1 laboratoriya ishi ishning nomi: Andozalar satxini hisoblash. Ishdan maqsad



Download 2,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/40
Sana14.06.2022
Hajmi2,45 Mb.
#667025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Bog'liq
28-03 08-49

4. Hisobot mazmuni.
1. Ishni bajarish uchun boshlang`ich ma’lumot.
2.Belgilangan razmerdagi andoza chizmasi.
3.Xisoblash ishlari.
4.Xulosa.
5.Ishlatilgan adabiyotlar.
5. Nazorat uchun savollar.
1. Andozani qaerdan qanday olinadi.?
2.Andozalar qanday kartondan tayyorlanadi?.
3.Andozalar qaysi mashinada qirqiladi?
4.Andozalarni himoyalash uchun nimalar qilinadi?
.5.Andozalarni tekshirib turiladimi,muddati qancha?
Adabiyotlar.
1. M.Sh.Jabborova «Tikuvchilik texnologiyasi» Toshkent-1994y. 
2.L.I.Nazarova, I.A.Kulikova, A.V.Savostiskiy «Texnologiya shveynix izdeliy po
individualnim zakazam » Moskva -1975 g.
3.G.K.Qulijanova, S.S.Musaev «Yengil sanoat maxsulotlari texnologiyasi»
Toshkent -2002 y. 


5- LABORATORIYA ISHI
1.Ishning nomi: Bo‘rlamalar tayyorlashni o‘rganish.
2.Ishdan maqsad:
Talabalarga bo‘rlamalar tayyorlashni o‘rgatish.
3. Ishning nazariy qismi.
Ustiga biror kiyim andozalari komplektini yoki bir necha kiyim
andozalari komplektlarini ma’lum tartibda joylashtirib, andozalar shakli tushirib
olingan gazlama yoki qog‘oz bo‘lagi bo‘rlama deb ataladi.
Ma’lum tartibda joylashtirilgan andozalar shaklini gaz-lama yoki qog‘ozga
tushirib olish uchun, odatda, andozalar atro-fidan bo‘r yoki qalam yuritib chiqiladi. Hozir
joylashtirilgan andozalar shaklini tushirib olishning progresivroq yo‘llari ham topilgan.
Masalan, andozalar gazlama ustiga joylashtirilib, ular ustidan tez quruvchi rang sepish
mumkin. Chet davlat- larda bunday usulda bo‘rlama tayyorlash uchun ishlatiladigan,
bir necha xil mashinalar ham bor (jumladan Shvetsiyada ishlatilayotgan ana shunday
mashinalardan biri tasvirni chiroyli chiqishi bilan birga, unga ketadigan gazlama ham
tejalibroq sarf bo‘lishi uchun, ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak. Masalan, guli bir
tomonga qaragan yoki tukli gazlamalarni bichish uchun mo‘ljallab bo‘rlama
tayyorlayotganda, andozalarni shunday joylashtirish kerakki, kiyim tikilgandan keyin
ham uning detallaridagi gullar yoki tuklar bir tomonga qo‘yilgan bo‘lsin. 
4.4-rasm. Andazalarni qirqish jarayoni
Kiyimdagi detallarning gullari bir xil joyga to‘g‘ri kelishi kerak. Bob-rik,
baxmal, yarimbaxmal, velvet kabi gazmalardan tikilgan kiyimlar barcha
detallarining tuki yuqoriga yo‘nalgan bo‘lishi kerak, aks holda kiyimning ko‘p
ishqalanadigan joylari yaltirab ketadi. Gazlamaning tuki uzun bo‘lib, aniq bir
tomonga taralgan bo‘lsa, uni kiyim tayyor bo‘lganda tuklar pastga qarab turadigan
qilib bichish kerak.
Gulsiz sidirg‘a gazlamalarni bichishga mo‘ljallangan bo‘rlama tayyorlash
uchun, andozalarni qarama-qarshijoylashtirsa ham bo‘ladi. Agar bichiladigan
gazlama yo‘l-yo‘l yoki katak bo‘lsa, tikilayotganda yo‘llari yoki kattaklarini to‘g‘ri
keltirish uchun detallar mo‘ljaldagidan kattaroq qilib bo‘rlanadi. Bunda detallar
bichiladigan gazlama qaysi usulda to‘shalishini, qaysu detal tayyor kiyimning
qaysi yerida qanday turishini hisobga olish kerak, shunda kiyim detallarining


hamma tomonini barobar kengaytirmay, balki bir tomonini kengaytirib bo‘rlash
kifoya. Kiyim old bo‘lagining bo`rt tomoni kengaytirib bichilsa, adipning
qaytarma tashqari chekkasiga qaragan tomoni, kiyim ort bo‘lagining o‘rtadan bir-
biriga ulanadigan tomoniga cho‘ntak, qopqoq, qoplama cho‘ntak, yoqaning yuqori
va pastki qirqim tomonlari kengaytiribroq bo‘rlanadi.
Yo‘l-yo‘l gazlamalar uchun erkaklar kostyumi andozalarini joylashtirishda
kamroq gazlama sarflash maqsadida, o‘rtasi chokli ort bo‘lak va adip
andozalarining bir qismi detallarni kengaytirishi mo‘ljallamay, to‘shamaning
gazlama milklari tekislanadigan tomoniga to‘g`rilab joylashtiriladi. Detallarning
kengaytirilishi haddan ortiq bo‘lmasligi uchun «Tikuvchilikda materiallar sarflash
normalari haqida instruksiya» dan (Yengil sanoat ilmiy-texnikaviy informatsiya
markaziy instituti, 1966 yil) foydalanish kerak. Andazalarni gazlamaning o‘rilishi
va arqog‘i yo‘nalishiga moslab joylashtirishning nihoyatda katta ahamiyati bor,
chunki gazlama o‘rilish yo‘nalishida kam cho‘ziladigan bo‘ladi.
Andozalar bo‘rlama ustiga qanchalik zich joylansa, bichish protsessida
gazlamalardan shunchalik kam chiqindi chiqadi. Shuning uchun andozalarni
yaxshilab zich joylashtirish gazlamalarni tejashdagy asosiy omillardan hisoblanadi.
Andozalar orasidan chiqadigan chiqindi ko‘proq yoki ozroq bo‘lishi bir
qancha faktorlarga bog‘liq bo‘lib, tikiladigan kiyim turiga qarab quyidagicha
bo‘lishi mumkin: erkaklar kostyumida 7—9%, erkaklar paltosida 8—10%, ayollar
kostyumida 9—14%, ayollar ko`ylagida 11—15%.
Gazlama sidirg‘a bo‘lsa, chiqindi kamroq, guldor yoki tukli bo‘lsa, ko‘proq
chiqadi, chunki tukli yoki Guldor gazlamalar uchun andaaallr joylashtirishda
kengaytirib bo‘rlash kabi qator shartlnrni hisobga olish kerak. 
4.5-rasm.Andazalarni joylanishi usullari
Andazalar qancha lak oddiy bo‘lsa, ularni zichroq joylashtirish imkoniyati
oshadi, chiqindi esa kamayadn. Agar katta detallar qatori manda detallar ham
bo‘lsa, andazalarni zichroq joylashtirish uchui, oldin katta detallarii qo‘yib, ular
orasiga mayda detallar joylashtirila-di.Mayda dstallar ko‘proq bo‘lishn uchui ba’zi
detallarga (ostki yoqa, adii va boshqalarga) uloq beriladi.
Bir necha xil kiyimlar andazalarinn birga joylashtirganda ham gazlama
anchagina tejaladi.Bunda chiqindi bnr xil kiyim andazalari jonlashtirilgandagi
chiqnndiga nisbatan 1—2% kamayadi.SNIIShP, masalan, o‘lchami rosti bir xnl
kiyim aidazalaridai ikki komplektini birga yoki o‘lchami va rosti bir-biriga yaqin
nkknta kiyim andazalarnni birga joylashtirishni tavsnya etadi.


Chiqindi kamroq bo‘lishi gazlamannng enini-ensizligiga, shuningdek,
to‘shama qanday usulda to‘shalgapnga ham bog‘liq bo‘ladi! SNIISHP andazalarni
ratsiopal joylashtirish usullari tasvirlangan bir qancha ko‘rsatma qo‘llanmalar ham
ishlab chiqqan. Ularda, yuqorida aytilganlardan tpshqari, to‘shamada gazlamani
o‘ngini o‘ngiga qilib to‘shasa ham gazlama anchagina tejalishi isbotlab borilgan.
Lekin kiyim konstrukspyasi bu usulni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydigan (masalan,
juft detallari yo‘q kiyimlar) bo‘lishi ham mumkin. Bunday hollarda gazlama o‘ngi
faqat pastga qaratib to‘shalaveradi. Bichishda chiqindilarni kamaytirish uchun,
bo‘yi uzaytirilgan to‘shamaga mo‘ljallab bo‘rlama tayyorlash mumkin. Bunda
to‘shama oxiridagi qoldiq kamayadi, bir necha komplekt andazalarni baravariga
joylashtirish imkoniyati tug‘iladi. Bundan tashqari, to‘pdagi gazlamani qoldiqsiz
bichish uchun hisoblash osonlashadi. Agar fasoni ikki xil kiyim artikuli bir xil
gazlamadan tikiladigan bo‘lsa, unda ikkala fason andazalarini birga joylashtirish ham
yaxshi natija beradi.
Gazlamani ratsional sarflashni hisoblash osonroq bo‘lishi uchun, uzunligi har xil
bir nechta bo‘rlama tayyorlangani ma’qul. Xuddi shu maqsadda kattalar kiyimi
andozalarini bolalar kiyimi andozalari bilan birga joylashtirsa ham bo‘ladi, lekin bunda
ikkala kiyim artikuli bir xil gazlamadan tikiladigan, gazlama yalang qavat to‘shalsa,
uni sarf bo‘lishi buklab to‘shalgandagiga qaraganda 1—1,5% kamayadi. Lekin bunda
ham o‘ngini , o‘ngiga qaratib yalang qavat to‘shalsa, o‘ngini faqat pastga qaratib
to‘shalganiga nisbatan kamrok gazlama sarflanadi.
Qog`oz bo‘rlama surilib ketmasligi uchun to‘shamaning ustki qavatiga
maxsus qisqichlar bilan qisib qo‘yiladi yoki yelim bilan yopishtiriladi. Agar
fabrikada nur bilan ko‘paytirish stanoggi bo`lmasa, bo`rlamalar perfaratsion
moslamada ko‘paytirilidi. Buning uchun tayyorlangan bo‘rlamani bir necha (5—
10) qavat qog`oz ustiga qo‘yib perfaratsion moslama andozalar konturi bo‘ylab
yurgiziladi. Natijada barcha qogoz qavatlarida mayda mayda teshiklar hosil
bo‘ladi.
Trafaretlarinng o‘ziga yarasha kamchiliklari ham bor. Bular quyidagilardan
iborat:
1. Bor gazlamalar eni har xil bo‘lsa yoki kiyim fasoni tez-tez o‘zgarib tursa,
trafaretlardan foyda chiqmaydi.
2. Andoza izlarini gazlamaga o‘tkazish mexanizatsiyalashtirish anchagina qiyin.
3. Andoza izlari maydalangan bo‘r bilan gazlamaga tushirilgani uchun, ba’zi
joylari noaniq chiqib, ularni baribir qo‘lda bo‘rlash kerak bo‘ladi.
4. Trafaretlarni saqlash uchun maxsus joy talab etiladi.
Trafaret ishlatish oddiy bo‘rlama ishlatishga qaraganda foydalimi-yo‘qmi ekanini
bilish uchun, xarajatni qoplash koeffitsientidan foydalaniladi.Bu koeffitsient trafaret
tayyorlashga ketgan xarajatning bo‘rlama tayyorlashga ketgan xarajatga nisbati bilan
belgilanadi. Xarajatni qoplash koeffitsienti trafaretni tayyorlashga ketgan xarajat shu
trafaret necha marta ishlatilganda qoplanishini ko‘rsatadi. Tajribaning ko‘rsatishicha,
masalan, kog‘oz trafaret ikki-uch marta ishlatilgandayoq uni tayyorlashga ketgan
xarajat to‘la qoplanar ekan.

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish