1-ma’ruza mavzu: Kompyuterning arxitekturasi. Zamonaviy kompyurerlarning asosiy turlari. Reja



Download 2,31 Mb.
bet38/73
Sana09.02.2023
Hajmi2,31 Mb.
#909441
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73
Bog'liq
KaTT

Shisha tolali kabellar

Shisha tolali kabel – bu yuqorida koʻrib chiqilgan ikki kabel turlaridan tubdan farqlanuvchi kabel. Bu kabel turida axborot elektr signali koʻrinishda emas, yorigʻlik koʻrinishida uzatiladi. Bu turdagi kabelning asosiy elementi – shaffof shisha tola boʻlib, u orqali yorugʻlik juda katta masofalarga (oʻnlab kilometrgacha) kam (sezilarsiz) soʻnish bilan uzatiladi.


Shisha tolaning tuzilishi juda oddiy boʻlib u koaksial elektr kabel tuzilishiga oʻxshash (3–rasm). Faqat markaziy mis sim oʻrniga bu kabel turida ingichka (diametri 1 – 10 mkm atrofida) shisha tola ishlatilgan, ichki himoya qoplama oʻrniga esa, yorugʻlikni shisha tola tashqarisiga tarqatmaydigan xira (shaffof boʻlmagan) shisha yoki plastik qoplamadan foydalanilgan.

Shisha qoplama

Tashqi PVX qoplama
Markaziy shisha tola


3-rasm. Shisha tolali kabelning tuzilishi


Bu holda biz ikki modda chegarasidan har xil sinish koefitsentli toʻliq ichki qaytish holatiga ega boʻlamiz (shisha qoplamaning sinish koefitsenti markaziy tolaning sinish koefitsentiga nisbatan ancha kam). Kabelda sim toʻqma yoʻq, chunki tashqi elektromagnit toʻsiqlardan himoya kerak emas. Ammo ba‘zi hollarda tashqi mexanik taʻsirdan saqlash uchun sim toʻqima bilan oʻraladi. Bunday kabelni ba‘zi holda yuqori darajada himoyalangan (bronevoy) deb ham ataladi, u simli toʻqima ichida bir necha shishatolali kabellardan tashkil topgan hamda umumiy PVX qoplamaga olingan boʻlishi mumkin.
Shisha tolali kabel toʻsiqlardan himoyalanish va uzatilayotgan axborotni sir boʻlib qolish koʻrsatgichlari yuqori darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Hech qanday tashqi elektromagnit toʻsiq nurli signalni oʻzgartira olmaydi, signalni oʻzi esa hech qanday elektromagnit nurlanish hosil qilmaydi. Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni olish uchun kabelga mexanik ulanish amalda mumkin emas, chunki bunday ulanish tufayli kabelni butunligi buzilib ishga yaroqsiz boʻlib qoladi. Nazariy jihatdan bunday kabelni signal oʻtkazish yoʻlagi 1012 Gs gachan yetadi, boshqa turdagi elektr kabellarga qaraganda bu juda ham yuqori koʻrsatgich. Shisha tolali kabel narxi yil sayin arzonlashib hozirgi vaqtda taxminan ingichka koaksial kabel narxi bilan tenglashib qolgan. Biroq bu holda maxsus qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalardan foydalanish kerak. Bu qurilmalar yorugʻlik signalini elektr signaliga va teskariga oʻzgartirib berishi uchun xizmat qiladi. Bunday qurilmalar tarmoq narxini sezilarli darajada oshirib yuboradi.
Mahalliy tarmoqlarda foydalaniladigan chastotada shishatoladagi signalning soʻnishi odatda taxminan 5 dB/km tashkil qiladi, past chastotali elektr kabel koʻrsatgichiga toʻgʻri keladi. Shisha tolali kabelda signalni kabel orqali uzatish chastotasi oshishi bilan signalni soʻnishi juda kam boʻladi. Yuqori chastotada (ayniqa 200 MGs dan yuqori) uning ustunligi shubhsiz va hech qaysi elektr kabel turi raqobat qila olmaydi.
Lekin shisha tolali kabelning ham ba‘zi bir kamchiligi mavjud.
Ulardan eng asosiysi – yigʻish (montaj) ishlarining murakkabligi. Razyemlarni oʻrnatishni mikron aniqlikda amalga oshirish lozim, shisha tolani uzish aniqligi va uzilgan yuzani shaffoflash aniqligidan razyemdagi signalning soʻnish koʻrsatgichi judayam bogʻliq. Razyemlarni oʻrnatish uchun kavsharlanadi (svarka) yoki maxsus gel yordamida yopishtiriladi. Gelning yorigʻlik sinish koeffitsenti shisha tolaning yorigʻlik sinish koefitsentiga teng boʻladi. Har qanday holatda ham bu ishlarni amalga oshirish uchun maxsus moslamalar va yuqori malakali mutaxassislar kerakdir. Shuning uchun shisha tolali kabellar turli uzunlikda va uchlariga kerakli turdagi razyem oʻrnatilgan holda savdoga chiqariladi.
Shisha tolali kabellarda signalni ikkinchi yoʻnalishga ham ayirish imkoni boʻlsa ham (buning uchun maxsus 2–8 kanallarga taqsimlovchi moslamalar ishlab chiqariladi), odatda bu kabellarni bir tomonga axborot uzatish uchun ishlatiladi. Yʻani bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma oraligʻida. Har qanday taqsimlanish oqibatda yorugʻlik signalini ilojsiz soʻnishga olib keladi va agarda koʻp kanalga taqsimlanilsa, u holda yorugʻlik tarmoq oxirigacha yetib bormasligi ham mumkin.
Elektr kabeliga qaraganda shisha tolali kabelning mustahkamligi va egiluvchanligi kam (ruxsat etilgan egilish radiusi 10–20 sm atrofini tashkil etadi). Ionlashgan nurlanish ham unga tez ta‘sir qiladi, chunki shisha tola shaffofligi kamayib signalning soʻnishi oshib boradi. Keskin temperaturaning oʻzgarishiga ham sezgir, sababi bunday oʻzgarish taʻsirida shisha tola dars ketishi mumkin. Hozirgi vaqtda radiatsiyaga chidamli shishadan kabellar ishlab chiqarilmoqda, tabiiyki, ularning narxi qimmatdir. Shisha tolali kabellar shuningdek mexanik tasirga ham sezgir (urilish, ultratovush) bu holatni mikrofon effekti deb ham yuritiladi. Bu taʻsirni kamaytirish uchun yumshoq tovush yutuvchi qobiqdan foydalaniladi. Shisha tolali kabellarni faqat «yulduz» va «halqa» topologiyalarda qoʻllanilidi. Bu holda hech qanday moslash va yerga ulash muammosi mavjud emas. Kabel tarmoq kompyuterlarini ideal ravishda galvanik ayirish holatini taminlaydi. Ehtimol kelajakda kabellarni bu turi elektr kabellarni siqib chiqaradi yoki koʻp qismini siqib chiqaradi. Planetamizda mis zaxiralari kamayib borayapti lekin shisha ishlab chiqarish uchun xom ashyo esa zaruridan ortiq.



Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish