6-MAVZU. OT YASOVCHI QO‘SHIMCHALAR (İSİM YAPIM EKLERİ)
Otlarning yasalishi haqida so‘z yuritishdan oldin, avvalo, til zahirasidagi so‘zlarning manbalarini sanab o‘tish lozim, bu: 1. o‘zak (tub) so‘zlar (kök kelimeler – kaz, beş, seç-); 2. yasama so‘zlar (tűreme kelimeler – çiçekçi, terlik, şaşkın); 3. qo‘shma so‘zlar (birleşik kelimeler – yűzbaşı, delikanlı, kahvaltı); 4. o‘zlashgan so‘zlar (alıntı kelimeler – mal, namaz, pasta, soför).
Turk tilida otlarning yasalishiga kelsak, ularning salmoqli qismi so‘z yasovchi qo‘shimchalar vositasida yuzaga kelgan. Bunday so‘zlar otlarga so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilishi (addan yapılan adlar) va fe’llarga so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilishi (fiilden yapılan adlar) natijasida yuzaga kelgan. So’z yasovchi qo‘shimchalar turk tilshunosligida yapım ekleri deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |