53-Mavzu:
Navro’z bayrami
Maqsad: Navro’z baxor bayrami haqida umumiy ma’lumotlar berish dunyoqarashini kengaytirish, kichkintoylarning suhbatida faol ishtirok etish, o’rtoqlarining javobini bo’lmaslik, bir-biriga o’zaro hurmat hissini tarbiyalash;
E’tiborga molik jixati: Milliy qadryatlarimiz, urf odatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalanadi, fikrlash qobilyati rivojlanadi.
Kerakli jixoz va materiallar: Rasm, plakat, multimediyali dastur.
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: Bolajonlar, fasllar kelinchagi bo’lmish baxor fasli ham kirib keladi. Bahor fasli uning ob-havosi haqida kim menga aytib beradi. Bahorda havo ochiq, musaffo, iliq, quyoshli va yomg’irli bo’ladi. Yomg’ir yog’ib atrof muhitni yam-yashil maysalar-u gullarga burkaydi. Tabiat uyg’onadi. Daraxtlar kurtak yozib gullaydi.
Tarbiyachi: Bahor faslida birinchi bo’lib qaysi daraxt gullaydi? Bolalar: albatta bodom daraxti aziz bolajonlar. Bahor fasli o’zining salqinligi, shirin tarovati va go’zalligi bilan boshqa fasllardan ajralib tuiradi. Aziz bolajonlar kelinglar fasllarni bir yodga olamiz.
Bolalar: 1) baxor 2) yoz 3) kuz 4) qish
Bahor faslida qanday bayramlarni nishonlaymiz? Albatta bahorning ilk kunlaridayoq «8-mart xalqaro hotin-qizlar» ayollar bayramini nishonlaymiz. Bu bayramda barcha buvijonlarimiz, onalarimiz, opalarimiz va singillarimizni o’z mehrimiz bilan ularni tabriklaymiz.
Yana shunday ulug’ bayramlardan biri Navro’z bahor bayramidir. Bu bayramni sevmaydigan, orzuqib kutmaydigan inson bo’lmasa kerak. Hammamiz ushbu bayramni yaxshi ko’ramiz, sababi bu bayram Navro’z yangi kun yangilanish, tug’ilish bayramidir. Navro’z bayrami o’zbekistonliklarni milliy bayramidir. Unda bizning milliy qadryatlarimiz aks etadi. Navro’zda o’z yaqinlarini bayram bilan qutlaydi. Doshqozonlarda sumalaklar pishiriladi, turli ko’k chuchvara, ko’k somsalar tayyorlanadi. Adirlarda turli sayllar boshlanadi, yigit qizlar bobo-buvijonlarimiz yangi kunga yetib keldik deb yaxshi niyyatda turli milliy ta’omlarimizni tayyorlaydilar, barcha yaxshi kayfiyatda bayramni nishonlaydi. O’tganlarni hotirlab ular esga olinadi. Xalqning manbai bo’lgan Navro’z bayrami keng ko’tarinki ruhda nishonlanadi. Qizaloqlarimiz milliy matolarimiz bo’lgan atlas-u adraslarimizdan turli kiyimlar kiyib olib bayramni nishonlaydilar, yigitlarimiz esa turli bahorgi o’yinlar jumladan Uloq, eshak quvdi, to’p uloqtir, berkinmachoq, marraga yet, varrak uchirish, kim oladiyo shuginaniyo, oq terakmi ko’k terak o’yinlarini o’ynab dam oladilar.
Tarbiyachi: Bolajonlar biz ham milliy o’yinlarimizdan biri «Varrak uchirish» o’yinini o’ynaymiz. Buning uchun bizga ip, turli rangli varraklar kerak bo’ladi. Bolajonlar varrak uchirish musobaqasini o’tkazamiz, Buning uchun o’g’il bolalarimiz avvaldan tayyorgarlik ko’rishgan.Bolalar varrakni tayyorlaguncha men sizlarga Navro’z haqida she’r aytib beraman.
Qizlar gulli ro’mol o’rar
O’zlarini qilib ko’z-ko’z
Zamin yangi ko’ylak kiyar
Kelsa Navro’z, kelsa Navro’z
Navro’z yil boshi
Navro’z yangi kun
Navro’z bu bahor
Yigitlar varraklaeni uchirish musobaqasini boshlashadi. Enf g’olib uzoqqa varragini uchirgan bola rag’batlantiriladi.
Tarbiyachi: Kelinglar bolajonlar endi sizlarni bayram dasturhonimizga taklif etamiz. Bolajonlar qareng shirin hid taralyotgan nima ekan desam, bu bahor taomi sumalak ekan. Sumalak shirin ekan. Bolajonlar tatib ko’radilar. Dasturhonda bahor taomlaridan ko’k chuchvara, ko’k somsa va turli pishiriqlar mavjud. Bolajonlar bahor taomlari sizlarga yoqtimi? Endi siz bilan bahorda o’ynaladigan o’yinlardan «Kim oladiyo shuginaniyo» o’yinini o’ynaymiz. Qizlar bilan esa maysalardan soch yasaymiz.
Bilimlarini mustahkamlash uchun savollar:
- Bolajonlar, Navro’z qanday bayram ekan?
- Navro’zni qachon nishonlaymiz?
- Navro’zda qanday o’yinlar o’ynaladi?
- Navro’zda qanday taomlar tayyorlanadi?
Savollarga javob olgach Faoliyatyakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |