1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari



Download 376,92 Kb.
bet38/94
Sana21.06.2022
Hajmi376,92 Kb.
#687178
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94
Bog'liq
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

Notijorat tashkilot – foyda olish maqsadida emas, balki ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish, ma’naviy yoki o’zga nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, hayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlar, boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat bo’lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun tuzilgan yuridik shaxsdir. Ta’kidlash joizki, Fuqarolik Kodeksida notijorat korxonalarning tadbirkorlik faoliyati uning tashkil etilish maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan va bu maqsadlarga mos kelsa shug’ullanishga ruxsat beriladi. Notijorat tashkilotlarning huquqiy maqomi O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi (1-qism, 4-bob, 3-§) bilan beligilangan4. Yuridik shaxs sifatida NTT to’la huquqiy subyekti hisoblanadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, har qanday NTT uning faoliyati maqsadlariga mos keluvchi fuqarolik huquqlariga va faoliyati bilan bog’liq bo’lgan majburiyatlarga ega.
Notijorat tashkilotining asosiy maqsadlari quyidagilar:

  • ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish;

  • ma’naviy yoki o’zga nomoddiy ehtiyojlarni qondirish;

  • hayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni tashkil qilish;

  • boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat bo’lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish.

Yuridik shaxs sifatida notijorat tashkilot quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi kerak:
– o’z mulkida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lishlik;

  • mulklar bilan o’zining majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lish;

  • o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la olishlik va ularni amalga oshish, majburiyatlarni bajarish, sudda da’vogar va javobgar bo’lish;

  • mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishi.

Notijorat korxonalariga matlubot kooperativlari, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari, muassasalar kiradi.
Matlubot kooperativlari – ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning a’zolikka asoslangan ixtiyoriy birlashma hisoblanib, uning a’zolari tomonidan o’z mulkiy (pay) badallarini qo’shish yo’li bilan amalga oshiriladi. U boshqa notijorat tashkilotlar bilan taqqoslaganda alohida maqomga ega. Ular o’zining faoliyatini ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida olib boradilar (uy-joy qurilish kooperativlari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari). Boshqa NTTlar esa, boshqa ijtimoiy (nomoddiy) manfaatlarga ega bo’lishlik uchun tuziladi.
Jamoat birlashmalari – ma’naviy yoki o’zga nomoddiy ehtiyojlarni qondirish uchun o’z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalardir. Jamoat birlashmalari o’z Nizomida nazarda tutilgan ishlab chiqarish yoki boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirisht mumkin.
Jamoat fondlari – fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo’shish asosida tashkil etilgan, hayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko’zlaydigan, a’zoligi bo’lmagan nodavlat notijorat tashkiloti.
Muassasalar – boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat bo’lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to’la yoki qisman moliyaviy ta’minlab turiladigan tashkilot.
Yuridik shaxslar birlashmalari. Tijorat tashkilotlari o’zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar (ittifoqlar) va o’zga birlashmalariga birlashishlari mumkin.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari yuridik shaxs sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qatnashchilaridir.
Ijtimoiy-madaniy xususiyatga, jamoat tartibini saqlash, boshqaruv va mudofaaga taalluqli bo’lgan rang-barang xizmatlarni ko’rsatayotgan xo’jalik subyektlari notijorat asosida faoliyat ko’rsatayotgan muassasa va tashkilotlarni tashkil etadi.
Iqtisodiyotning notijorat sektori muassasa va tashkilotlarining moliyaviy mablag’lari – o’z faoliyatini amalga oshirish va kengaytirish uchun turli manbalar hisobidan shakllantiriladigan pul mablag’laridan iborat bo’ladi. Notijorat asosida faoliyat ko’rsatayotgan muassasa va tashkilotlar moliyaviy resurslarining shakllanishi ikki xususiyatga bog’liq bo’ladi.
1. Ko’rsatayotgan xizmatlar ko’rinishi.
2. Iste’molchiga yetkazib berilishi (pullik yoki bepul).
Ayrim xizmatlar iste’molchilarga faqat bepul ko’rsatiladi, boshqalari – pullik, qolganlari esa, ham pullik, ham tekinga ko’rsatiladi.
Jamiyatga to’laligicha xizmat ko’rsatuvchi moqamga ega davlat boshqaruvi va mudofaasi sohasida har bir fuqaro va yuridik shaxs bunday xizmatlarni bepul iste’mol qiladi. Bularni moliyalashtirishning yagona manbai bo’lib davlat byudjeti mablag’lari hisoblanadi, lekin shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, bu mablag’lar xizmat ko’rsatayotgan xodimlarni to’laligicha ijtimoiy-iqtisodiy hayotini qondira olishi va hech ham tijorat asosida faoliyat ko’rsatayotgan muassasa va tashkilotlardagi o’rtacha ish haqidan kam bo’lmasligi lozim. Aks holda bu sohada xizmat ko’rsatayotgan xodimlar ichida xizmatiga nisbatan loqaydlik, korrupsiya kabi salbiy illatlar tomir otishi tabiydir.
Yuqorida keltirganimizdek, ayrim muassasa va tashkilotlar notijorat asosida faoliyat ko’rsatayotgan bo’ladi, ammo keng ommaga pullik xizmat ko’rsatadilar. Jumladan, teatr, kinoteatr, advokatlar, notarial idora va boshqalar. Zero, mazkur xo’jalik subyektlariga byudjetdan mablag’ ajratilsada, u e’tiborli xususiyatga ega emas.
Iqtisodiyotning notijorat sohasiga ijtimoiy-madaniy xizmatlar kiradi. Ular iste’molchilarga pulli va bepul xizmatlar ko’rsatish, keyinchalik moliyalashtirishning turli manbalariga ega bo’ladi. Ijtimoiy-madaniy talablar uchun yo’naltirilgan moliyaviy resurslarning aniq tarkibi avvalo talab xususiyatiga ega bo’ladi. Bu talabni uch guruhga ajratish mumkin: jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan talablar - har bir fuqaro oladigan daromadga bog’liq bo’lmagan, davlat tomonidan kafolatlangan talab. Bu xarajatlar byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan ajratiladigan umumdavlat moliyaviy resurslari hisobidan qoplanadi.



Download 376,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish