Yigitlik yillari



Download 477,5 Kb.
bet12/58
Sana20.01.2017
Hajmi477,5 Kb.
#720
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58
NAVOIY TUYUQLARI TAHLILI
Turkiy xalqlar adabiyotining eng ajoyib she'riy shakllaridan biri tuyuq bo'lib, o'zbek adabiyoti tarixida uning yuzlab namunalari yaratilgan. Alisher Navoiy tuyuq yozishning qonun- qoidalarini nazariy jihatdan asoslab bergan hamda amaliyotchi shoir sifatida uning mumtoz namunalarini yaratib qoldirgan.

Navoiy lirik merosidan o'n uchta tuyuq o'rin olgan. Ulug' shoir boshqa janrlarga nisbatan kam tuyuq yozganligining sababi tuyuq yaratishning murakkabligida emas, balki mutafakkir shoir jiddiy va yirik turlarda ko'proq qalam tebratganidadir. Navoiy oz tuyuq yaratganiga qaramay, uning tuyuqlari yuksak badiiy mahorat mahsuii sifatida turkiy tuyuqnavislikning eng sara namunalari hisoblanadi.

Alisher Navoiy adabiyotimiz tarixida tuyuqning birinchi nazariyotchisi sifatida ushbu she'riy shaklning asosiy xususiyatlarini «Mezon ul-avzon»da quyidagicha ko'rsatadi: «Yana turk ulusi, bataxsis chig'atoy xalqi aro shoye' avzondurkim, alar sunidlarin ul vazn bilan yasab, majolisda ayturlar. Birisi tuyug'dirkim, ikki baytqa tnuqarrardur va sa'y qilurlarkim, tajnis aytilg'ay va ul vazn ramali musaddasi maqsurdur, mundoqkim:

Yorab, ul shahdu shakar yo labmudur,

Yo magar shahdu shakar yolabmudur.
Foilotun foilotun foilun
Jonima payvasta novak otqali,

G'amza o'qin qoshig'a yolabmudur”.

Navoiyning bu so'zlaridan tuyuqning asosiy xususiyatini bilib olamiz. Birinchisi shuki, tuyuq turkiy qavmlar qo'shiq qilib bazmlarda, to'ylarda, yig'inlarda aytadigan vaznlardan birida yaratilarkan. Bu tuyuqning ashulabop va ommafahm she'r turi ekanligini anglatadi. Ikkinchi xususiyati shuki, tuyuq ikki bayt, ya'ni to'rt misradan tashkil toparkan. Uchinchi xususiyat shuki, shoir mahorati yetganicha tajnis usulidan foydalanib tuyuq ay- tishga intiladi. Lekin tuyuq tajnissiz ham yaratiladi. To'rtinchi xususiyat shuki, tuyuq, albatta, ramali musaddasi maqsur vaznida bitiladi. Tuyuqning yana bir asosiy xususiyati borki, u o'z davrida ma'lum va mashhur bo'lgani uchun Navoiy uni aytishnl lozim topmagan. Bu tuyuqning nomi va janr xosiyati tuyg'u bilan bog'liqligidir. Chinakam tuyuq shoir tuyg'ularining tug'yonga kelishi samarasidir. «Tuyuq» — «tuymoq» fe'lidan olingandir. Tuyuq uni o'qigan yoki eshitgan kishilarning tuyg'ulariga ta'sir etadi. Tuyuqning badiiy mazmunini tuygan kishilarning tuyg'u- lari tug'yonga keladi. Tuyuq adabiyot ixlosmandlarida she'rning badiiy nozikliklarini tuya olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Tuyuq ishqiy falsafiy, axloqiy va boshqa mavzularda ham yaratilishi mumkin.

Tuyuqlar tahlilini Navoiy keltirgan namunadan boshlaymiz. Mazkur tuyuq seviklini vasf etishga bag'ishlangan. Tuyuq yolabmudur» tajnisi asosiga qurilgan. «Tajnis» — bir jins, ya’ni shakldagi so'zning turlicha ma'nolar ifodalashi san'atidir. “Yolabmudur” tuyuqning uch misrasida takrorlanib, uch xil ma'no ifodalashga xizmat qilgan. Dastlabki ikki misrada e'tibor yorning lablarini madh etishga qaratilgan. Tuyuqning xos belgilaridan yana biri shuki, unda yengilgina hazil-mutoyiba ruhi sezilib turadi. Lirik qahramon yorning yoqutday lablari haqida o’y surarkan, «tajohuli orifona» — bilib bilmaslikka olish yoxud donishmandlarcha nodonlik izhor etish usuli asosida ish tutib, “Yo rab” deya hayratlanadi: «U — labmikin, shakarmikin, asalmikin?! Yo magarkim, yorim asal bilan shakar yalaganmikin-a?!» Uchinchi, to'rtinchi misralarda e'tibor qosh tasviri va ta'rifiga qaratilgan. Bunda ham mutoyiba tarzidagi taajjublanish bor: «Bu — yorimning qoshlarimikin yoki u turning jonimga uzluksiz o'qlar otish maqsadida noz-karashma oqlarini qoshlariga tizib yoylabdimi?!» Demak, tuyuqda oshiqona bir mazmun mutoyiba tarzida, tajnis usuli asosida ifodalangan. Tajnisga nishon bo'lgan so'z birinchi misrada yalabdimikan», ikkinchi misrada «yalabdimikin», to'rtinchi misrada «yo (y) labdimikin» ma'nolarida mahorat bilan qo'llangan.

Yo qoshingdin nccha bir o'q ko'z tutay,

Otki, o'trusig'a oning ko'z tutay.

Necha ko'rgach o'zga mahvashlar qoshin,

Yangi oy ko'rgan kishidek ko'z tutay.

Ishqiy mazmunda bitilgan bu tuyuqda go'zal yorning qoshi la'rifu tavsif etiladi. Undagi tajnis «ko'ztutmoq» fe'lining ma'no lovlanishlariga asoslangan. Birinchi misrada shoir ma'shuqaga: Sening yoyday qoshlaringdan men tomonga o'qlar otilishini inlizor kutaman», deya murojaat etgan. Bu o'rinda «ko'z tutmoq» lo'li «kutmoq» ma'nosida ishlatilgan. Shu bilan shoir seviklisi unga tomon bir qosh qoqib qiyo boqishiga umidvorligini badiiy ifodalagan. Ikkinchi misrada shoir o'sha fikrni mantiqiy davom ettirib: «Men kutayotgan o'sha o'qlarni ota qolgin, uning qarshisiga ko'zimni tutib bcraqolay, ya'ni sening bir qosh qoqib qiyo boqishingga ko'zlarim sadqa bo'lsin», deya majoziy ma'noda iltijo etmoqda. Bunda «ko'z tutay» fe'li «ko'zni tutib bermoq» ma'nosida qo'llangan. Keyingi misralarda: «Qancliadan-qancha go'zallaming qoshlarini ko'rganimda, xuddi yangi oy ko'rgan kishidek, qo'limni qoshim usliga qo'yib, ko'zimni qo'Iim bilan panalab qarayman», degan mazmun mujassam. Bunda oshiq ma'shuqaga sadoqat izhor etmoqda. Ya'ni: «Ko'zimni boshqa yor nazaridan asrayman» demoqchi. Demak, bu o'rinda «ko'z tutmoq» fe'li yanada o'zgacha ma'no kasb etgan.

Tig'i ishqing yorasidur butmagan,

Dardini ha'r kimga aytib butmagan.

Hajr sahrosidur ohim o'tidan,

Anda gul yoxud giyoh butmagan.

Oldingi tuyuqlar yor go'zalligidan hayratlanib, oshiqona zavq-shavq tuyg'ulari bilan uyg'un bo'lsa, ushbu tuyuq hijron dardi tuyg'usi bilan yo'g'rilgan. Undagi tajnisga «bitmoq» fe'li asos qilib olingan. llgarigi tuyuqlar vasf uslubida bitilgan bo'lsa, bunda izhor uslubi ustuvor. Ya'ni, lirik qahramon dardu holini izhor etmoqda. Tuyuqdan shunday mazmun anglashiladi: «Ey jafokor yor! Dardimni tinglab, ahvolimdan ogoh bo'lsang-chi. Sening muhabbating xanjari qalbimga solgan jarohat hanuzgacha bitmagan — tuzalgani yo'q. Bu jarohat og'rig'i — sevgi dardini har kimga aytaverib, haligacha bitira olmadim — tugatolmadim. Sening ishqing iztirobidan tortgan ohim olovidan shunday hajr sahrosi hosil bo'ldiki, unda gul ham, giyoh ham bitmaydi — unib-o'smaydi». Bu tuyuqda «butmagan» fe'li «tuzalmagan», «tugamagan», «unib-o'smagan» ma'nolarida tajnis qilingan.

Xullas, Alisher Navoiy tuyuq janrining shakliy xususiyatlarini sayqal toptirish bilan birga, badiiyligini ham qiyomiga yetkazgan.


Download 477,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish