1-ma’ruza mavzu: Kompyuterning arxitekturasi. Zamonaviy kompyurerlarning asosiy turlari. Reja



Download 2,31 Mb.
bet40/73
Sana09.02.2023
Hajmi2,31 Mb.
#909441
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Bog'liq
KaTT

Simsiz axborot uzatish muxitlari


Simsiz aloqa kanallari
Kompyuter tarmoqlarida ba‘zi hollarda kabel orqali ulash oʻrniga shuningdek kabelsiz kanallardan ham foydalaniladi. Ularning asosiy afzalligi shundan iboratki, hech qanday kabel yotqizishga hojat qolmaydi. Demak devorlarni teshishga, kabellarni maxkamlashga, folshpol ostidan oʻtkazishga yoki osma shipdan va shamollatish yoʻllaridan kabellarni oʻtkazishga hojat qolmaydi. Shuningdek kabelning uzilgan joyini qidirish va ulashga ham hojat qolmaydi. Yana kompyuterlarni bemalol xonada yoki bino boʻylab koʻchirish mumkin, chunki kompyuter kabellar bilan bogʻlanmagan.


Radiokanal – bu usulda axborot uzatish uchun radio toʻlqinlaridan foydalaniladi, shuning uchun bu usulda aloqa yuzlab va xatto minglab kilometrga uzatiladi. Axborot oʻtkazish tezligi sekundiga oʻnlab megabitgacha yetishi mumkin (bu holda tanlangan toʻlqin uzunligi va kodlash usuliga bogʻliq). Mahalliy tarmoqlarda radiokanaldan foydalanmaslik sabablari quyidagilar: uzatish va qabul qilish qurilmalari qimmat, shovqindan saqlanish darajasi past, axborotni uzatish vaqtida sir saqlash butkul ta‘minlanmagan va ishonchlilik darajasi past.
Lekin global tarmoqlar uchun radiokanal koʻpincha yagona vosita boʻlib qoladi, chunki (sputnik – retranslyator) signalni tiklash sputnigi yordamida axborotlarni butun dunyoga uzatishni taʻminlash nisbatan oddiydir. Uzoqda joylashgan bir necha mahalliy tarmoqlarni oʻzaro ulab bir butun tarmoq hosil qilish uchun ham radiokanaldan foydalaniladi. Axborotni radio uzatish turining bir necha standarti mavjud. Bulardan ikki turida toʻxtalib oʻtamiz.

  • Tor spektorda (yoki bir chastotali uzatish) uzatish 46500 m2 maydonni qamrashga moʻljallangan. Bu holdagi radiosignal metal va temir beton toʻsiqlardan oʻta olmaydi, shuning uchun bir bino hududida ham aloqa oʻrnatishda jiddiy muammo hosil boʻlishi mumkin. Aloqa bu holda nisbatan sekin amalga oshadi (4,8 Mbit/s atrofida).

  • Bir chastotali uzatishning kamchiligini yengish uchun tarqalgan spektorda qandaydir chastota yoʻlagini kanallarga boʻlib ishlatish taklif qilinadi. Tarmoq abonentlarining hammasi ma‘lum vaqt oraligʻida barobar (sinxron ravishda) keyingi kanalga oʻtadilar. Maxfiylikni saqlash uchun maxsus kodlashtirilgan axborot ishlatiladi. Bunday uzatish tezligi unchalik yuqori emas 2 Mbit/s dan oshmaydi, abonentlar orasidagi masofa 3,2 km (ochiq maydonda) va bino ichkarisida 120 metrdan koʻp emas.



Keltirilgan turlardan ham boshqa radio kanallar mavjuddir, masalan, uyali tarmoq, xuddi uyali telefon tarmoq prinsiplari kabi (ular maydonda teng taqsimlangan signalni qayta tiklash qurilmalaridan foydalanadilar), shuningdek mikrotoʻlqin tarmogʻida tor yoʻnaltirilgan uzatishni yerdagi qurilmalar oʻrtasida yoki sputnik va yerdagi stansiyalar oraligʻida qoʻllaniladi.
Infraqizil kanal ham simlarsiz axborot uzatishni ta‘minlaydi, chunki aloqa uchun infraqizil nurlanish ishlatiladi (televizorlarning masofadan boshqarish qurilmasi kabi). Radio kanalga qaraganda ularning asosiy afzalligi elektromagnit toʻsiqlarga sezgir emas, bu xususiyati sanoat korxonalarda ishlatish imkonini beradi. Bu holatda haqiqatdan uzatish quvvati katta boʻlishi ta‘lab qilinadi, sababi boshqa hech qanday issiqlik nurlanish (infraqizil) manbalari taʻsir qilmasligi uchun. Infraqizil aloqa xavoda chang miqdori koʻp boʻlgan sharoitda ham yomon ishlaydi.
Infraqizil kanal boʻylab axborot uzatishning chegara qiymati 5–10 Mbit/s dan oshmaydi. Axborotni sir tutish imkoniyati ham radiokanal holatidek, yoʻq. Radiokanal kabi uzatish va qabul qilish qurilmalari nisbatan qimmat. Bu sanab oʻtilgan kamchiliklar tufayli infraqizil kanalidan kam foydalanadilar.


Infraqizil kanal ikki guruhga boʻlinadi:

  • koʻrish masofasidagi kanallar, bularda aloqa nur orqali amalga oshiriladi. Nur uzatish qurilmasidan toʻgʻri qabul qilish qurilmasiga yoʻnaltiriladi. Bu holda aloqa tarmoq kompyuterlari oʻrtasida toʻsiq boʻlmagan holdagina amalga oshadi. Koʻrish masofasidagi kanalning axborot uzatish masofasi bir necha kilometrga yetadi;

  • tarqalgan nurlanishdagi kanallar, bu turdagi kanal pol, shift, devor va boshqa toʻsiqdan qaytgan signallarda ishlaydi. Toʻsiqlar bu holda qoʻrqinchli emas, lekin aloqa faqat bir bino chegarasida amalga oshadi.

Tabiiyki mavjud simsiz aloqa kanallari «shina» topologiyasiga toʻgʻri keladi, sababi axborot hamma abonentlarga bir vaqtnang oʻzida uzatiladi. Lekin tor yoʻnaltirilgan axborot uzatishni tashkil qilingan taqdirda xohlangan topologiya (halqa, yulduz va boshqa) uchun radiokanalni va xuddi shuningdek infraqizl kanalini tatbiq qilish mumkin.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish