3. Informatika fanining ta’rifi, O‘zbekiston Respublikasida vujudga kelishi tarixi va hozirgi kundagi o‘rni.
Informatika so‘zi elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi.
Informatika termini lotincha informatic so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nolarini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi informatika va hisoblash texnikasi yo‘nalishida jahon darajasidagi ilmiy maktablar yaratgani, ularda tadqiqotlar muvaffaqiyatli olib borilayotganligi bilan shartli ravishda faxrlana oladi.
Matematika fanining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, differensial tenglamalar va matematik fizika, funksional tahlil sohxasidagi yutuqlari respublikadan ancha uzoqda ham mashhur deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Prizedenti Islom Abdugg‘anievich Karimov.
Informatikaning inson faoliyati mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasi rivojlanishi bilan boіg‘liq. Bunda asosiy hizmat mikroprotsessor texnikasiga to‘іg‘ri keladi.
Informatika axborotni qayta ishlash, ularni qo‘llash va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta’sirining EHM tizimlariga asoslangan holda ishlab chiqish, loyihxalash, yaratish, baholash, ishlashning turli jiHatlarini o‘rganuvchi ilmiy fan sohasidir.
Informatika bu jihatdan axborot modellarini qurishning umumiy metodologik tamoyillarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Shu bois axborot uslublari ob’ekt, hodisa, jarayon va hakozalarni axborot modellari yordamida bayon etish imkoniyatiga egadir.
Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublari ko‘pqirraligi bo‘lib, uning ko‘plab tushunchalari mavjud. Ularni umumlashtirib quyidagicha talqinni tavsiya etamiz.
I n f o r m a t i k a - kompyuterlar yordami va uni qo‘llash muhiti vositasida axborotni yangilash jarayonlari bilan bog‘іlik inson faoliyati sohasidir.
Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan boіg‘lik fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o‘zida namoyon etadi.
Informatikani tor ma’noda uch o‘zaro aloqador qismlar - texnik vositalar (hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmik vositalar (brainware) sifatida tassavur etish mumkin. O‘z navbatida informatikani hxam umuman, Ham qismlari bo‘yicha turli jihxatlardan: xalq xo‘jaligi tarmog‘іi, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Informatika xalq xo‘jaligi tarmog‘gi sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy mahxsulotlarni ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish bilan shuіg‘ullanadigan hxo‘jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalarning bir turda jamlanishidan iborat bo‘ladi.
I n f o r m a t i k a
Texnik vositalar Dasturiy vositalar Algoritmik vositalar
Xalq xo‘jaligi Fundamental fan Amaliy fan sohalari
Texnik vositalar- Axborot ta’minoti- Axborot jaraenlari -
ni ishlab chiqarish. ni yaratishda qonuniyatlarni
metodologiyasi. o‘rnatish.
Dasturiy vositalar- Axborot tizimlari Kommunikatsiya axbo-
ni ishlab chikarish. va texnologiyalari rot modellarini,
nazariyasini yaratish.
Informatika funtamental fan sifatida kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan ob’ektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan shuіg‘ullanadi.
Informatika a m a l i y f a n sohasi sifatida quyidagilar bilan shug‘іullanadi:
a) axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o‘rganish (axborotlarni yiіish, qayta ishlash, tarqatish);
b) inson faoliyatining turli sohalarida komunikatsion-axborot modellarini yaratish va hokazo.
1994 yil dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasini qabul qildi.
Ushbu Konsepsiyaning asosiy maqsadi va unda qo‘yilgan masalalar quyidagilardan iboratdir:
-milliy axborot-hxisoblash to‘rini yaratish;
-axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, hxuquqiy va me’yoriy hujjatlarini yuritish;
-axborotlarni qayta ishlashning reglamentlashtiruvchi jahon standartlariga rioya qilish;
-informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirish;
-axborotlar texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rag‘іbatlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
-informatika vositalari foydalanuvchilarini tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |