1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari


Moliyani tezkor (operativ) boshqarish



Download 376,92 Kb.
bet25/94
Sana21.06.2022
Hajmi376,92 Kb.
#687178
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94
Bog'liq
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

Moliyani tezkor (operativ) boshqarish – moliya tizimi apparatining bosh funksiyasi hisoblanadi. Moliyani tezkor (operativ) boshqaruv subyektlarini Moliya Vazirligi, Davlat Soliq qo’mitasi va ularning joylardagi bo’linmalari, byudjetdan tashqari fondlarning, sug’urta tashkilotlarining boshqaruv apparatlari, xo’jalik subyektlarining moliya bo’lim (xizmat) lari tashkil etadi.
Bozor munosabatlari sharoitida moliyani boshqarishni ilmiy asoslangan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tajribalarini o’rgangan holda hamda respublikaning ichki xususiyatlarini hisobga olib tashkil qilinsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning jadallashuvi va jahon xo’jaligi tovar ishlab chiqarishining keskin o’sishi barcha sohalarda bo’lganidek boshqaruvning ilmiy konsepsiyalarida ham taraqqiyotlar bo’lishiga olib keldi. Natijada zamonaviy moliyaviy menejment konsepsiyasi mustaqil shakllana boshladiki, uning asosiy muammosi sifatida korxonalar moliyaviy munosabatlari, pul mablag’larini aylanishining ichki va tashqi omillarini ta’siriga asoslangan holda samarali tashkil etish masalalarini o’z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti xo’jalik subyektlari orqali ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida bozordagi talab va taklif, aniq istyemolchilar talablari, ishlab chiqaruvchi uchun maksimal foyda olish imkoniyatini tug’diruvchi mahsulot ishlab chiqarishni ko’zda tutadi.


2. Moliyaviy rejalashtirish


Moliyaviy rejalashtirish – moliyani boshqarish tizimi elementlaridan biridir. Dunyoning barcha mamlakatlarida moliyaviy rejalashtirish mavjud bo’lib, yuqori ahamiyatga ega hisoblanadi.
Moliyaviy rejalashtirish qisqa, o’rta va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasida moliyaviy rejalashtirirsh bir necha darajalarni o’z ichiga oladi.
Hozirgi sharoitda korxonalar moliyaviy rejalashtirish orqali soliqlar to’langandan keyin uz ixtiyorida qoladigan foydani ishlatish yunalishlarini belgilab oladi.
Moliyaviy rejalashtirishning obyekti - bu davlat va xo’jalik subyektlarining moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Moliyaviy rejalarning shakli korxonalar, muassasalar va birlashmalarning ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish faoliyatidan kelib chiqib, alohida muassasaning «Smetasi»dan boshlab, davlatning «yig’ma moliyaviy balansi»gacha bo’ladi. Har bir moliyaviy rejada ma’lum bir muddatga mo’ljallangan daromadlar va xarajatlar moliya sohalari va kredit tizimi bilan aloqalari (badallar, ajratmalar, byudjetga soliqlar, bank krediti uchun to’lovlar va bosh.) aniq qilib belgilanadi.
Moliya tizimining barcha bo’ginlari moliyaviy rejalashtirishni amalga oshiradi, biroq moliyaviy rejaning shakli, tarkibi, tuzilishi va hajmi har bir bo’ginning o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, tijorat asosida faoliyat ko’rsatayotgan xo’jalik subyektlari «daromadlar va xarajatlar balansi» shaklidagi moliya rejasini tuzsa, notijorat asosida faoliyat ko’rsatayotgan xo’jalik subyektlari «smeta xarajatlari» tuzadi, jamoa birlashmalari, kooperativ, sug’urta tashkilotlar moliyaviy rejalar tuzsa, davlat boshqaruv organlari respublika hamda mahalliy byudjetlarni tuzadilar.
Moliyaviy rejalashtirishning muayyan vazifalari moliyaviy siyosat tomonidan belgilanib, quyidagi ko’rsatkichlarni qamrab oladi:
– rejali topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo’lgan pul resurslari va ularning manbalarini aniqlash;
– daromadlar hajmini oshirish va xarajatlarni tejab iqtisod qilish;
– markazlashgan va markazlashmagan pul fondlari o’rtasida pul resurslarini taqsimlashda optimal proporsiyani belgilash va boshqalar.
Sobiq Ittifoq davrida derektiv rejalashtirish keng qo’llanilgan. Derektiv rejalashtirish boshqaruv tizimining funksiyalaridan biri bo’lib, o’zgarmas qat’iy xususiyati bilan ajralib turgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirish boshqaruv tizimining asosiy funksiyasi bo’la turib, davlatning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini to’liqligicha qamrab olmaydi. Agar rejali iqtisodiyotda moliyani boshqarish, asosan, taqsimlash sohasiga e’tibor qaratilgan bo’lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida esa ishlab chiqarish jarayonining ayirboshlash sohasiga asosiy e’tibor qaratiladi. Chunki, ayirboshlash orqali mahsulot va xizmatlar sotiladi va mahsulot ishlab chiqarishga hamda sotilishiga ketgan ijtimoiy zaruriy xarajatlar tom ma’noda tan olinadi.
Bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni rad etmaydi, ammo ma’muriy buyruqbozlik tizimining rejalashtirishga nisbatan egiluvchan va davr talabiga mos harakat qila oladigan bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday ijobiy natijaga erishish tahlillash va dasturlash orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy ko’rsatkichlarning tahliliy va rejali hisobotlari turli xil usullarda qo’llaniladi. Ammo asosiylari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin.

Download 376,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish