1-ma’ruza mavzu: Kompyuterning arxitekturasi. Zamonaviy kompyurerlarning asosiy turlari. Reja



Download 2,31 Mb.
bet1/73
Sana09.02.2023
Hajmi2,31 Mb.
#909441
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
KaTT


1-MA’RUZA
Mavzu: Kompyuterning arxitekturasi. Zamonaviy kompyurerlarning asosiy turlari.
Reja:
1.1. Kompyuterlarni belgilar bо‘yicha turlarga ajratish.
1.2. Ba’zi kompyuter guruxlarining xozirgi xolati.


Tayanch iboralar: kompyuter, raqamli xisoblash mashinasi, analog xisoblash mashinalari, supperkompyuter, meymnfreym, server, mikroprotsessor.


1.1. Kompyuterlarni belgilar bо‘yicha turlarga ajratish
Kompyuter (elektron xisoblash mashinasi) –xisoblash va axborot masalalarini yechish jaroyonida axborotlarga avtomatik ishlov berish uchun mо‘ljallangan texnik vositalarining tо‘plami.
Kompyuterlar qator belgilar bо‘yicha turlarga ajratilishi mumkun, xususan: ishlash tamoili;element asosi; vazifasi;xisoblash jarayonining tashkillashtirilish usuli; о‘lchami va xisoblash quvvati; imkoniyatlari; dasturlarni parallel bajarish imkoniyati bо‘yicha va xokazo.
Ishlash tamoili bо‘yicha xisoblash mashinalarni katta uchta guruxga ajratish mumkun (1.1-chizma): analogli (uzuluksiz), raqamli va aralash (gibrid).

1.1-chizma. Ishlash tamoili bо‘yicha xisoblash mashinalarni turlarga ajratish.


Bu uch turga bо‘lishning kо‘rsatgichi, u xisoblash mashinalarda ishlatiladigan axborotlarning ifodalanish shaklidir (1.2-chizma).


1.2-chizma. Xisoblash mashinalarda axborotlarni ifodalanishining ikki shakli.


Raqamli xisoblash mashinasi (RXM), yoki kompyuter diskret kо‘rinishda ifodalangan, aniqrog‘i raqamli shaklda ifodalangan axborot bilan ishlaydi.
Analog xisoblash mashinalari, yoki uzuliksiz xisoblash mashinalari, ular uzuluksiz shakldagi axborotlar bilan ishlaydilar, yani qandaydir fizik kattalikdagi uzuluksiz qatorga ega bо‘lgan qiymatlar kо‘rinishidagi (kо‘pincha elektr kuchlanishi). AXM juda sodda va foydalanishga qulay; bu mashinada ishlashda masalalarni dasturlash uchun odatda kо‘p mexnat ta’lab etilmaydi. Masalani yechish tezligi operatorning xoxishi bо‘yicha о‘zgarishi mumkun va xoxlagancha yuqori tezlikda amalga oshirish mumkun (RXM qaraganda yuqori), ammo masalani yechish aniqligi esa juda past (nisbiy xatoligi 2 – 5 % gachan). AXM murakkab mantiq ta’lab etilmaydigan va tarkibida differensial tenglama bо‘lgan matematik masalalar samarali yechiladi. Elektron AXM ni kо‘pincha elektron modellashtiruvchi mashinasi xam deb ataydilar, chunki masalani yechish uchun ularda tadqiqot qilinayotgan tizimning fizik modeli yaratiladi. Tо‘g‘ri, xuddi shu asosda elektron RXM xam xuddi Shunday atash mumkun, vaxolangki ularda xam yechiladigan masala modeli yaratiladi, ammo model abstrakt, matematikdir.
DXM (duragay (gibrid) xisoblash mashinasi), yoki kombinatsiyalashtirilgan xisoblash mashinasi, raqamli va uzuluksiz shaklda ifodalangan axborotlar bilan ishlaydi. Ular о‘zida AXM va RXM afzalliklarini mujassamlashtirgan bо‘ladi. DXM ni murakkab tez ishlovchi texnik majmualarni boshqarish masalalarini xal qilishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodda va shuningdek ilim xamda texnikada eng kо‘p foydalaniladigan va tarqalgan turi bu RXM, odatda ularni raqamli xususiyatini eslatmasdan oddiy kompyuter deb ataladi.
Yaratilish bosqichi va element asosi bо‘yicha kompyuterlarni shartli ravishda avlodlarga bо‘linadi:
1-avlod, 1950 yillar: elektron vakuumli lampalardagi EXM;
2-avlod, 1960 yillar; diskret yarimо‘tkazgichli asboblardagi EXM (tranzistorlardagi);
3-avlod, 1970 yillar; yarimо‘tkazgichli kichik va о‘rta integral sxemalardagi kompyuterlar (bitta g‘ilof ichida yuzlab – minglab tranzistorlar joylashtirilgan). Integral sxema – maxsus vazifalar uchun mо‘ljallangan elektron sxema, u yaxlit yarimо‘tkazgichli kristal sifatida bajarilgan bо‘lib, о‘zida katta sondagi aktiv elementlarni (diod va tranzistorlarni) birlashtiradi;
4-avlod, 1980-90 yillar; katta va juda katta integral sxemalardagi kompyuterlar, ularning asosiysi – mikroprotsessorlar (bitta kristalda о‘n mingta’lab – millionlab aktiv elementlar mavjut). Katta integral sxemalarda aktiv elemantlar shunchalik zich joylashtirilganki, 1-avlod kompyuterining barcha elektron qurilmalari 100 – 150 m2 maydonni egallagan bо‘lsa, xozir 1,5 – 2 sm2 maydonni egallovchi bitta mikroprotsessorga joylashtirilgan. Juda katta integral sxemalardagi aktiv elementlar о‘rtasidagi masofa 0,032 – 0,11 mikronni tashkil etadi (solishtirish uchun, odamning soch tolasining qalinligi bir necha о‘n mikronga teng).
5-avlod, xozirgi vaqt (2015...); bir necha о‘nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlardan tashkil topgan kompyuterlar, ular yordamida bilimlarga ishlov berishning samarali tizimlarini qurishga imkoniyat mavjut; parallel tarkibli juda murakkab mikroprotsessorlarda bajarilgan kompyuterlar bir vaqtning о‘zida dasturning о‘nlab ketma-ket kо‘rsatmalarini bajara oladilar.
6-avlod va keyingilari: yalpisiga parallellashtirilgan va neyron tarkibdagi optoelektron kompyuterlar, ularda kо‘p sonli murakkab bо‘lmagan mikroprotsessorlarning taqsimlangan tarmoqli bо‘lib, neyronli biologik tizimning modeli kabidir.
Kompyuterlarning xar bir keyingi avlodi о‘zining oldingi avlodiga nisbattan jiddiy yaxshi kо‘rsatgichlarga ega bо‘ladi. Kompyuterlarning unumdorligi va barcha xotirasining sig‘imi odatda birnecha о‘n marotaba ortiq.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish