1. Mavzu: «Mening jonajon O’zbekistonim» Faoliyat maqsadi


-Mavzu: Birinchi boychechaklar Maqsad



Download 292 Kb.
bet150/198
Sana31.12.2021
Hajmi292 Kb.
#203832
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   198
Bog'liq
Mashg'ulot ishlanmasi 72ta

52-Mavzu:

Birinchi boychechaklar



Maqsad: Bolajonlarga erta baxor kelishi bilan kunlar isiy boshlashi natijasida yerlar uyg’onish, qir-adirlarda, ekinzorlarda asta sekin maysalar nish urib, qulog’ini ko’rsatishi haqida tushuncha berish. Baxor faslining o’ziga xos xislariga qiziqish bilan qarashga, tabiat go’zalligidan zavqlanishga va baxor elchisi bo’lgan boychechaklar haqida tushunchalar berish.

Kerakli Jixoz va materiallar: Baxor faslini aks ettirgan rasmlar va boychechaklar rasmi va tarqatmalar.

Faoliyatning borishi:

O’ng tomonga sakraymiz

Chap tomonga sakraymiz

Birgalashib hammamiz

Faoliyatni boshlaymiz

Baxor, yashil nafasing

Qizg’aldoqqa aylanar

Boychechak binafshalar

Bitiklarda boylanar

Bugun yoshu keksalar

Ishtiyoqda havasda

Baxor yashil nafasing

Tabiatga payvasta

Tarbiyachi: Bolajonlar biz o’tgan faoliyatimizda baxor fasli haqida suxbatlashganmiz, hozir she’rimizning mazmunidan sezgan bo’lsangiz bugungi mashg’ulotimizda ham baxor elchisi bo’lgan boychechak haqida suxbatlashamiz.

Baxor faslida tabiatda o’zgarish bo’ladi, daraxtlar kurtak chiqaradi, maysalar unib chiqadi, kunlar isiy boshlaydi, dalalarda baxorgi ishlar qizg’in boshlanib ketadi.

Baxor elchisi bo’lgan boychechak, binafshalar ochiladi. Qir-adirlar, lolaqizg’aldoqlar ochilib, atrof olam yamyashil bo’lib go’zal tusga kiradi.

Men maysaman, maysaman

Yerdan bosh ko’taraman

Olamga yozib gilam

Maysalarga burkanaman

Bolajonlar baxor fasli mayramlarga boy fasl.



Bolajonlar: 8-mart «Xalqaro xotin qizlar bayrami» onajonlarimiz bayrami, 21- mart «Navro’z» bayramlari nishonlanadi. Barchamiz bu bayramlarni untiqlik bilan kutamiz.

Tarbiyachi: Bolajonlar baxor elchilaridan yana nimalarni bilasiz…. Ha albatta qushlar, ular ham bahor fasli kirib kelishi bilan o’lkamizga qaytib keladilar, bulardan qaldirg’och, laylaklar.

Ayvonimga in quradi

Ayri dumli zo’r me’mor

Kuzda uchub janubga

Qaytib kelar har baxor (Qaldirg’och)

Bu topishmog’imizning javobi qaldirg’och-a

Mana bolalar sizlar bilan baxor faslining go’zal fazilatlari haqida suxbatlashdik.

Baxor faslining ilk kunlaridan tabiatga albatta gullar chiroy qo’shib turar ekan.

O’zi qizil go’zal biram

Qirga yozar qizil gilam (Lolaqizg’aldoq)

Ko’klam kelsa unadi

Oftob chiqsa kuladi

U baxorni elchisi

Buni hamma biladi (Boychechak)

Sizlar bilan gullar haqida topishmoqlar o’rganib oldik. Bolajonlar bizlar momaqaymoqni, boychechaklardan, binafsha gullaridan boshlarimizga gulchambarlar qilamiz. Buning uchun bolajonlar muassasamizning bog’iga sayrga chiqamiz. Birgalikda rang-barang gullardan gulchambarlar yasaymiz, gullarni ranglarini aytamiz, Bolalar gullarimizning qanday ranglarda.

To’g’ri sariq, qizil, oq, siyoxrang, pushti rangda ekan

Gullar shakllari ham o’zgacha bo’ladi, gullarimizning rangi, shakli, chiroyiga chiroy qo’shib turadi. Ozining hushbo’y xidlari bilan o’zgacha tarovat taratib turadi.

Kelinglar bolajonlar endi «Gullar va asalarilar» o’yinini o’ynaymiz.

Viz-viz uchamiz

Gul shoxiga qo’namiz

Ox gul xidi

Shundayin yoqimli deb gullarga qo’nib gullarni xidlaymiz.

Bu o’yinda qizlarimiz gullar, o’g’il bolalarimiz asalarilar bo’ladi.

O’yinni 2-3 marta takrorlaymiz.

Bolalar kelinglar endi bog’imizdagi daraxtlarni kuzatamiz. Daraxtlarda ham o’zgarishlar sezyapsizlarmi bolajonlar. Ha to’g’ri daraxtlar kurtak chiqargan, voy mana bu yerda bodom daraxti gullabdi. Yodinglarga tushdimi demak birinchi bo’lib bodom daraxti gullar ekan. Qarang bolalar bodom gullarining qanday chiroyli ekanligini. Bolajonlar bodom daraxtidan so’ng o’rik, gilos, shaftoli va boshqa daraxtlar gullaydi. Bolajonlar gullarimiz go’zal baxor faslimizni tarannum etuvchi she’rlardan aytib beramiz. Kim chiroyli ifodali aytsa anna shu bolaga sovg’amiz bor.

Muslimaxon she’r aytib berar ekan, bolalar hammamiz birgalikda tinglaymiz.



Lola

Lola bog’chaga chiqib

Kechka qadar gul terar

Etak-etak to’plaid

Har kungidan mo’l terdi

Sochiga gul bog’ladi

Chakkasiga taqdi gul

Yelkalaridan tashlab

Gulag ko’mildi butkul

Tarbiyachi: Endi o’g’il bolalarning navbati, bizga Ixlosbek o’zining Boychechak haqidagi she’rini aytib beradi.

Kun ketidan kun o’tar

Tun ketidan tun o’tar

Keldimi deb Gulbahor

Hamma yo’lga ko’z tutar

Yumshoq yerda yumalab

Tong nuriga cho’milib

Kulib chiqar boychechak

Olqishlarga ko’milib

Tarbiyachi: Juda ham yaxshi Ixlosbek, Muslimaxon ham o’zini she’rini sizlarga aytib berar ekan, birgalikda eshtamiz.

Sitora tom boshida

Nigora yonboshida

Chakkasida qizg’aldoq

Tezroq keeling qizchalar

Ra’no chanqovuz chalar

Buncha yoqimli oxang

Nog’oraga hamohang

Bivjov-bijing, chaqira-chak

Bijov- bijing, taqira-taq



Tarbiyachi: Demak bolajonlar she’rlarni hammangiz chiroyli qilib aytib berdingiz, endi sizlarni bilimlaringizni yana bir sinab ko’raylikchi. Qanday baxor taomlarini bilasizlar.


Download 292 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish