1. Qaysi qatorda qo‘shma gapning ikkinchi qismida keladigan vazifadosh bog‘lovchi(lar) qo‘llangan?



Download 367,6 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2022
Hajmi367,6 Kb.
#426472
1   2   3   4
Bog'liq
ona tili va ingliz tili

olmoqchiman.
B) Men kasal bo‘lgan yigitni o‘ylab juda
kuyindim.
C) Jarohati ochilib ketib, qonagani yaxshi
bo‘lmabdi.
D) Ish qurollari sozlanib, hasharga shay qilib qo‘yildi.
58. Qaysi gapda fe’lning o‘tgan zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan?
A) U shuncha urinsa ham atrofdagilarni bunga ishontira olmaydi.
B) U do‘stini bekatda ko‘rib qoldi-yu,
ko‘rmaslikka oldi.
C) Xo‘p, mayli, hozir boshingizni qotirmay, men ketdim.
D) Bir vaqt qarasam, ko‘zimning yoshini
to‘xtata olmayapman.
59. Yoyiq undalma qatnashgan qo‘shma gapni aniqlang.
A) Darhaqiqat, vatangadolikdan og‘ir dard yo‘q, do‘stim.
B) Kamtarlik qilma, Yigitali, buni o‘zingning halol mehnating tufayli olding.
C) Chimxo‘rsan-da, shirin qizim, shu ham osh yeyishmi?
D) Mening uchun xo‘p deya qolgin, jon o‘rtoq.
60. Qaysi javobda tinish belgisi bilan bog‘liq
xatolik kuzatilmaydi?
A) Avval ular bizga yetib olishsin keyin birga jo‘naymiz.
B) Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron hech narsa dovyuraklarni qo‘rqita olmadi.
C) Vaqting ketdi – baxting ketdi.
D) Yer dehqonning qonidir - suv joni.
61. Qaysi javobda sof zidlov bog‘lovchisi ishtirok etgan?
A) Nega endi natijalarga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko‘rishmaydi?
B) Biz o‘sha o‘yinlarda faqat jismonan emas, balki ma’naviy jihatdan ham chiniqar ekanmiz.
C) Yosh Farhodning fikri quyosh kabi yorug‘, lekin ko‘ngildagi ravshanlik undan ham ortiq.
D) Bir kuni kechasi bir hiyla o‘ylab chiqdim-da, erta turgach eski maktab sari jo‘nadim.
62. Qaysi javobda Alisher Navoiy “Xamsa”siga kiruvchi ikkinchi doston qahramoni haqidagi ma’lumot berilgan?
A) U suv va quruqlikda zulmni o‘ziga kasb qilib olgan edi. Shavkatidan unda na do‘st, na o‘rtoq bor edi, yolg‘iz o‘zi yo‘lto‘sarlik qilar edi.
B) Ishq dardiga mubtalo bo‘lgan asar
qahramonini otasi bu darddan xalos etish
niyatida uni Ka’baga olib boradi.
C) Asar qahramoni to‘y taraddudida dengizdan yo‘lga chiqadi va hiyla domiga bandi bo‘ladi, jasorati, mardligi tufayli omon qoladi.
D) Ishq unga favqulodda iste’dod, tug‘ma
qobiliyat ato etgan edi. Buning natijasi
o‘laroq ta’limning dastlabki uch oyida butkul savod chiqardi, bir yilda Qur’oni karimni yod oldi.
63. Qaysi qaytorda Ibroyim Yusupovning o‘zbek
tilida nashr etilgan kitoblari berilgan?
A) "Akatsiya gullagan joyda", "Gilamchi xotin haqida haqiqat", "Turnalar", "Azim rivoyati"
B) "Qirq qiz", "Aktrisaning iqboli", "Umirbek laqqi", "Nasihatlar"
C) "Kun chiqish yo‘lovchisiga", "Qoraqalpoqni ko‘p maqtamang ko‘zimcha", "Naqliya so‘zlar"
D) "Buloqlar qaynaydi", "Oltin qirg‘oq", "Dala armonlari", "Cho‘l to‘rg‘ayi"
64. O‘tkir Hoshimovning hikoyalari qaysi javobda berilgan?
A) "Nur borki, soya bor", "Tushda kechgan
umrlar"
B) "Dunyoning ishlari", "Oltin zanglamas"
C) "Odamlar nima derkin?", "Odam bo‘lish
qiyin"
D) "Urushning so‘nggi qurboni", "Muhabbat"
65. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?
A) Manzilga yetkach sen bilan alohida
gaplashaman.
B) Bolalar uning bo‘shangligini bilib, baravar tortishishdan sira qolmasdi.
C) Ular xozir, o‘smirlik chog‘idayoq, qudratli qanot paydo qilayotibdi.
D) Oradan qancha zamonlar o‘tdi, uning nomini faxr bilan tilga olayapmiz.
66. Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Ushbu dostonda Oygul tabiatida o‘zbek
qizlariga xos mardonalik, tantilik,
tadbirkorlik fazilatlari yaqqol ko‘zga
tashlanadi.
B) Ushbu dostonda Oygulning xalqni xon
zulmidan xalos qilish niyatida katta qo‘shin bilan Jambilga hujum qilishi va g‘alabaga erishishi tasvirlanadi.
C) Saroyda xizmat qiladigan, xondan juda ko‘p jabr-u jafo ko‘rgan Tarlon Oygulni
qutqarishga jazm qiladi.
D) Oygul: “Tiriklikda to‘ymovding sira
qon-yoshga, Mana endi to‘yib ol, boshing
ko‘mib ich”, deya zolim xonning tanasidan
uzilgan boshini chuqurga otadi.
67. Ko‘p tilni bilish bitta qulfni ocha oladigan bir nechta kalitga ega bo‘lishdir.
Ushbu gapdagi tarkibida jarangsiz lab undoshi qatnashgan so‘zlar qaysi turkumga oid?
A) ravish, fe’l, ot
B) ravish, ot
C) ot, olmosh
D) fe’l, ot, olmosh
68. Qaysi ijodkor hukmdorlardan biriga jo‘natgan maktubida adolatning qadrini ham, may ichmaslikning foydasini ham Muhammad payg‘ambar(s.a.v.)ning so‘zlari bilan mustahkamlab: "Bir soatlik adolat ikki dunyo – insonlar va jinlar dunyosi ibodatidan yaxshiroqdir, chog‘ir esa yaramasliklar onasidir, jami yomonliklar undan tug‘iladi, barcha yaxshilik va yomonlik bu ikki narsa ichiga kiradi", - deya tushuntiradi?
A) Imom al-Buxoriy
B) Nosiruddin Rabg‘uziy C) Ogahiy
D) Alisher Navoiy
69. Turli podsholarni ko‘rgan Binoiy yosh
Boburning halolligidan qattiq ta’sirlandi.
Mazkur gapda qatnashgan so‘z birikmalari
haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?
A) Moslashuv usulida birikkan 2ta otli so‘z
birikmasi qatnashgan.
B) Bitishuv usulida birikkan 2ta fe’lli so‘z
birikmasi qatnashgan.
C) Boshqaruv usulida birikkan 3ta fe’lli so‘z
birikmasi qatnashgan.
D) Bitishuv usulida birikkan 3ta otli so‘z
birikmasi qatnashgan.
70. Adabiyotga oshno tutingan odam qalbiga noyob hislar ko‘chib o‘tishi aniqdir.
Berilgan gapda moslashuvli tobe bog‘lanishlar sonini aniqlang.
A) 2 B) 4 C) 1 D) 3
71. Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosini ifodalagan ular olmoshi qatnashgan javobni aniqlang.
A) Ularning har ikkisi bugungi musobaqada ilk marotaba qatnashmoqda.
B) Sakkizinchi sinf o‘quvchilari faol. Ular har bir tadbirda o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishadi.
C) Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning
hisob-kitobiga ko‘ra ularning miqdori 7000 ga yaqin.
D) Sobir tog‘amni yaxshi ko‘raman. Ammo ular biznikiga bir yilda bir keladilar.
72. Qaysi gapda -ir qo‘shimchasi bilan hosilqilingan orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan?
A) Choponiga cho‘nqayib o‘tirdi.
B) O‘ta qat’iylik bilan keskin va uzoq gapirdi.
C) - Yolg‘on! Yolg‘on! - deb baqirdi.
D) Ishni bitirmoqqa kifoyat yaxshi.
73. Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi shartli belgilarga to‘liq mos keladigan gapni aniqlang. ........ ̰ ̰ ̰ ̰ ̰ ̰ ̰ ̰ ̰ ̰ ̰ ̰ ̰ ̰ ̰ ̰ _____ ‗‗‗‗‗
A) Bu yerga yangi kelganlar tezda moslashib ketishadi.
B) Serchang, sershovqin ko‘chalarda odamlar ketib borardi.
C) Anchagacha kuchli qarsak sadolari tinmadi.
D) Birpasda ularning atrofini odamlar o‘rab oldi.
74. Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni
hamjihatlikka, birodarlikka va samimiyatga chorlaydi.
Ushbu gapda ishtirok etgan otlarga oid to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu gapda tub va yasama otlarning
qatnashishi kuzatiladi.
B) Ushbu gapdagi barcha otlar mavhum otlar sanaladi.
C) Ushbu gapdagi so‘z birikmalarida yasama otlar hokim qism va tobe qism vazifasini bajargan.
D) Ushbu gapdagi otlar aniqlovchi, ega,
to‘ldiruvchi vazifasini bajargan.
75. Xalq dostonlaridan birida:
O‘laman, deb mard qavlidan toyama,
Yo‘qchilik jo‘mardning ko‘zin o‘yama,
Oqsuvdan yilqingni o‘zim haydadim,
Qo‘lingdan kelganin qilgin, ayama”, - deya
dorga hukm qilinganda ham mardlikni qo‘ldan bermagan, yolg‘on gapirishni o‘ziga ep ko‘rmagan qahramon kim?

  1. Ravshan B) Mohiboy C) Kuntug‘mish D) Qorajon



Download 367,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish