1-mavzu: “Mehnat ta’limini o’qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


-Mavzu: Ta’limning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyasi



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/67
Sana23.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#844313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67
Bog'liq
innovvatsiya majmua

4-Mavzu:
Ta’limning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyasi. 
Ma’lumki, informatika o‘quv predmetining asosiy vazifasi o‘quvchilarni zamonaviy
informatikaning ba’zi bir umumiy g‘oyalari bilan tanishtirish, informatikaning amaliyotdagi 
tatbig‘ini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi rolini ochib berishdan iborat. Lekin,
didaktik tamo yillarni hisobga olgan holda, o‘quvchilarga nafaqat faktlarning qat’iy ilmiy
bayonini berish, balki o‘qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo‘llash lozim. Maktabgacha 
tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va undan keyingi ta’lim 
bosqichlarini o‘z ichiga olgan va informatika va dasturiy ta’minot bo‘yicha mutaxassis 
bo‘lmaganlarga mo‘ljallangan «Informatika» fanini pedagogikamiz uchun yangi bo‘lgan nizom 
va qarashlar sistemasiga asoslangan: 
- kadrning butun «hayotiy sikli» hisobga olinishi kerak; 
- «Informatika» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish dunyoning hozirgi holati va rivojlanish
istiqbollarini hisobga olgan holda ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlarni aks ettirishi kerak; 
- informatika va dasturiy ta’minot bo‘yicha mutaxassis bo ‘lmaganlarga dasturlashni 
o‘rgatish zaruriyatidan voz kechish lozim;
- «Informatika» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish dialektik spiral tamoyili asosida qurilishi 
kerak; 
- ishlab chiqilayotgan o‘quv kurslari mazmunining yangiligi va dolzarblik muddatini
uzaytirishni axborotni qayta ishlash tamoyillariga urg‘u berish asosidagina amalga oshirish 
mumkin; 
- shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish sifatlarini kafolatlashga yo‘naltirilganlik; 
- o‘qish vaqti resurslarni o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, o‘quv ijodiy faoliyatini 
tashkil etish foydasiga qayta taqsimlash. 
Tushunarlilik tamoyili :Tushunarlilik tamoyili ko‘p yillik o‘qitish amaliyoti tomonidan
ishlab chiqilgan talablardan kelib chiqadi. Har hil ilmiy materialni bayon qilishda 
o‘quvchining yoshi, rivojlanishi va mavjud vaqt byudjeti qat’iy hisobga olinishi lozim.
¤quvchiga ta’limning har bir bosqichda shunday va shunga o‘xshagan material berilishi 
kerakki, u o‘zining rivojlanishi darajasiga ko‘ra ushbu mat erialni qamrab olishi va
o‘zlashtirishi mumkin bo‘lsin. Har bir bosqichdagi savollar doirasi qat’iy chegaralangan 
bo‘lishi shart.Ko‘rgazmalilik tamoyili:Ko‘rgazmalilik tamoyili boshqa fanlarni o‘qitishdagi
kabi, informatikani o‘qitish jarayonida ham asosiy va muhim hisoblanadi. Ushbu tamoyil
qadim zamonlardan beri qo‘llanib kelinayotgan mashhur o‘qitish tamoyillaridan biridir.Ushbu 
tamoyil shunday zaruratni keltirib chiqaradiki, unga ko‘ra o‘quvchilar miyasida hosil
bo‘ladigan tasavvurlar va tushunchalar bevosita o‘rganilayotgan predmet, masalan, 
kompyuterdan olinadigan idrokiga asoslangan bo‘lishi lozim.O’qituvchining bayoni, uning
tushuntirishi aniq, ravshan obrazlarni o‘z ichiga olishi, o‘rganilayotgan savollarning


11 
mohiyatini ko‘rgazmali tasvirlovchi ishonchli misollar bilan mustahkamlab borilishi 
kerak.Mavzuning bayoni doskadagi va o‘quvchilar daftaridagi yozuvlar bilan birgalikda olib 
boriladi. Doskada yozuv va rasmlarni o‘qituvchi tushuntirayotgan paytda, o‘quvchilar esa
doska oldida javob berayotganda bajariladi. Doskadan foydalanish o‘qitishdagi muhim 
zvenodir. Masala yechishda, takrorlashda, o‘quvchilardan so‘rashda, hullas, barcha hollarda
to‘la ko‘rgazmalilik bo‘lishi lozim. Doskadagi rasmlar bilan bir qatorda o‘qitishda
ko‘rgazmalilik jadvallar, diapozativlar, kinofilmlar, kodoskoplar, proeksion apparatlar va 
boshqalar bilan namoyish etiladi. Jadvalning roli ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchidan,
jadvaldan o‘qituvchi dars jarayonida, sinf oldida mavzuni tushuntirish paytida foydalanishi 
mumkin. Bunda jadvallar o‘qituvchining bayonini va yozuvlarni to‘ldirib boradi. Ikkinchidan,
jadvallarni ko‘rinadigan joyga uzoq muddat ilib qo‘yish mumkin. ¤qituvchilarga diapozitivlar 
va prosksion apparatlar uchun plyonkalardan foydalanish katta yordam beradi.
Diapozitivlarni o‘qituvchining o‘zi komp’yuterdan yoki printer uchun maxsus varaqlardan 
foydalanib tez va oson tayyorlashi mumkin. Diapozitivlar barcha o‘qituvchilar tomonidan 
yaxshi ko‘riladigan katta o‘lchamdagi tasvirlarni hosil qilish imkonini beradi, lekin 
foydalanganda sinf xonalari qorong‘ilatirilishi kerak bo‘ladi. Bu esa ayrim noqulayliklarni
keltirib chiqaradi. Agar epidiaskop bo‘lsa, ekranga shaffof bo‘lmagan tasvirlarni ham
proeksiyalash mumkin. Bunda kitob va jurnallardagi rasmlardan ham foydalansa bo‘ladi.
Hozirgi kunda zamonaviy multimediaviy videoproektorlardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Ular tasvirni bevosita komp’yuterdan katta ekranga proeksiyalashga imkon 
yaratadi.Nazariyaning amaliyot bilan bog‘lanishiO’quvchilarning informatikani bilishlarida
asosiy manba bo‘lib amaliyot hizmat qilishi kerak. Ushbu holat hozirgi jamiyatda har bir
kishining hayotida EHMlarni amaliyotda qo‘llashlaridan kelib chiqadi. Shuning bilan birga
nazariya ham amaliyot bilan yaqin aloqada bo‘lib, o‘z o‘rnini topishi lozim. C hunki 
faqatgina amaliy ko‘nikmalarning uzi nazariy jihatdan yoritilmasdan, informatika bilimlar 
tizimini tashkil eta olmaydi. ¤quvchilarning dunyoqarashini rivojlantirish, tafakkurini
shaklantirish informatika o‘qitishda amaliyot va nazariyani to‘g‘ri uyg‘unlashtirish,
informatika tarixi bo‘yicha ma’lumotlarning qiziqarli kiritish, nazariya va amaliyotning 
birligini ta’minlash orqaligina amalga oshirish mumkin. FaollikInformatika bo‘yicha katta 
hajmli, murakkab va har hil materiallar o‘quvchilar tomonidan ongli ravishda o‘zlashtirilishi
mumkin. Shuni yodda tutish lozimki, o‘qituvchi tomonidan berilayotgan o‘quv axboroti
o‘quvchining haqiqiy bilimiga aylanadi, agarda u hech bo‘lmaganda o‘quvchilar tomonidan 
qabul qilinsa, ularga tushinarli bo‘lsa va o‘quvchilar berilayotgan axborotni foydali deb
baholasalar. ¤qituvchi bilimlarni tanbeh holda bermasligi, balki o‘quvchilarni o‘zlarining faol 
yaxlit ish faoliyati jarayonida bilimlar tizimini shakllantirishga erishish lozim. Faqatgina
o‘quvchilarning faol, mustaqil ishlari mavjud bo‘lgandagina, biz tashabbuskor kishilarni
tarbiyalay olamiz. Bunga erishish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar bilan ishlashning faol
(interfaktiv, progressiv) shakl va usullardan foydalanishi lozim.Boshqa o‘quv predmetlaridan
kuchsiz o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ko‘pincha informatikadan yaxshi va tirishqoq
o‘quvchilarga aylanadilar. Krossvordlar, rebuslar va boshqotirmalar sodda bo‘lishlari bilan
birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning
samarali vositasi hamdir. 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish