1-ma’ruza umumiy tilshunoslikdan ma’lumot. Milliy til va adabiy til. Fonetika haqida umumiy ma’lumot reja



Download 1,88 Mb.
bet156/321
Sana29.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#79962
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   321
Bog'liq
maruza-matni

4) jamlovchi son bir turdagi predmetlarning miqdorini jamlab, to`dalab ko`rsatadi.

Jamlovchi son miqdor songa quyidagi affikslarni qo`shish bilan hosil qilinadi:

a) miqdor songa –ov affiksini (ikkidan yettigacha bo`lgan sonlarga) qo`shish bilan: ikkov, uchov, to`rtov, beshov, oltov, yettov kabi. Ba’zan o`n sonidan ham yasaladi o`novi kabi. Bu affiks bilan yasalgan son otlashgan holda kelib, doimo egalik affikslari bilan birga (I shaxs birlik egalik affiksidan tashqari) qo`llanadi, ya’ni ular ko`pchiligi predmetning miqdoriga ko`ra belgisini ko`rsatmaydi, miqdor ma’nosi bilan birga predmetlik ma’nosini anglatadi: Ular ikkovi birining og`zidan biri olib, Qobilni past urib, Anvarni maqtab ketdilar (A.Qodiriy). Maqsud akaning qaytganini eshitganimiz hamon Oybek men Mirtemir uchchovimiz suyunib yugurdik (Z.Saidnosirova).

b) miqdor songa –ala affiksini qo`shish bilan yasaladi: ikkala, uchala, to`rtala, beshala kabi. Oltivayetti sonlariga ham qo`shiladi. (Ikkivaolti sonlariga qo`shilganda negiz oxiridagi i unlisi tushib qoladi). Teshaboy ikala otni jilovidan ushlab tolning naryog`iga olib o`tib ketdi (S.Ahmad).

d) miqdor songa –ovlon affiksini qo`shish bilan yasaladi: ikkovlon, uchovlon. Bu affiks ham ikkidan yettigacha bo`lgan sonlarga qo`shiladi: Oltovlon ola bo`lsa og`zidagin oldirar, to`rtovlon tugal bo`lsa tepadagin endirar (Maqol).

Otga bog`lanib kelgan jamlovchi son sifatlovchi aniqlovchi vazifasida keladi: Haqiqat uchun, Vatan uchun jonini ayamagan ikala pahlavon sal o`tmay jangda mardona halok bo`ldi. (SHukrullo)

Lekin jamlovchi son gapda ko`pincha ega, to`ldiruvchi, qaratqich-aniqlovchi, kesim vazifasida keladi: Ikkovlari kech salqinda adir tagida bitta-bitta yurib ketishyapti (S.Ahmad.). Uchalasining maqsadi bir.Talabalarning beshoviga ham mukofot topshirildi.

5) taqsim son predmetlarning miqdor jihatdan teng taqsimlanishini, guruhlanish miqdorini anglatadi.

Taqsim son quyidagicha yasaladi:

a) miqdor son negiziga –tadan affiksini qo`shish bilan: Azim har yelkasiga to`rttadan odam sig`adigan yigit bo`libdi (A.Qahhor).

2. Donalik anglatadigan sonni takrorlash yo`li bilan: bitta-bitta, uchta-uchta kabi. Ba’zan so`nggi qismga –dan chiqish kelishigi affiksi qo`shilishi ham mumkin: bitta-bittadan, uchta-uchtadan kabi.

3. Miqdor sonlarning takrorlanishi bilan yasaladi: ikki-ikki, uch-uch kabi.


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish