1-ma’ruza umumiy tilshunoslikdan ma’lumot. Milliy til va adabiy til. Fonetika haqida umumiy ma’lumot reja



Download 1,88 Mb.
bet67/321
Sana29.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#79962
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   321
Bog'liq
maruza-matni

9. Lotin yozuvi. 1929-yildan 1940-yilgacha O`zbekistonda amal qilingan yozuv. Maktablarda bu alifboga o`tish 1927-28 o`quv yilidan boshlanib, 1929-30 o`quv yilida tugallangan. Davlat idoralarida esa 1928-1930-yillarda to`liq o`tib bo`lingan. Quyida shu yozuvga asoslangan alifbo berilgan:

Aa

Bb

Cc

Ҫҫ

Dd

Ee

Əǝ

Ff

Gg

Ƣƣ

Aa

Bb

Cc

Ҫҫ

Dd

Ee

Əǝ

Ff

Gg

Ƣƣ

Hh

Ii

Jj

Kk

Ll

Mm

Nn

Ņņ

Oo

Pp

Hh

Ii

Jj

Kk

Ll

Mm

Nn

Ņņ

Oo

Pp

Qq

Rr

Ss

Şş

Tt

Uu

Vv

Xx

Zz

Ƶƶ

Qq

Rr

Ss

Şş

Tt

Uu

Vv

Xx

Zz

Ƶƶ

10. Kirill yozuvi. 1940-yil 6-8-may kunlari bo`lib o`tgan O`zbekiston Oliy Soveti III sessiyasida qabul qilingan qarorga binoan joriy qilingan yozuv bo`lib, unga to`liq o`tish 1942-yil boshlarida yakunlandi.

ҳарф

номи

Ҳарф

номи

Ҳарф

номи

ҳарф

номи

ҳарф

номи

Ҳарф

номи

Аа

а

Ёё

ё

Лл

эл

Сс

ес

Чч

че

Яя

я

Бб

бе

Жж

же

Мм

эм

Тт

те

Шш

ше

Ўў

ў

Вв

ве

Зз

зе

Нн

эн

Уу

у

Ъъ

айириш белгиси

Ққ

қе

Гг

ге

Ии

и

Оо

о

Фф

эф

Ьь

юмшатиш белгиси

Ғғ

ғе

Дд

де

Йй

йэ

Пп

пе

Хх

хе

Ээ

э

Ҳҳ

ҳе

Ее

е

Кк

ка

Рр

эр

Цц

це

Юю

ю








11. Yangi lotin yozuvi. 1991-yil 31-avgust kuni O`zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilingandan keyin yangi yozuvga o`tish masalasi kun tartibiga qo`yildi. Bunga quyidagilar sabab bo`ldi:

1. Dunyo tamadduniga qo`shilish zaruriyati: dunyo aholisining 30 foizi shu yozuvdan foydalanadi.

2. Hayotimizga computer texnologiyasining shiddat bilan kirib kelishi: computer dasturlari asosan shu yu yozuvda yaratiladi.

Ana shular hisobga olingan holda, ancha muhokamalardan keyin 1993-yilda maxsus qonun qabul qilindi. Mazkur Qonunni quyida to`liq keltiramiz.



O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING QONUNI

LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBЕK ALIFBOSINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA

O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashining o‘n uchinchi sеssiyasida 1993-yil 2-sеntabrda qabul qilingan.

Ushbu Qonun O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib va o‘zbеk yozuvining lotin alifbosiga o‘tilgan 1929-1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kеlib chiqib, kеng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarni inobatga olgan holda rеspublikaning har taraflama kamol topishini va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishni jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

1-modda. O‘zbеkiston Rеspublikasida lotin yozuviga asoslangan quyidagi 31 harf va 1 tutuq bеlgisi (apostrof)dan iborat o‘zbеk alifbosi joriy etilsin:

2-modda. Lotin yozuvi asosidagi o‘zbеk yozuvini joriy etish bilan birga O‘zbеkiston xalqining milliy iftixori bo‘lmish bеbaho ma’naviy mеros bitilgan arab alifbosini va kirillitsani o‘rganish va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab qolinadi.

O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti: I.A.KARIMOV

Toshkеnt shahri, 1993-yil 2-sеntabr



18-rasm. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning birinchi varianti

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING “LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBЕK ALIFBOSINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUNIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING QONUNI
O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:

O‘zbеkiston Rеspublikasining 1993-yil 2-sеntabrida qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashi Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 331-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:

1. 1-moddadagi “31 harf va 1 tutuq bеlgisi (apostrof)dan” so‘zlari “26 harf va 3 ta harflar birikmasidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

2. Cc, J j harflari mustaqil harf bеlgisi sifatida alifbodan chiqarilsin.

3. Ōō harfi O‘ o‘ shaklida, Ḡḡ harfi G‘g‘ shaklida, Şş harfi Sh sh shaklida, Çç harfi Ch ch shaklida, Ñ ñ harfi Ng ng shaklida, ǫ harf bеlgisi q shaklida ifodalansin.

4. Aa, Ii, Gg, G‘g‘, Qq, O‘o‘, Zz harflari va Ch ch harflar birikmasining yozma shakli tеgishlicha Aa Ii Gg Ğğ Qq Oo Zz Ch ch tarzda ifodalansin.



O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti: I. KARIMOV

Toshkеnt shahri, 1995-yil 6-may

Demak, barcha o`zgarishlardan keyin lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek alifbosi quyidagi shaklni oldi: Aa (1) Bb (2) Dd (3) Ee (4) Ff (5) Gg (6) Hh (7) Ii (8) Jj (9) Kk (10) Ll (11) Mm (12) Nn (13) Oo (14) Pp (15) Qq (16) Rr (17) Ss (18) Tt (19) Uu (20) Vv (21) Xx (22) Yy (23) Zz (24) O‘o‘ (25) G‘g‘ (26) Sh sh (27) Ch ch (28) Ng ng (29).


Orfoepiya haqida umumiy ma’lumot
Orfoepiya44 adabiy til talaffuz me’yorlarini o‘rganuvchi tilshunoslikning sohasidir.

Orfoepiya milliy til uchun yagona talaffuz me’yorlarini belgilaydi. Ma’lumki, o‘zbek milliy tili dialektik tarkibi jihatdan rang-barang bo‘lib, u uch katta lahja(dialekt)ni o‘z ichiga oladi:



1. Qipchoq lahjasi.

2. O‘g‘uz lahjasi.

3. Qarluq – chigil – uyg‘ur lahjasi.

Bu lahjalar ba’zi leksik, fonetik va morfologik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, qipchoq lahjasida so‘z boshida adabiy tildagi y undoshi o‘rnida j undoshi (yo‘qjo‘q, yigirmajigirma) talaffuz qilinadi: ch undoshi o‘rnida sh undoshi (kechkesh, kechirkeshir) aytiladi.

O‘g‘uz lahjasida so‘z boshida kelgan t, k jarangsiz undoshlari d, g jarangli undoshlari tarzida aytiladi: tog‘ dog‘, keldigaldi.

Qarluq – chigil – uyg‘ur lahjasida esa so‘z ohiridagi q undoshi g‘ tarzida talaffuz qilinadi yoki umuman talaffuz qilanmaydi, k undoshi y tarzida aytiladi: qishloqqishlog‘, (yoki qishlo:), iliqilig‘ (yoki ilu:), qatiqqatig‘ (yoki qatu:), kesakkesay, kepakkepay, telpaktelpay. Lekin, so‘zlar tarkibidagi tovushlar har xil lahjalarda turlicha talaffuz qilinsa ham, adabiy til an’analariga mos keladiganlari tanlab olinadi.

Adabiy talaffuz me’yorlari tilning tovushlar tizimi (sistemasi) asosida yaratiladi, bu esa talaffuz me’yorlarini belgilashda tilning tovush tarkibi, ularning nutqdagi turli kombinator va pozitsion o‘zgarishlarini hisobga olishini taqozo etadi. Masalan, so‘z oxirida kelgan b undoshining jarangsiz p tarzida aytilishi: kitop, maktap, kelip (yozilishi: kitob, maktab, kelib), q undoshining so‘z o‘rtasida s yoki sh undoshidan oldin kelib, x tarzida talaffuz qilinishi: oxsil, oxshom, taxsim (yozilishi: oqsil, oqshom, taqsim), ba’zan so‘z oxirida kelgan d, t undoshlarining talaffuzda tushib qolishi: xursan, monan, farzan, do‘s, sus, g‘ish (yozilishi: xursand, monand, farzand, do‘st, sust, g‘isht) adabiy talaffuz me’yorlariga mos.

Ko‘rinadiki, so‘zning talaffuzdagi shakli yozuvdagi shakliga hamma vaqt to‘g‘ri kelavermaydi. Orfoepiya unlilar talaffuzi, ayrim undoshlar talaffuzi, o‘zlashma so‘zlar talaffuzi, ayrim grammatik shakllar talaffuzi qoidalarini o‘z ichiga oladi.


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish