1-ma’ruza umumiy tilshunoslikdan ma’lumot. Milliy til va adabiy til. Fonetika haqida umumiy ma’lumot reja


Bir sonining o`ziga xos grammatik xususiyatlari



Download 1,88 Mb.
bet157/321
Sana29.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#79962
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   321
Bog'liq
maruza-matni

Bir sonining o`ziga xos grammatik xususiyatlari
Sonlar ichida bir soni o`ziga xos grammatik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bir soni yuqorida qayd etilgan sonlarga xos leksik-grammatik xususiyatlarga ega bo`lishi bilan birga o`ziga xos ayrim xususiyatlarga ham ega:

1. Ilgari tilga olinmagan predmet nomini ifodalaydigan ot oldida kelib, gumon va noaniqlik ma’nosini ifodalaydi: Maqsud aka Oybek ikkovimizga kula-kula bir voqeani aytib bergan edi. (Z.Saidnosirova.)

Miqdor anglatadigan so`zlari, so`roq olmoshlari yoki narsa so`zidan oldin bir so`zini kiritish bilan gumon, noaniqlik ma’nosidagi ravishlar yasaladi: bir necha, bir qancha, bir nima, bir narsa, bir zum, bir payt kabi.

Bir so`ziga –ov, -on, -or affiksi qo`shilishi bilan ham gumon ma’nosini bildiruvchi gumon olmoshlari yasaladi: birov, biron, biror kabi.

2. Bir so‘zi fe’l, ot, sifat, ravish oldida kelib, kuchaytiruv ravishi (juda, g`oyat) va kuchaytiruv yuklamasi (hatto) kabi ma’noni kuchaytirishga xizmat qiladi: Bir chiroyli, bir yoqimli shamol turdi. (Said Ahmad)

3. Bir so‘zi sifatlovchi-sifatlanmish orasida kelganda ham ma’noni kuchaytiradi: Gulnor uchun ulug` bir baxt shu uchrashuv bo`ldi. (A.Q.)Juvon asabiy bir harakat bilan ro`molini olib o`radi.(A.Q.)

4. Ayiruv chegaralov yuklamalari (-gina, faqat) vazifasini bajarib, ayirish, chegaralash kabi ma’nolarni ifodalaydi: Kamtarlik ham bir xislat («Tafakkur gulshani»). Mening ishonchim bir sensan. Bunda bir so`zi –gina, faqat vazifasini bajargan.

5. Bog`lovchi vazifasida kelib, uyushiq gap bo`laklarini yoki qo`shma gap qismlarini bog`lashga xizmat qiladi: Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning (Maqol).

6. Bir so‘zi o`zi bog`lanib kelgan so`z bilan «hech kim», «hech qanday» olmoshlar ma’nosida keladi: Kunlik normasini bajarmagan bir kishi qolmadi.

7. Kesim vazifasini bajarib kelganda, birdamlik, o`xshashlik, umumiylik ma’nosini ifodalaydi: Kemaga tushganning joni bir (Maqol). Odamning tili bilan dili bir bo`lsin.

Bir sonidan olmosh, ravish, ot va fe’l yasaladi: bir necha, bir narsa, bir zum, bir payt, bir vaqt, birlik, birik kabi.


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish