va  shartlarga 
binoan  bajariladigan  harakatlarning  yig‘indisidir.  Ko‘nikma  hosil  qilish  uchun 
aqliy  va  jismoniy  mehnat  qilish  usullarini  bilib  olish,  hosil  qilingan  bilimlarni 
amalda qo‘llay bilish kerak bo‘ladi. 
Malaka-ongli  xatti-harakatning  avtomatlashtirilgan  tarkibiy  qismi.  Malaka 
qanchalik puxta bo‘lsa, odam ishni shunchalik tez va to‘g‘ri bajaradi. 
Insoniyat  tomonidan  asrlar  davomida  to‘plangan  ma‘lumot  va  bilimlar  har 
bir yangi avlod tomonidan o‘zlashtirilib, boyitilib borilishi va jamiyat taraqiyotiga 
xizmat  qilishi  lozim.  To‘plangan  ma‘lumot  va  bilimlarni  o‘zlashtirish  o‘ta 
murakkab  jarayon bo‘lib, u  faqat  ilmiy  jihatdan  asoslangan  holda  maxsus tashkil 
etilishi  lozim.  Lekin,  har  bir  jarayon  ijtimoiy  hodisa  sifatida  namoyon  bo‘ladi, 
Shuning  uchun,  o‘z  qonun-qoidalariga,  hususiyatlariga  ega.  Ta‘lim  jarayonini 
qonun-qoidalarini  o‘rganish,  tahlil  etish  va  yangi  bilimlar  yo‘nalishlarini  izlab 
topish, ularni o‘zlashtirishning samarali metodlarini ishlab chiqish masalalari bilan 
pedagogikaning  didaktika  bo‘limi    shug‘ullanadi.  Ta‘lim  jarayonini,  insonning 
bilish  qobiliyati  va  tafakkuri  hodisalarini  falsafa,  psixologiya,  fiziologiya  fanlari 
ham o‘rganadi. Ammo, didaktika bu masalalarga maxsus fan sifatida yondoshadi 
va  izlanish  ishlarini  olib  boradi.  Didaktika  ta‘lim,  uni  tashkil  etish,  bilimlarni 


o‘zlashtirilishi,  ta‘lim  mazmunini  aniqlash,  ta‘lim  usullari,  qoidalari  kabi  barcha 
masalalar bilan shug‘ullanadi. 
Didaktika  fan  sifatida  o‘z  tadqiqot  predmeti  va  metodlari  hamda  aniq 
maqsadlariga ega. Didaktika ko‘p asrlik tarixiga ega. 
       Didaktika  yosh  avlodni  «nimaga  o‘qitish»,  «nimani  o‘qitish»  va  «qanday 
o‘qitish»  kabi  savollarga  javob  beradi.  Didaktika,  o‘z  navbatida  ayrim  o‘quv 
fanlarga  oid  o‘qitish  va  o‘qish  metodi  va  uslublari  bilan  uzviy  bog‘liqdir.  U 
o‘qitishning  barcha  fanlarga  oid  umumiy  qonuniyatlarini  aniqlab  borishi  bilan 
birga, har bir o‘quv fanini o‘qitish metodlari uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Ilmiy 
didaktikaning  asoschisi  chex pedagogi  Yan  Amos  Komenskiy  hisoblanadi. Uning 
«Buyuk  didaktika»  (1632  yil)  asari  o‘qitishni  rivojlantirishga  g‘oyat  katta  ta‘sir 
ko‘rsatdi. Sharqda pedagogik fikrlar rivojiga mutafakkirlar: Imom al-Buxoriy, Abu 
Iso  at-Termiziy,  Muxammad  Muso  Xorazmiy,  Ahmad  Farg‘oniy,  Ibn-  Sino,  Abu 
Nasr  Farobiy,  Abu  Rayxon  Beruniy,  Mahmud  Qoshg‘ariy,  Yusuf  Xos  Xojib, 
Kaykovus,  Umar  Xayyom,  Ahmad  Yugnakiy,  Alisher  Navoiy  va  boshqalar  katta 
xissa  qo‘shdilar.  O‘zbekistonda  didaktika  fanining  rivojlanishi  Ismoil  G‘asprali, 
Mahmudxo‘ja Bexbudiy, Munavvar-qori Abdurashidxon o‘g‘li, Muhammadsharif 
So‘fizoda,  Abdulla  Avloniy,  Hamza  Hakimzoda  Niyoziy,  Muhammadrasul 
Rasuliy, Ishoqxon Ibrat, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Oqilxon Sharofiddinov, 
Siddiq  Rajabov  kabi  pedagog  va  olimlarning  nomlari  bilan  bog‘liq.  Umumiy 
didaktika-barcha  o‘quv  fanlari,  ma‘lumot  darajalari  asosida  ta‘limning  maqsadi, 
mazmuni,  qonuniyatlari,  qoidalari,  metodlari,  tashkiliy  shakllari  natijalarini 
o‘rganuvchi fandir. 
Xususiy  didaktika  umumiy  didaktika  bo‘yicha  o‘rganilgan  bilimlarni, 
masalan, ta‘lim qoidalari, ma‘lumot mazmuni bo‘yicha hosil qilingan tasavvurlarni 
inkor  etmaydi.  Aksincha,  xususiy  didaktika  bo‘yicha  o‘rganiladigan  bilimlar 
umumiy  didaktikada  hosil  qilingan  tushunchalarni  to‘ldiradi,  ularni  yanada 
oydinlashtirishga ko‘maklashadi. Binobarin, umumiy va xususiy didaktika o‘zaro 
uzviy bog‘liq pedagogik fanlardir. 
-Ta‘lim  individual  harakterga  ega.  Ta‘lim  manbalarida  (darslik,  ko‘rsatma-
qurol, o‘qituvchi nutqi) berilgan bilimlar sinfdagi barcha o‘quvchilar uchun bir xil 
bo‘lsa-da, ularni o‘quvchilar turlicha o‘zlashtirishadi; 
-Ta‘lim  chegaralangan.  Unda  kishilar  tomonidan  kashf  etilgan  bilimlar 
o‘zlashtiriladi.  Bilish  jarayoni  esa  cheksizdir.  Unda  tabiat,  jamiyat  va  inson 
tafakkuri qonuniyatlarining hali o‘rganilmagan sohalari kashf etiladi. 
Maktabda  bilim  va  malakani  o‘zlashtirish  uzviy  harakterga  ega.  Bugungi 
o‘rganiladigan  bilim  oldin  o‘zlashtirilgan  bilimlarni  taqozo  qilsa,  kelajakda 
o‘zlashtiriladigan bilimlar uchun asos sanaladi.  
Didaktika ta‘lim bilan  bog‘liq  barcha muammolar bilan shug‘ullanar ekan, 
shu bilan birga ta‘lim dialektikasiga ham o‘z e‘tiborini qaratadi.  
 
Ta‘lim  dialektikasi  deganda  ta‘limning  obyektiv  holatda    rivojlanishi 
tushuniladi.  Ta‘lim  shunday  bir  jarayonki,  u  doimiy  holatda  o‘zgarib  boradi. 
 
Jamiyat taraqqiy etib borgan sari ta‘lim ham jamiyat maqsadlarini ko‘zlagan 
holda o‘zgarib boradi. Fan va texnika olamida insoniyat tomonidan erishilayotgan 
yutuqlar  ham        ta‘limning  yangilanib  borishiga  katta  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Masalan, 


Respublika  ta‘limi  hozirgi  kunda  katta  o‘zgarishlarni  boshidan  kechirmoqda. 
Uning oldidagi   maqsadlar o‘zgarib bormoqda, qolaversa, ta‘limga oxirgi yillarda 
yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etilishi ham fikrimizga dalil sifatida xizmat 
qila  oladi.  Ta‘limning  rivojlanishi  qonun-qoidalarini  o‘rganish  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
didaktikaning vazifasini tashkil etadi. 
Ta‘lim  sohasida  ro‘y  berayotgan  o‘zgarishlar  o‘z  navbatida  uning  barcha  
ichki  bo‘g‘inlariga  ham  ta‘sir  etmay  qo‘ymaydi;  ya‘ni  ta‘lim  metodlari,  tashkil 
etish  shakllari,  vositalari  va  bo‘g‘inlarining  o‘zaro  aloqalari  ma‘lum  miqdorda 
o‘zgaradi. Natijada  ta‘lim mazmunini o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilish darajasi, 
bilimlarning  shakllanish  doirasi,  natijalar  samarasi  ham  yangi  ko‘rinishga  ega 
bo‘ladi.  Bilimlarni  egallash  bosqichlari  har  bir  shaxsning  psixologik 
hususiyatlariga  tayanadi,  ya‘ni  shaxsning  ma‘lumotlarini  sezish,  idrok  etish, 
anglash,  umumlashtirish,  xulosa  chiqarish  va  amalda  qo‘llash  kabi  hususiyatlari 
har xil bo‘ladi. 
  
O‘qituvchi  quyidagi vazifalarni bajarishi lozim bo‘ladi: 
-  O‘quvchilar  bilish  qobiliyatiga  asoslanib,  o‘qish  uchun  qo‘zg‘atuvchi 
sabablar (motivlar) yaratish
- Berilayotgan ma‘lumotlarni idrok etish uchun sharoit yaratish; 
-  Ta‘lim  jarayonida  bolalar  ongida  mavjud  bo‘lgan  bilimlarga  va 
shakllangan tajribalariga suyanib, ma‘lumotlarni anglash, taqqoslab, tahlil etish va 
xulosalar chiqarishga undash
-  O‘quvchilarning  olgan  bilimlarini,  amaliyotda  qo‘llash  orqali  ularda 
ko‘nikma  va  malakalarni  hosil  etish  hamda  ularni  mustahkamlash  va 
takomillashtirish; 
-  Bilimlar,  ko‘nikma  va  malakalarni  doimiy  amaliyotda  qo‘llanishini 
ta‘minlash; 
-  Ta‘lim  natijalarini  tahlil  qilish  va  o‘quvchilarning  keyingi  istiqbolini 
tashhis etish va rejalashtirish. 
Didaktika ta‘lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi qismidir.  
 
Ta‘lim  nazariyasi  ta‘lim  jarayonining  tushunchasi  va  mohiyati,  ta‘lim 
qoidalarini  uslublari  hamda  tashkiliy  formalarini  o‘z  ichiga  oladi.  Didaktika  o‘z 
oldiga  o‘qitishning  o‘quvchilarni  har  tomonlama  tarbiyalash  maqsadlariga  javob 
beruvchi umumiy qonuniyatlarini bilib olish vazifasini qo‘yadi. Ta‘limning asosiy 
vazifasi  yosh  avlodni  ilmiy  bilimlar,  ko‘nikma  va  malakalar  tizimi  bilan 
qurollantirishdan iborat.  
 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish