1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari



Download 376,92 Kb.
bet26/94
Sana21.06.2022
Hajmi376,92 Kb.
#687178
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94
Bog'liq
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

Ekstrapolyasiya usuli – buning mohiyati shundan iboratki, xo’jalik faoliyati o’tgan davr moliyaviy natijalarini ijobiy va salbiy tomonlarini zimdan hisobga olib, kelgusi davr rejalashtirishida ular e’tiborga olinishi zarurligini ko’rsatadi.
Normativ usul – belgilangan, tasdiqlangan norma va normativlarga tayangan holda bajariladi.
Ekonometrik usullar – real iqtisodiy va sotsial jarayonlar oqimini aks ettiruvchi moliyaviy-iqtisodiy modellar ko’rinishida ifodalanadi.
Balans usuli – moliyaviy resurslarning shakllanish manbalari va ulardan foydalanishdagi bog’liqlik hamda tenglikni ta’minlash o’z ifodasini topadi.


3. Korxonani moliyaviy boshqaruv tizimida rejalashtirish va tahlil


Boshqarish – aniq natijalarga erishish uchun obyektga maqsadli yo’naltirilgan holda ta’sir qilishning shakllari va usullari yig’indisidir. Boshqarish inson faoliyatining barcha sohalariga xosdir. Shuningdek, boshqarishning muhim sohalaridan biri moliyaviy faoliyatni boshqarish hisoblanadi.
Moliyaviy boshqarishda har qanday boshqarish tizim kabi boshqarishning obyekti va subyektlari ajratiladi. Boshqarish obyekti sifatida turli markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish va foydalanish jarayonidagi moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi. Moliyaviy munosabatlarni tasniflanishi bo’yicha boshqarish obyektlari 2 asosiy turga ajratiladi: davlat moliyasini boshqarish va xo’jalik subyektlari moliyasini boshqarish. Shunga muvofiq ravishda boshqarish subyektlari sifatida: korxonalarning moliyaviy xizmat tizimi va moliyaviy organlar, soliq organlari kiritiladi.
Moliyaviy boshqaruvni amalga oshiruvchi barcha tashkiliy strukturalar majmuasi moliyaviy apparat deb ataladi.
Moliyaviy boshqaruv quyidagi funksional elementlardan tashkil topadi:
- rejalashtirish – har qanday subyekt rejalashtirish jarayonida o’zining moliyavaiy holatini baholaydi va moliyaviy resurslarni ko’paytirish imkoniyatlarini aniqlaydi. Rejalashtirish jarayonidagi boshqaruv qarorlari moliyaviy axborotlar tahlili asosida qabul qilinadi.
- operativ boshqarish – moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash yordamida xarajatlarni minimumdan maksimal qanoatlantiruvchi ko’pni ko’zlovchi hamda operativ tahlil asosida ishlab chiqiladigan tadbirlar kompleksini o’zida aks ettiradi.
-nazorat – boshqarish elementi sifatida rejalashtirish va operativ boshqarish jarayonida amalga oshiriladi. Uning yordamida rejalashtirilgan moliyaviy resurslardan foydalanish prognoz ko’rsatkichlarini haqiqiy natijalar bilan solishtiradi.
Moliyani boshqarishning funksional elementlari ichida asosiy o’rinni rejalashtirish tashkil qiladi.
Moliyaviy rejalashtirishning obyekti bo’lib xo’jalik subyektlari va davlatning moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Har bir xo’jalik subyekti moliyaviy rejasini tuzadi, ya’ni bu alohida muassasaning smeta xarajatlaridan tortib to davlatning yig’ma moliyaviy balansigacha qamrab oladigan muhim jarayondir.
Rejalashtirish, bir qator o’zining xususiyatli jihatlariga ega bo’lib, ular quyidagilar hisoblanadi:
- ma’lum tartibga solingan jarayonligi;
- axborotlarni qayta ishlash bilan bog’liqligi;
- aniq belgilangan maqsadga yo’naltirilganligi;
- vaqtinchalik tavsifga egaligi.
Rejalashtirish deganda – miqdoriy va sifat tavsifidagi ma’lum bir maqsadlarni o’rnatish va unga erishishning samarali yo’lini aniqlash jarayonidir. Moliyaviy reja moliyaviy rejalashtirishning natijasidir.
Moliyaviy rejalashtirish – moliyaviy resurslar va pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni rejalashtirishdir.
Moliyaviy reja – davlat, xo’jalik subyektlari daromad va xarajatlarini bog’lovchi, oldindan qo’yilgan moliyaviy maqsadlarga erishish usullarini tavsiflovchi hujjatdir. Moliyaviy rejalashtirish jarayonida korxonaning moliyaviy maqsadlari aniqlanadi, korxonaning joriy moliyaviy holatiga o’rnatilgan maqsadlarning muvofiq kelish darajasi o’rganiladi, o’rnatilgan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan faoliyat ketma ketligi shakllantiriladi.
Moliyaviy rejalashtirish bir nechta uslublarga tayangan holda amalga oshiriladi. Shulardan asosiylari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- ekstrapolyasiya usuli;
- normativ usuli;
- matematik modellashtirish usuli.
Ekstrapolyasiya usulining mohiyati shundaki, o’tgan hisobot davrining moliyaviy natijalaridan xulosa chiqarib kelgusi hisobot yili uchun moliyaviy rejani tuzishni ko’zda tutadi. Moliyaviy ko’rsatkichlarning prognoz va rejali hisob kitoblari turli usullardan foydalanishga asoslanadi. Ekstrapolyasiya usuli moliyaviy ko’rsatkichlar va ularnig dinamik o’zgarishlariga asoslanadi. Moliyaviy ko’rsatkichlar hisobot yilidagi ko’rsatkichlar asosida amalga oshiriladi.
Normativ usulda, belgilangan norma va normativlardan foydalanish ko’zda tutiladi. Masalan: byudjetdan moliyalashtiriladigan ta’lim muassasalarida o’quvchilar kontingenti va x.k.
Matematik modellashtirish usulida real iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni takrorlovchi moliyaviy modellar tuzish orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy resurslarni manbalarini ulardan foydalanish bilan muvofiqlashtirish asosidagi rejalashtirish jarayoni balans usuli hisoblanadi.
Situatsion tahlil va bashorat qilish usuli asosida qattiq yoki funksional determinasiyalashgan bog’liqlikni o’rganishga mo’ljallangan model yotadi. Bu modeldan foydalanish va unga turli omillar: realizasiyadan tushum, aktivlarning aylanuvchanligi, tashqi manbalarga moliyaviy bog’liqlik darajasi kabi ko’rsatkichlar ta’siri ostida bashorat ko’rsatkichlarini aniqlash bilan - xususiy kapital rentabelligining bashorat ko’rsatchiklarini aniqlash mumkin.
Rejalashtirilayotgan loyiha bo’yicha mumkin bo’lgan natijalarning bashorati quyidagi formula orqali amalga oshiriladi:


 (1)
(1)formula orqali asosiy mezonlar aniqlanadi (masalan, kutilayotgan foydani maksimallashtirish).
N E(R)=S Rk*Pk max; (2)
k=1
Mazkur formula orqali korxona uchun ma’lum mezonlar asosida samarali muqobil variantlar tanlab olinishi mumkin.
Korxonalar moliyaviy boshqaruv tizimining funksional modelida tahlil muhim funksionlar seksiyalardan biri hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilishning quyidagi usullari mavjud:
- hisobotni o’qish va absolyut ko’rsatkichlarni tahlil qilish;
- gorizontal tahlil;
- vertikal tahlil;
- trend tahlili;
- moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili.
Ushbu tahlil usullari vositasida korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining holati va dinamikasi kompleks baholanadi.
Moliyaviy tahlil tizimida ishlatiladigan asosiy moliyaviy koeffitsiyentlar mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iboratdir:
Likvidlik koeffitsiyenti korxonaning qisqa muddatli majburiyatlarini qaytara olish qobiliyatini ko’rsatib beradi.
Ishbilarmon faollik koeffitsiyenti korxonalarning mavjud resurslaridan samarali foydalanishlarini ko’rsatib beradi.
 Rentabellik koeffitsiyentlari korxonalarning faoliyatini moliyaviy natijalarining samaradorligini ko’rsatib beradi.
Kapitallar strukturasi koeffitsiyenti korxonalarning uzoq mudatli majburiyatlarini qaytara olish imkoniyatlarini ko’rsatib beradi.
Bozor faolligi koeffitsiyenti esa korxonalarning investorlar uchun foal qiluvchanligini ko’rsatib beradi.



Download 376,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish